Namangan muhandislik-texnologiya instituti


Plastmassalarning issiqlik-fizik xossalari



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə13/24
tarix26.10.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#132093
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Marjona

Plastmassalarning issiqlik-fizik xossalari
Issiqlikka chidamlilik deganda polimer materiallarning yuk ta`sirida o'zining mexanik puxtaligini yo’qotadigan eng yuqori harorat tushuniladi. Bunda ularning strukturasida hech qanday kimyoviy o'zgarish ro'y bermaydi.
Plastmassalarning fizik-mexanik xossalari
Plastmassalarning hajmiy og'irligi bo'lishiga qaramay ular ma`lum mustahkamlikka ega. Plastmassalarni ishlatish paytida ularga turli xil kuchlar (nagruzka) ta`sir qilishi mumkin. Bu vaqtda buyumda har xil deformatsiyalar (cho'zilish, egilish, siqilish) paydo bo'ladi. Shuning uchun plastmassadan tayyorlangan buyumlar bunday deformatsiyalarni vujudga keltiruvchi kuchlarga bardosh berish yoki bera olmasligini bilish muhimdir. Plastmassalarning mexanik xossalari ularni zo'riqish ostida sinash orqali topiladi. Plastmassa namunalarining mexanik xossalarini ikki yo'nalish bo'yicha olib borish mumkin:
a) qisqa muddatli nagruzka ostida mustahkamlikka sinash;
b) qisqa muddatli nagruzka ostida deformatsiyalanishga sinash;
Plastmassalarning fizik-mexanik xossalariga quyidagilar kiradi: cho'zilishga sinash - plastmassalarning cho'zilishga bo'lgan mustahkamlik chegarasi σcho’z -eng yuqori cho'zuvchi kuchning namunaga ko'ndalang kesimi yuziga nisbatidir (MPa) :
σcho'z = Pp/ bh σcho'z = Pt·r/ bh (4)
bu erda: Rp - namuna uzilgan vaqtdagi kuch, N; b - namuna ish qismining eni, sm; h - namuna ish qismining qalinligi, sm; Pt·r - oqish chegarasi boshlanishidagi kuch, N-Namunaning uzilish vaqtidagi nisbiy uzayishi (Echo’z) va oqish chegarasiga mos kelgan nisbiy uzayishi (Echuz.*oq) quyidagi formulalar yordamida topiladi:
Echo'z. = (Δlcho'z /lo) * 100
Echo'z*oq = (Δlcho'z.oq /lo)* 100 (5)
bu erda:
Δ1cho'z. - uzilishdagi namuna bazasi uzunligining ortgan qismi, mm;Δ1cho'z.oq - oqish chegarasidagi namuna bazasi uzunligining ortgan qismi, mm;10 - namuna bazasining dastlabki uzunligi, mm;
Siqilishga sinash namunalarining sinib tushganga qadar siquvchi kuchlar ta`siriga qarshilik ko'rsata olishi qobiliyati plastmassalarning siqilishiga bo'lgan mustahkamlik chegarasi deb ataladi. Sinash paytida quyidagi kuchlar aniqlanadi:
1) Siqilishdagi buzuvchi kuchlanish (MPa) namunani buzadigan yoki uni darz ketkazadigan nagruzkani namunaning dastlabki ko'ndalang kesim yuziga nisbati;
2) Siqilishdagi oqish chegarasi (MPa) ta`sir etuvchi kuch miqdori oshmasa ham deformatsiyani ortishida ro'y beradigan nagruzka miqdorini namunaning dastlabki ko'ndalang kesimi yuzaga nisbati. Siqilishdagi buzuvchi kuchlanish (pc), siqilishdagi oqish chegarasi (tc) quyidagi formulalar yordamida topiladi:
σpc= P/ F σtc =P1/ F (6)
bu erda: P - buzuvchi kuch, N; P1 - ta`sir kuch oshmasa ham deformatsiya o'sishi ro'y bergan vaqtdagi kuch, N; F - namunaning ko'ndalang kesimining yuzi, sm;
Plastmassalarni ikki tayanch orasida zarbiy egilishga sinashZarbga bo'lgan mustahkamlik plastmassalarning zarbiy kuchlariga bo'lgan mustahkamligi uning eng muhim xossalaridan biridir. Zarbiy mustahkamlik ko'pincha plastmassalarni sinflarga bo'lishda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Zarbga bo'lgan mustahkamlikni aniqlash uchun mayatnikli koper ishlatiladi. Namunani sindirish vaqtida sarf bo'lgan ish miqdori bilan o'lchanadi. Plastmassaning zarbiy mustahkamlik ko'rsatkichi har xil materiallar puxtaligini solishtirishda foydalaniladi. Zarbiy qovushqoqlikni ikki tayanchli zarbiy egilishga sinash, zarbiy qovushqoqlikni aniqlashning keng tarqalgan usullaridan biridir. Plastmassa buyumlarning deformatsiyalanishi, ya`ni ularning shakl va o'lchamlarini tashqi kuch ta`sirida yoki kuchlanish sababli o'zgarishi ularning ekspluatatsion xossalarini aniqlovchi asosiy faktlardan biridir. Deformatsion xossalarni e`tiborga olmay, u yoki bu buyumni tayyorlash uchun, shakllash materialni to'g'ri tanlash mumkin emas. Odatda, deformatsiyalanish jarayonida material strukturasi o'zgaradi va buyumni deformatsion xossasi materialning strukturasi va uning o'zgarishiga bog'liq bo'ladi. Injenerlik nuqtai nazaridan, deformatsiyalanis vaqtida materialda ro'y beradigan hamma strukturaviy o'zgarishlarni ikkiga bo'lish mumkin:
1) Materialning sinishi bilan bog'liq bo'lgan qaytmas struktura o'zgarishlar (buni sinish deformatsiyasi deyiladi);
2) Deformatsiya jarayonini to'xtatadigan yoki sekinlatadigan qaytar strukturaviy o'zgarishlar (buni qaytarish deformatsiyasi deyiladi); qisqa vaqtli deformatsiyalanishga sinashdan maqsad nagruzka ta`siri bo'lgan materialning o'zini tutishi va uning elastiklik moduli, qattiqlik, qayishqoqlik va plastiklik kabi xossalarini aniqlashdan iborat. Deformatsiyalanishga sinash yuqorida ko'rsatilgan usul bilan amalga oshirilishi mumkin, buning uchun "kuchlanish deformatsiyasi" (-E) diagrammasini qurish kerak.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə