Mustaqil o’zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati



Yüklə 64 Kb.
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü64 Kb.
#144470
  1   2   3   4   5
Mustaqil o’zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning t (1)


MUSTAQIL O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI

1. Mustaqillik– arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. O’zlikni anglashga intilishning kuchayishi.


2. Siyosiy tizimdagi o’zgarishlar. Mustaqillikning e’lon qilinishi. O’zbekiston Respublikasining tashkil etilishi.
3. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo’lidagi sa’y-harakatlar.
4. Mustaqil O’zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida Islom Karimovning tarixiy xizmatlari.


Tayanch tushunchalar: O’zbekiston Respublikasining ‘‘Davlat mustaqilligi to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasining ‘‘Davlat mustaqilligi to’g’risida”gi Bayonot, Prezident saylovlari, O’zbekiston Konstitutsiyasi, Davlat ramzlari, o’zlikni anglash.


1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. O’zlikni anglashga intilishning kuchayishi. 80-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo’jalik yuritish usuli o’zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. Ma’muriy-siyosiy biqiqlik kuchaydi, jamiyat a’zolari mehnat intizomi pasaydi, loqaydlik, befarqlik kuchaydi. 80-yillar o’rtalarida sovet jamiyatida ‘‘qayta qurish” boshlandi. Qayta qurish haqida M. S. Gorbachev KPSS MK ning aprel (1985yil) plenumida taklif kiritdi. Unda mahsulot ishlab chiqarish uchun 2 marta ko’p tabiiy resurslar, energiya, inson mehnati sarf etilishi, temir, po’lat, stanoklar ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda 1-o’rinni egallashiga qaramasdan mamlakatda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilmaganligi qayd etildi.
80-yillarning o’rtalarida SSSRning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotida inqirozli vaziyatning yanada keskinlashuvi ro’y bera boshladi. Qayta qurish konsepsiyasi cheklangan bo’lib, u SSSR taraqqiyotini ta’minlay olmas edi. Qayta qurish yillarida O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yomonlashdi. Respublikada milliy urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar toptaldi, buning oqibatida xalq orasida loqaydlik, ishonchsizlik va norozilik kuchaydi. Farg’ona fojeasi yuz berdi. Milliy o’zlikni anglash boshlandi. O’zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi, paxta yakkahokimligini tugatilishi, ekologik holatni sog’lomlashtirilishi O’zbekistonda dolzarb masala sifatida ko’tarildi.
Jamiyating barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishga harakatlar bo’ldi. Asosiy maqsad sovet jamiyatini to’liq demokratlashtirish deb aytildi. SSSRda saylov tizimini o’zgartirshi to’g’risidagi Qonun (1988-yil dekabri) qabul qilindi. Markaz o’z ta’sirini kuchaytirish maqsadida O’zbekistonda ‘‘Paxta ishi’’, ‘‘o’zbek ishi’’, kabi uydirmalar o’ylab topildi. 1984-1990-yillarda 30-50-yillarida sodir bo’lgan qatag’onlardan kam bo’lmagan bedodliklar yuz berdi. Qayta qurish siyosati ham SSSR davlatini muqarrar inqirozdan qutqarib qola olmadi. Davlatda inqiroz boshlandi. Ittifoqdosh respublikalarda milliy o’zlikni anglash va mustaqillik sari dadil qadamlar qo’yildi.
XX asrning 80-yillari oxirida “O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida o’zgarish boshlandi. Odamlar xilma-xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniga ega bo’la boshladilar. O’zbek xalqining dilidagi g’oya – mustaqillik g’oyasi edi, xalq mana shu g’oyani ko’tarib chiqdi. Mustaqillik uchun harakatda yangi to’lqin boshlandi. Tarix taqozosi bilan elim, yurtim deb yonib yashayotgan Islom Karimovdek fidoyi insonning O’zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga 1989-yilda saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berishiga olib keldi, adolat tiklandi.
I. Karimov xalq xohish-irodasini bajarib, o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish ishiga boshchilik qildi. 1989-yil 21-oktabrda Respublika Oliy Kengashi O’zbekistonning davlat tili haqida qonun qabul qildi. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotning barcha sohalarida o’zbek tili to’la amal qilishi qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo’ldi.
90-yillarning boshlariga kelib O’zbekistonda xalqning mustaqillika erishishidan iborat azaliy orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala bo’lib qoldi. Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan, “Zo’rovonlikka asoslangan, ma’muriy-buyruqbozlikka xos bo’lgan markazlashgan davlat saqlanib qoladimi yoki demokratik jarayonlar chuqurlashishi evaziga ittifoqdagi respublikalar suvereniteti ta’minlanadimi, degan masala dolzarb bo’lib qoldi. Ikkinchi tomondan, o’sha davrdagi markaziy davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to’g’ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishish tobora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi.
1990-yil boshida O’zbekistonda boshqaruvning Prezidentlik shakli masalasi ko’tarildi. Respublikada boshqaruvning shunday shaklining joriy etilishi, avvalo, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalardagi muammolarni hal qilish jarayonini tezlashtirishga ko’maklashish vositasi sifatida joriy qilindi. Eng muhimi, Prezident muassasining joriy etilishi respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o’tishni bildirar edi.
Alohida shuni ta’kidlash kerakki, o’sha kezlari keng miqyosda tartib va intizomni, eng avvalo, boshqaruvning barcha darajalarida va jabhalarda ijro mexanizmini qayta qurishni tezlashtirish vazifalarini vaqtida hal etish, fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi barcha muassasalarni nazorat qilish masalalari ham katta ahamiyat kasb etmoqda edi. Shu ob’yektiv holatni hisobga olib, 1990-yil 24-martda O’zbekiston Oliy Sovetining birinchi sessiyasi O’zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to’g’risida qaror qabul qilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug’anievich Karimovni O’zbekistonning Prezidenti etib saylash to’g’risida qaror qabul qildi O’zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo’yilgan dadil kadamlaridan ikkinchisi edi.
O’zbekistonning mustaqillika erishishida qo’yilgan navbatdagi muhim qadam 1990-yil 20-iyunda O’zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qo’yildi. Sessiyada O’zbekistonning “Mustaqillik Deklaratsiyasi” qabul qilindi va uning kirish qismida qo’yidagicha yozib qo’yildi:
“O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o’zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning taqdirini o’zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi, O’zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi”. Sessiya qabul qilgan bu “Mustaqillik Deklaratsiyasi” xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.
Shu kundan boshlab respublikada O’zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. O’zbekiston rahbariyati va xalqi mustaqillik sari dadil qadam quyaverdi.
1991-yil 17-martda umumxalq referendumi o’tkazildi. Referendumda O’zbekiston xalqining mutloq ko’pchiligi O’zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko’rish xohishi borligi namoyon bo’ldi. O’zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish ishlari ham dadil boshlab yuborildi. Xususan, 1991yil 15-fevralida O’zbekiston Oliy Kengashi “O’zbekistonning davlat ramzlari to’g’risida” maxsus qaror qabul qildi.
O’zbekistonning suvereniteti uchun kurash, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilinishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaatini ifoda etishi bilan ajralib tura boshladi. Jumladan, 1991-yil 22-iyulida O’zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumining “O’zbekiston hududida joylashgan Ittifoqqa buysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarni O’zbekistonning huquqiy tobeligiga o’tkazish” to’g’risidagi qarori, O’zbekistonning milliy suvurenititeti uchun tashlangan qadamlar dalilidir.
80-yillarning ikkinchi yarmiga kelib sobiq SSSR ning ijtimoiy-siyosiy holatida inqirozli holat tobora kuchaydi. Bu holat ayniqsa, ko’pchilik respublikalarning ittifoq tarkibidan chiqish, o’z-o’zini belgilash, huquqini berish, Markazning siyosiy-iqtisodiy, harbiy va tashqi siyosiy sohalardagi rolini qayta ko’rib chiqish kabi talablarning haqli ravishda qo’yilishida aksini topdi. lekin, markaziy rahbariyat xalqlar va ittifoqchi respublikalar siyosiy rahbariyatining chinakam mustaqillikka intilishi bilan hisoblashmadi. Bu munosabatni Markazning Boltiqbo’yi respublikalarining ittifoq tarkibidan chiqib ketishi, O’zbekistonda, keyinchalik esa boshqa respublikalarda ham prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi va bu respublikalar tomonidan suverenitet to’g’risidagi Deklaratsiyalarning qabul qiliniishiga tish-tirnog’i bilan qarshilik ko’rsatganligida ham ko’rish mumkin.
Lekin, ba’ribir harakatga kelgan inqiroziy holatni endi to’xtatib bo’lmas edi. Shu sababdan ham, davlat yemirilishidan jiddiy xavotirga tushgan partiya-davlat rahbariyati 1990-yilning kuzida ittifoq markazi va respublikalar o’rtasidagi munosabatlarni yangi holatga o’tkazish maqsadida mo’zokara jarayonini boshlashga majbur bo’ldi. Chunki, SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va hukumati ham inqiroziy holatdan chiqishning yo’lini topa olmay qolgan edi. O’sha yillar ittifoq bo’yicha prezidentlik lavozimini egallab turgan M. Gorbachev mamlakatni tanazzuldan olib chiqish yo’lida boshini qaysi eshiklarga urmadi. Goh jadallashtirish kontsepsiyasini uylab topdi, goh fan-texnika taraqqiyoti, deb butun mamlakatni alg’ov-dalg’ob qildi. Undan natija chiqmagach, agrosanoat kompleksining qayta qurish rejalarini ishlab chiqdi. Shundan so’ng kadrlar siyosati masalasini ko’tardi. U o’zini qayokka urmasin, harakatlari samarasiz bo’laverdi. Bora-bora, eng muhimi – inson omili ekanligini tushundi. Biroq endi kech bo’lib qolgan, g’isht qolipdan ko’chgan edi.
1990-yil oxirlariga kelib Boltiqbo’yi mamlakatlari mustaqillik to’g’risidagi talabalrni SSSR Oliy Kengashi majlisi va xalq deputatlari quriltoyiga kundalang qilib qo’yganlaridan so’ng Prezident M. Gorbachev bir guruh deputatlar va rahbarlar bilan vaziyatni urganish, aniqrog’i, tazyiq qilish, ta’sirini o’tkazish maqsadida Boltiqbo’yiga bordi. Guruh tarkibida O’zbekiston Prezidenti I. Karimov ham bor edi. U yerda I. Karimov haqiqat bilan yuzma-yuz keldi va shunda juda katta qat’iyat va favqulodda jur’at bilan munosabatini bildirdi: Komissiya ishini yakunlamasdanoq M. Gorbachevni ham, uning manfaatlarini qo’llab-quvvatlovchi guruhni ham tashlab, tezda orqaga qaytdi. Bu bilan u Boltiqbo’yi xalqlarinining talablari qonuniy ekanligi, mustaqillik SSSR tarkibidan chiqish – tarixiy haqiqat, inson haq-huquqlarining tantanasi ekanligini oshkora namoyon qildi. Haqiqatdan ham, ittifoq tarkibida turib hech qanday milliy ravnaq, ma’naviy taraqqiyot to’g’risida gap bo’lishi ham mumkin emas edi.
1991-yil avgust oyiga kelib butun mamlakatda voqealar shu darajada chigallashib ketdiki, uning yechimini topish o’ta mushkul bo’lib qoldi. Shu vaziyatdan foydalanib 19-21-avgust kunlari Moskvada davlat to’ntarishi qilishga o’rinib ko’rildi. Favqullodda holat davlat qo’mitasi tuzilib, SSSR Prezidenti M. Gorbachev zo’ravonlik bilan vazifasidan chetlashtirildi.
Ana shunday og’ir, sarosimali tahdid va taxminlar paytida O’zbekiston rahbariyati korxona va xo’jaliklarning rahbarlari, xalq noiblari, barcha sofdil kishilar, xalqni matonat va osoyishtalikka da’vat qildilar. Ayniqsa, Prezident Islom Karimovning bo’layotgan voqealarga munosabati barchani qanoatlantirdi, uning xalqqa suyanganligi u bilan dardlashganligi, xalq bilan hukumat o’rtasida sog’lom munosabatning vujudga kelishiga olib keldi.
Hindiston safaridan qaytgan O’zbekiston Prezidenti I. Karimov, 19 avgust kuni kechqurun Toshket shahrining faollari bilan bo’lgan uchrashuvda qat’iyatlik bilan O’zbekiston nuqtai nazarini ma’lum qildi va Markazdan bildirilgan qonunga xilof bo’lgan har qanday ko’rsatmalarni respublika rahbariyati tomonidan bajarilishini man etdi. 20-avgustda O’zbekiston SSSR Oliy Kengashi Rayosati va O’zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining respublika rahbarlari ishtirokida qo’shma majlisi bo’lib o’tdi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinib, O’zbekistonning mustaqillikka erishish yo’li o’zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Unda O’zbekiston Mustaqillik Deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish yo’lidan boraveradi, deb ko’rsatildi. O’sha kuni O’zbekiston Prezidenti I. Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqib, O’zbekistonning mustaqilligiga erishish yo’li qat’iy ekaniligini yana bir bor alohida uqtirdi.
Shunday og’ir sharoitda, tarixiy vaziyatni to’g’ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O’zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi. Respublika Oliy Kengashi 1991-yil 26-avgust kuni O’zbekiston davlat mustaqilligi to’g’risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31-avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qoror qildi.

Yüklə 64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə