Namunaviy shakl jismoniy shaxsga bank kartasini ochish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ommaviy oferta shartnomasi


IV. SHARTNOMANI TUZISH TARTIBI (AKSEPTNI YUBORISH TARTIBI)



Yüklə 228,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix12.04.2023
ölçüsü228,56 Kb.
#105262
1   2   3   4   5   6   7   8   9
JBGAwV9dIDlEklprGzCo8v0M5V0Ltmx1Msir1U9qjSRrTW78pkEYe5B8Mt2P2PRo

IV. SHARTNOMANI TUZISH TARTIBI (AKSEPTNI YUBORISH TARTIBI) 
4.1. Shartnoma bo‘yicha aksept uning matnida munosabatlar ishtirokchisining roziligi bo‘lgan elektron 
xabar yoki Foydalanuvchining ariza berishi orqali amalga oshiriladi. 
4.2. Aksept, agar shartnomada boshqacha ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, axborot tizimi tomonidan avtomatik 
aniqlanadigan Bank tomonidan uni olinganligi haqida xabar yuborilgan yoki foydalanuvchi ariza bergan 
paytidan boshlab olingan deb hisoblanadi. 
V. AKSEPTNI BEKOR QILISH TARTIBI 
5.1. Aksept olinganidan keyin Bank Foydalanuvchiga aksept olinganligi haqidagi xabarni yuboradi. 
5.2. Aksept Foydalanuvchining Aksept olinganligi haqidagi xabarni olganidan keyin bekor qilinishi 
(chaqirib olinish) mumkin emas. 
5.3. Foydalanuvchiga yuborilgan “Aksept olindi” degan matnli xabar aksept olinganligi haqida xabar 
hisoblanadi. 
VI. BANK KARTASINI OCHISH VA ULARGA XIZMAT KO‘RSATISH SHARTLARI 
6.1. Foydalanuvchi tomonidan bank kartasini ochish yuzasidan Bank filiali, internet tarmog‘idagi 
www.xb.uz korporativ veb sayti yoki “Xalq Mobile” ilovasi orqali murojaat taqdim qilingan kundan so‘ng, 
keyingi ish kunidan kechiktirmay, foydalanuvchi nomiga bank karta hisobvarag‘i hamda 3 (uch) kunlik 
muddatda bank kartasi ochiladi. 
6.2. Bank karta hisobraqami ochilib, bank kartasi chiqarilganidan keyin, Bank kartasi foydalanuvchi 
bankka kelgan holda, kuryerlik xizmati orqali, uning shaxsi identifikatsiya qilinganidan so‘ng shaxsan o‘ziga 
yoki ishonchnoma asosida uning ishonchli vakiliga topshiriladi. 
6.3. Foydalanuvchilarga bank kartalari to‘lov tizimlari qoidalariga muvofiq ravishda taqdim etiladi. 
6.4. Bank kartasi kuryerlik xizmati orqali yetkazib berish, qo‘shimcha haq evaziga amalga oshiriladi. 
Qo‘shimcha haqning miqdori Bank tariflarida belgilanadi va u Bankning maxsus saytlarida joylashtirib 
boriladi. 
6.5. Bank kartasi shartnomaning 6.1. – bandida belgilangan muddatda ochilganidan keyin, quyidagi 
muddatlarda yetkazib beriladi: 

HUMO va Uzcard kartalari – 3 (uch) bank kuni ichida; 



VISA – Toshkent shahri – 3 (uch) bank kunida/ Toshkent viloyati va Respublikaning boshqa 
viloyatlariga – 10 (o‘n) bank kuni ichida. 
6.6. Bank kartasining muddati, kartaning old tomonida ko‘rsatiladi. (Masalan: 03/24. – 31 mart 2024 yil 
23:59 qadar.) 
6.7. Bank kartalari mazkur shartnomada, to‘lov tizimlarining qoidalarida, O‘zbekiston Respublikasining 
amaldagi qonun hujjatlarida va bankning ichki me’yoriy hujjatlarida belgilangan tartibda Bank tomonidan 
yoki vakolatli organ tomonidan bloklanishi mumkin. 
6.8. Bank kartasi foydalanuvchi tomonidan uning yozma murojaati/bankning aloqa markazlari orqali 
yoki masofaviy bank xizmatlaridan foydalangan holda bloklanishi mumkin. 
6.9.To‘lov tizimlarining qoidalariga binoan bank karta hisobvarag‘ida saqlanishi majburiy bo‘lgan pul 
mablag‘larining minimal qoldig‘i shakllantiriladi. 
6.10. Foydalanuvchi bank kartasidan foydalanish qoidalari va yo‘riqnomalariga amal qiladi. 
6.11. Foydalanuvchi nomiga qo‘shimcha bank kartasini chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish 
qo‘shimcha karta bog‘lanayotgan hisobvaraq shartnomasi bilan tartibga solinadi, agarda O‘zbekiston 
Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa. 
6.12. Xalqaro karta O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida foydalanilganda, qabul qiluvchi 
mamlakatning milliy valyutasiga belgilangan kurs bo‘yicha avtomatik ravishda konvertatsiya qilinadi. 
6.13. Xalqaro karta orqali amalga oshirilgan operatsiyalar 30 (o‘ttiz) kalendar kun ichida foydalanuvchi 
tomonidan yozma ravishda e’tiroz bildirilmagan har qanday operatsiyalar amalga oshirilgan deb hisoblanadi. 
6.14. Xalqaro karta orqali amalga oshirilgan operatsiyalar bilan bog‘liq nizolar shu to‘lov tizimi qoidalari 
asosida ko‘rib chiqiladi. 
6.15. Bank kartalari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishda “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan 
olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini 
tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat” qoidalariga binoan amalga oshiriladi. 
6.16. Bank kartasi hisobvarag‘idan chiqim qilingan e’tirozli operatsiyalar bo‘yicha foydalanuvchi 
Bankka yozma e’tiroznoma arizasini taqdim qiladi. 
6.17. Bank foydalanuvchining arizasi asosida to‘lov tizimlarining “Operatsiyalar bo‘yicha 
munozaralarni hal qilish’’ qoidalari bo‘yicha belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqadi. 
6.18. Bank quyidagi huquqlarga ega: 
-
Mijoz tomonidan shubhali operatsiya o‘tkazilganligi aniqlanganda, Mijoz tomonidan o‘tkazilgan 
operatsiyaning qonuniyligi to‘g‘risida yozma tushuntirish xati olinguniga qadar Bank Mijozga masofaviy 
xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatib turish; 
-
Masofaviy xizmatlardan foydalangan holda shubhali operatsiyalar o‘tkazilganligi gumon qilinganda 
Mijoz doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzil bo‘yicha mijozni o‘rganish, shu jumladan, bevosita shartnomada 
ko‘rsatilgan shaxs tomonidan operatsiyaning o‘tkazilayotganligini o‘rganish; 
-
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy 
qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida mijozning masofaviy bank 
xizmatlaridan foydalanilganligi haqida asosli shubha bo‘lganda, oferta shartnomasini bir tomonlama bekor 
qilish. 
6.19. Amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan operatsiya oqibatida bankka nisbatan iqtisodiy sanksiyalar 
qo‘llanish xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda tijorat banki mijozga hisobvaraq ochishni va operatsiyani amalga 
oshirishni rad etish huquqiga ega. 

Yüklə 228,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə