Namunaviy shakl jismoniy shaxsga bank kartasini ochish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ommaviy oferta shartnomasi



Yüklə 228,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix12.04.2023
ölçüsü228,56 Kb.
#105262
1   2   3   4   5   6   7   8   9
JBGAwV9dIDlEklprGzCo8v0M5V0Ltmx1Msir1U9qjSRrTW78pkEYe5B8Mt2P2PRo

Internet to‘lov – 
Bank karta egasiga Internet tarmog‘i orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish 
imkonini taqdim etish. 
Ushlab turish (Hold) – 
Bank kartasi orqali muvofaqqiyatli amalga oshirilgan operatsiya va komissiya 
summasini muzlatish. 
Aksept
– Ofertaning to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishi. Ofertani Akseptlash shartnoma tuzilganigini 


vujudga keltiradi va huquqiy ahamiyatga ega. 
PAN
– (Primary Account Number) To‘lov plastik kartani yuzidagi 16 xonali raqamlar majmuasi.
CVV/CVC 
– (Card Verification Value/Code) on-line to‘lovlarni amalga oshiruvchi, plastik kartani orqa 
tomonidagi raqamlar majmuasining oxiridagi 3 ta xonali raqamlardan iborat maxsus kod. 
II. SHARTNOMANING PREDMETI 
2.1. Oferta shartnomasini akseptlagan foydalanuvchiga bank hisobvarag‘ini (milliy valyutada va chet el 
valyutasida) ochish, bank kartalarini chiqarish, shuningdek, ushbu shartnoma va amaldagi qonun hujjatlariga 
muvofiq bank kartasi hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar shartnoma 
predmeti bo‘lib hisoblanadi. 
III. OFERTANING UMUMIY SHARTLARI 
3.1. Ushbu ofertani akseptlovchi barcha shaxslar (quyida matnda «Foydalanuvchi» deb yuritiladi): 
a)
bank kartasini ochish va ularga xizmat ko‘rsatishdan manfaatdor; 
b)
bank kartasining ochish shartlari va ma’lumotlari bilan biz tomonimizdan taqdim etilgan “Shartlar” 
da tanishib chiqqan; 
c)
O‘z haqidagi ma’lumotni ochmagan holda, bank kartasini ochish va ularga xizmat ko‘rsatish mumkin 
emasligini tushunadi va Bankka kerakli ma’lumotni taqdim etishni istaydi; 
d)
Taraflarning bank kartasini ochish va ularga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan harakati Bank 
filiali yoki “Xalq Mobile” ilovasi orqali amalga oshirilishini tushunadi; 
e)
Bankdan yozma hujjatlar Foydalanuvchiga bank filialidan yoki elektron shaklida “Shaxsiy 
kabinet”da taqdim etilishi mumkinligini tushunadi va hujjatlarni olishning bunday shaklini o‘zi uchun 
mumkin deb hisoblaydi; 
f)
Oferta bilan tanishib, ofertada taklif etilgan barcha shartlarni tushunganligini bildiradi. 
3.2. Ushbu oferta bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar yuzasidan 71 210-20-02, 1106 telefon raqami 
orqali, info@xb.uz elektron pochta manzili orqali bog‘lanish mumkin. 

Yüklə 228,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə