Aholi turmush tarzining og’irlashuvi. Orol fojiasi. Farg’ona voqealari. 1989-yil Respublika Ijtimoiy-siyosiy xayotidagi o’zgarishlar Milliy manfaatlar ustuvorligini oshib borish



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#140753
  1   2   3   4
Aholi turmush tarzining og’irlashuvi. Orol fojiasi.


Aholi turmush tarzining og’irlashuvi. Orol fojiasi.
Farg’ona voqealari .1989-yil Respublika Ijtimoiy-siyosiy xayotidagi o’zgarishlar
Milliy manfaatlar ustuvorligini oshib borish



Raja:

1. XX asr 80-yillari o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O’zbekistonda amalga oshirgan qatag’on siyosati. “Paxta ishi” “O’zbek ishi” nomli kampaniyalar.
2. Aholi turmush tarzining og’irlashuvi. Orol fojiasi.
3. Farg’ona voqealari. 1989 yil o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o’sib borishi.




Kirish
1. XX asr 80-yillari o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O’zbekistonda amalga oshirgan qatag’on siyosati. “Paxta ishi” “O’zbek ishi” nomli kampaniyalar.
Agar 30-yillardagi qatag’onlarda asosan partiya, davlat, xo’jalik va harbiy qadrlar mavx etilgan bo’lsa, 40-50-yillar boshidagi katog’onlar zarbasining ikkinchi kuchli to’lqini madaniyat va fan arboblariga taalluqli bo’ldi Bu davrda respublika matbuotida ketma-ket ijodiy xodimlar ayblanib, ularni “millatchi”larga chiqarib, tanqid qiluvchi maqollar bosildi.
Bu maqollarda sotsialistik realizm printsipiga “kiroatxonlik” bilan suyanib Turob To’la, Sobir Abdulla, Kamtar Otaboev, Mirtemir, Xabibiy, A. Bobojonovlarga turlicha ayblar qo’yildi. Keyinroq Oybek, X. Zarifov, X.Yoqubov, X.Sulaymonov, I.Sultonov singari adiblar va adabiyotshunoslik, adabiy tanqid, filologiya sohasidagi taniqli olimlarning asarlari tanqid qilindi va ular “jiddiy mafko’raviy xatolar va bo’zg’unchilik”da ayblandi. Bundan tashqari milliy ziyolilarning atoqli vakillariga qarshi qatag’on boshlandi. Ayniqsa, 1951-52 yillarda “sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati” uchun Shukrullo, M.Shayxzoda, Shuxrat, Said Ahmad, Mirkarim Osim, Mirzakalon Ismoiliy va respublikaning boshqa bir qancha yozuvchilari, olimlari 25 yil qamoq jazosiga hukm qilindilar.
Stalincha qatag’on yillarida O’zbekiston 1937-39 yillarning o’zida 41 ming kishi qamoqqa olindi, shulardan 37 mingi turli muddatlarga hukm qilindi, 6920 kishi otib tashlandi. Umuman olganda 1939-1953 yillarda 61799 kishi qamoqqa olinib shulardan 56112 kishi ozodlikdan mahrum qilingan bo’lsa, 7100 otib tashlandi. Albatta, ularning ko’pchiligi 1956 yilda batamom oqlandi, Biroq o’limidanso’ng 80-yillarga kelib mavjud to’zum mafko’rachilari o’zlarinig yangi xurujini boshladilar. Totalitar to’zumning saqlab qolish uchun aholining qo’rquvda to’tish, dam-badam taxkirlar va qatag’on qilish odat tusiga aylanib qolgan edi.
Bu safar ham partiya zo’ravonligi natijasida, 1982 yili bir guruhi adabiyotchi olimlar jadidchilik mafko’rasini rasm bo’lib qolgan qoliplardan tashqarida ko’rib chiqishga intilgani uchun ayblandilar, Fitrat va Cho’lponni oqlash borasidagi sa’y-harakatlar qattiq tanqid ostiga olindi.
1983-1989 yillarda “paxta ishi” bahonasida yana qatag’onlarning yangi bosqichi bo’ldi Endilikda ishlab chiqarish va siyosat bilan band bo’lgan kadrlar, respublikaning milliy manfaatlarini bugib kelayotgan mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizimning yaramas va istiqbolsizligini tushungan milliy ziyolilar ham ta’qib ostiga olindi. Bu ish matbuotda, ayniqsa, markazda millatning izzat-nafsiga teguvchi “o’zbek ishi” deb ataldi. Markazdan maxfiy topshirik bilan yuborilgan tergovchilar guruhi minglab kishilarni va umuman respublikani badnom qildi Albatta “paxta ishi” jarayonida chindan ham mavjud bo’lgan kamchiliklar va hatto jinoyatlar ochildi, Biroq bu butun o’zbek xalqini oldindan badnom qilishlikka yo’l qo’yib bo’lmasdi. o’shadavrda ochilgan illatlar butun Ittifoqka xos qusur edi. Biroq “paxta ishi” oqibatida ko’pgina halol va vijdonli kishilar ham to’xmat va uydirmalar bilan qamoqqa olindi. Bu ish natijasida 5 ming kishi qamoqqa olindi va turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.
Faqat O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilan “paxta ishi” va undan oldingi qatag’onliklar oqibatida nohaq ozor chekkan minglab kishilar va ularning oila a’zolari oqlandi va haq-huquqlari tiklandi. 74 yil davom etgan bu tengsiz, yashirin kurash kommunistik tuzumi kulashi bilan tugallandi.
Urushdan keyingi yillarda ham respublikamizning mustamlaka maqomi saqlanib qoldi. Bu davrda O’zbekiston sanoati tabiiy, moddiy-texnika va mehnat resurslardan yanada kengroq foydalanildi. Xuddi shu davrda O’zbekiston yoqilgi-energetika majmuinining asosini tashkil etadigan qator yirik gaz konlari o’zlashtirildi, nodir metallurgiya sanoati yaratildi, oltin qazib olish sanoati barpo etildi, ko’ptarmoqli mashinasozlik markazlari barpo etildi. Paxtachilikni rivojlantirishi maqsadida “Tashsel’mash”, “O’zbeksel’mash”, “ Krasny dvigatel’”, “Pod’yomnik” kabi zavodlarda tirkama uskunalar va traktorlar uchun ehtiyot qismlar ham ishlab chiqarila boshlandi. 1985 yilga kelib respublikada ishlab chiqarish , ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, kombinat va korxonalar soni 1500 tadan oshib ketdi. To’la asos bilan shuni ta’kidlash joizki, erishilgan bu yutuqlar bir tomonlama edi, holos. Asbob-uskunalar un yillar davomida yangilanmas, yangi texnologiyalar to’g’risida esa ham bo’lishi mumkin emas edi. Respublika iqtisodiyotining asosi bo’lgan paxta tolasining 92% dan ortig’i, paxtachilik majmui ishlab chiqarish vositalarining 40% ga yaqini, qorako’lning deyarli hammasi, pillaning 2/3 qismi, oltin, mis, rux kabi rangli metallarning hammasi va boshqalar O’zbekistondan deyarli “suv tekinga” xom ashyo holida olib ketilishi, ayni vaqtda tayyor ishlab chiqarish , aholi iste’moli uchun zarur bo’lgan mahsulotlar, jumladan, tayyor sanoat mollari va hatto o’zi yetarli darajada ishlab chiqarish mumkin bo’lgan chiqishida mahsulotlarining 2/3 qismini ittifoqning boshqa respublikaliridan yuqori iste’mol baholarida keltirilishi respublikamiz xo’ligining bir tomonlama rivojlanganligini yaqqol ko’rsatadi. Bunga qo’shimcha qilib, shuni ta’kidlash joizki respublika sanoatida yengil sanoit mahsulotining xissasi 1989 yilda 37,2 % ni tashkil etdi. Bunda aholi uchun keng iste’mol mollari ishlab beradigan yengil sanoat O’zbekistonda ancha yuqori rivojlangandek tuyuladi. Aslida bu tarmoq mahsulotlarining yarmidan ko’pini paxta tozalash zavodlarida tayerlangan paxta tolasi, pillakashlik fabrikalarida ishlov berilgan ipak tolasi, lub zavodlarida ishlangan kanop tolasi, teriga ishlov beruvchi korxonalarda ishlov berilgan qorako’l terilar tashkil qilganini e’tiborga olsak, qishloq xo’ligi mahsulotlariga dastlabki ishlov beruvchi tarmoqlar xissasi butun yengil sanoatda 2/3 qismga borib qolganini ko’ramiz.. Shu bois O’zbekiston mustaqillik arafasida sanoat yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo’yicha sobiq Ittifoqda 10 o’rinni egallab turdi.
Urushdan keyingi yillarda qishloq xo’jaligida ham ijobiy va salbiy jixatlarni kuzatish mumkin. Qishloq xo’jaligining asosiy yo’nalishi paxtachilik bo’lib qoldi Shu bois, paxta yakka hokimligiga e’tibor yanada kuchaytirildi. Paxta xom ashyosi yetishtirish 1946 - 1985 yillarda 5,5 baravar ko’paydi, paxta ekiladigan maydonlar esa 1 mln.ga dan ortdi. Paxtaning yalpi xosili 1960 yilda 2,8 mln tonnani, 1980 yilda 6,2 mln tonnani tashkil qildi. Lekin O’zbekistonning milliy faxri va asosiy boyligi bo’lib kelgan paxtachilik bora-bora uning og’ir oqibatlariga olib kelgan “shuuri”ga aylandi. Markazning paxta yetishtirishni butun choralar bilan ko’paytirishdan iborat siyosatning amalga oshirishini ta’minlash natijasida: respublikaning sug’oriladigan asosiy ekin maydonlari paxtaga bo’shatib berildi va ayrim rayonlarda uning umumiy ekin maydoni 80% ortib ketdi; oziq-ovqat mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashgan dehqonchilikning ko’pgina tarmoqlari siqib chiqarildi, chorvachilik zarar ko’rdi; ko’pyillar davomida surunkali paxta ekilishi tuproqning tarkibi bo’zilib, tabiiy unumdorligi qashshoqlashdi, maydonlarni shur bosdi; mineral o’g’itlarni o’ta ortig’i bilan ishlatilishi tuproq, suv va atmosferaning zaharlanishi, ekologik sharoitning og’irlanishiga olib keldi. Bu davrda sug’orma dehqonchilikning yuksaltirish maqsadida ko’plab yangi kanallar va suv omborlari ishga tushirildi. (Chim Qo’rg’on, Janubiy Surxon suv omborlari, amu Buxoro, Amu - Korakul, Janubiy Mirzacho’l kanallari va b.) hamda Mirzacho’l, Qarshi cho’li, Surxon-Sherobod cho’llarida unumdor quriq yerlar o’zlashtirildi. Dastlab bu tadbirlar qishloq xo’jalik mahsulotlarni yetishtirishning oshishiga olib kelgan bo’lsa-da, keyinchalik ekologiyaga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Eng yomoni Amudaryo va Sirdaryo suvlari Orol dengizigacha qariyb yetib bormay qoldi Bu Orolni falokat yoqasiga olib keldi. Dengiz satxi pasayib, ilgargi gullab turgan shahru Qo’rg’onlar shur qumzorga aylandi. Umuman olganda iqtisodiyotni rivojlantiirishda ekstentiv usul hukmronlik qildi, ilmiy-texnika taraqqiyotini ishlab chiqarishga tadbiq ettirishga yetarli e’tibor berilmadi. Masalan, 1981-1985 yillarda 660 ta kashfiyotdan faqat uchdan biri xalq xo’ligiga joriy etildi. Boz ustiga respublika iqtisodiyoti qishloq xo’jalik ishlab chiqarish doirasida o’ralashib qoldi Ma’naviy-axloqiy sohada salbiy xodisalar (qo’shib yozish, ko’zbuyamachilik qilish va b.) kuchayib bordi. Iqtisodiyotni tanazzuldan olib chiqish uchun avvalo ishlab chiqarish munosabatlarini o’zgartirish boshqaruvning iqtisodiy usul - amallarini yo’lga qo’yish o’rniga har xil chaqiriqlar bilan iqtisodiy natijasiz eksperimentlar o’tkazildi.
Ijtimoiy sohada ham ko’rsatgichlar juda past edi. Jumladan turar joy, bilan ta’minlash umum ittifoq ko’rsatgichini 65% (sobiq 15 respublikalar ichida 12 o’rin) tashkil etdi, kasalxonalar bilan 92% (9 o’rin), maktablarda o’inlar bilan - 72 % (12 o’in) maktablargacha tarbiya muassasalari bilan - 34,5 % (12 o’in). Aholini ichimlik suv bilan ta’minlash 25 - 30 % ga qndirilardi. Fan, madaniyat va xalq ta’limiga qlinadigan harajatlar byudjet mablag’arining 2,7 % idan ortmas edi. Asosan aholi vakillari istiqomat qiluvchi qishloqlarda ijtimoiy ahvol juda og’ir edi. Ijtimoiy xayotda yana bir nohaqlikka e’tiborni qaratsak - 80-yillardagi ma’lumotlarga ko’ra, sobiq Ittifoq bo’yicha har bir maktab o’quvchisiga o’rtacha 240 so’m sarflangan holda, O’zbekistonda bu ko’rsatgich 203 so’mni, har bir talabaga Ittifoqda 1200 so’m sarflansa, O’zbekistonda bu sarf 996 so’mni tashkil qilgan edi.
Qurilayotgan yillar davomida madaniyat va fan ham notekis rivojlandi. O’zbekistonda xalq maorifi, oliy va o’rtama’lumot, fan-texnika, madaniyatning bir muncha o’sganligini, olimlarimiz fanning ko’pgina fundamental sohalarida maktab yaratganliklari tarixiy xaqiqatdir. Biroq ancha yuksak madaniy salohiyat bilan birga ayni vaqtda ma’naviy tanglik yuzaga keldi. Xalqni milliy an’analar va madaniyatning qudratli manbalaridan begonalashtirish tendentsiyalari kuchaydi. Masalan, oldin taqiqlangan Navro’z bayramimiz 50 -60 yillarda tiklanib, 1986 yil yana “diniy” bayram sifatida mafkurachilar tomonidan taqiqlandi. o’zbek tilini qo’llash sohasi ham toraydi: respublika bo’yicha barcha hujjatlar, Hatto aholi ko’pchilikni tashkil etgan qishloqlarda ham, rus tilida olib borildi. Kutubxonalar fondining 80% ni rustili dagi kitoblar tashkil etardi. Taajjubki Toshkent Davlat universitetida (Hozirgi MU) o’zbek filologiyasi fakul’teti faqatgina 1980 yilda ochildi.
Madaniy qurilishda tub milliy manfaatlar unitilib, baynalmilallashtirishga zo’r berildi. Madaniyatni mafko’ralashtirish, ijodiy faoliyatga qo’pol ravishda aralashish natijasida adabiyot va san’at milliy zamindan ajralib qoldi.
Xulosa qilib aytganda, sovet hokimiyati hukm surgan 74 yil mobaynida O’zbekistonda ham bir qaror yuto’qlarga erishganligini e’tirof etgan holda, respublikamiz mustamlakachilik va milliy zulm doirasida bo’lganligini va karam mamlakatning barcha mashakkatlarini boshidan kechirganini ta’kidlash lozim.
Bu qaramlik siyosiy sohada-siyosiy mutelikda, xalqning takdirini o’zi belgilash huquqidan mahrum bo’lishida, hukmron mamlakatning tarkibiy qismga aylanishida, xalqaro doiralarda huquqsizlanishda; iqtisodiy sohada - tabiiy boyliklariga o’zi egalik qilolmasligida, iqtisodiyot taraqqiyot yo’lini o’zi belgilay olmasligida, markaz mafaatlarining ustunligida, xalqimizning mehnat samarasidan bahramand bo’lmasligida, bir tomonlama rivojlanish natijasida respublikamizni xom ashyo bazasiga aylantirilishida; ma’naviy sohada-milliy va diniy qadriyatlarimizning oyok osti qilinishida, kommunistik mafkura hukmronligida sinfiy yondashuv oqibatida ma’naviy va tarixiy me’rosimizga e’tiborsizlikda, qatag’onlik siyosatida inson huquqlarini poy mol qilishda ifodasini topdi.
Mamlakatimiz va xalqimizning sovet hokimiyati hukmronligi davridagi ahvolini taxlil etar ekanmiz, mustaqillik nechog’lik ahamiyat kasb etishni, uning qadriga yetishimizni, e’zozlashimizni va mustahkamlashimizni yanada chuqur anglab yetishimiz zarur.
2. Aholi turmush tarzining og’irlashuvi. Orol fojiasi
Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o’lkaning o’ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni istamagan kelgindilar mahalliy xalqning urf-odatlari, an’analarini oyoq-osti qildilar. Xalqimizning boy madaniyati va ma’naviy qadriyatlari kamsitildi. Ona tilining qo’llanilishi yanada cheklab qo’yildi. Hatto milliy libos kiyib yurish ham qoralandi. Milliy an’analar bo’yicha to’y qilgan, qarindosh-urug’larini milliy, diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, shafqatsiz jazolandi. Bunday vaziyat xalqni ranjitdi, hafsalasini pir qildi, siyosiy loqaydlikni kuchaytirdi. Ko’plab olimlar, yozuvchilar va boshqa ijodiy xodimlar aziyat chekdi.Ularning ko’pchiligi mahalliychilikda, milliy cheklanganlikda, xurofot-bid’atga berilganlikda, sinfiy va partiyaviy tamoyillardan og’ishlikda,o’tmishni, xonlar va amirlar hayotini bo’rttirib ko’rsatishda ayblandilar. Siyosiy va mafkuraviy zug’umlarga qaramasdan ijtimoiy ong o’zgara boshladi. O’tmish va hozirgi zamon muammolari to’g’risida munozaralar, turli qarashlar, nuqtai nazarlar bildiriladigan bo’lib bordi.
Jamoatchilik paxta yakkahokimligini tugatish, o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish, ekologik holatni sog’lomlashtirish kabi masalalarni ko’tara boshladilar. «Norasmiy» guruhlar va tashkilotlar paydo bo’la boshladi. Ular asta-sekin siyosiy tusga kira boshladi. 1989 yilda tashkil topgan «Birlik» xalq harakati (rahbari Abdurahim Po’latov) respublikadagi dastlabki «norasmiy» harakat yedi. Shuningdek, «O’zbekiston yerkin yoshlar itifoqi», xotin-qizlarning «To’maris» nomli tashkiloti, rusiyzabon ziyolilarning «Intersoyuz» deb atalgan harakati tuziladi. Bu harakatlar dastlabki paytlarda xalqning ma’naviy qadriyatlarini tiklash, Orol fojiasini oldini olish, o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish, boshqaruvning ma’muriy buyruqbozlik usulidan voz kechish kabi dolzarb masalalarni ko’tardilar. Biroq bu harakatlar g’oyaviy, siyosiy, tashkiliy jihatdan yetarli darajada uyusha olmadi. tuzishga kirishdilar. 1990 yil 30 aprelda «Erk» demokratik partiyasining ta’sis qurultoyi bo’ldi. Qurultoy «Erk» partiyasi tuzilganligi haqida qaror qabul qildi, partiyaning dastur va nizomi qabul qilindi. Biroq «Yerk» partiyasi rahbarlari jamiyatni yangilash uchun bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o’tish zaruriyatini, qanday tadbirlari ham natija bermadi. Ma’muriy buyruqbozlik usuli bilan ishlayotgan vazirliklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo’qqa chiqardi, iqtisodiyot taraqqiyotiga to’g’anoq bo’lib qolaverdi. Respublikaning tog’-kon, metallurgiya, mashinasozlik, yelektrotexnika, kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo’lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko’rsatkichlarni avvalgidek Markaz belgilab berardi.
Aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. O’sha yillarda mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra, kun kechirish uchun bir kishiga oyida kamida 85 so’m zarur yedi. O’zbekistonda aholi jon boshiga daromad 75 so’mdan oshmaydigan 8 million 800 mingga yaqin kishi yashardi, bular aholining 45 foizini tashkil yetardi. Qishloq aholisining atigi 50 foizi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan edi, xolos.
3. Farg’ona voqealari. 1989 yil o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’zgarishlar.
Milliy manfaatlar ustuvorligining o’sib borishi Farg’ona fojiasi 1989 yilning may-iyun oylarida Farg’onada fojiali voqealar sodir bo’ldi. 45 yil muqqadam Stalin bedodligi natijasida o’z yeridan badarg’a qilingan mesxeti turklarini o’zbek xalqi o’z bag’riga olgan, ularga mehribonlik qilgan yedi. Tub yerli aholi bilanzmesxeti turklari qardoshlik aloqalarini bog’lab, inoqlashib yashardilar. Biroq 1989 yil 20 mayda Quvasoyda tub yerli aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o’rtasida mushtlashish sodir bo’ldi. Respublika rahbariyatining voqeani to’g’ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko’rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va yetnik mojaroga aylanib, qon to’kilishiga olib keldi. 3 iyun kuni kechqurun Toshloqda, so’ng Marg’ilonning mesxeti turklari zich yashaydigan «Komsomol» suv xo’jaligi quruvchilari posyolkasida ur-yiqit, uylarga o’t qo’yish, qotillik, vaxshiylik sodir bo’ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari Farg’ona shahri, uning atrofiga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga, temir yo’l stantsiyasiga, aloqa uzeliga, militsiya binosiga hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda respublika hukumat komissiyasi tuzildi. 4 iyundan boshlab komendantlik soati joriy etildi.
Farg’onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo’shinlarining 13 ming kishilik bo’linmasi keltirildi. Ur-yiqit 7 iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo’qon shahriga, Rishton, O’zbekiston va Kirov (hozirgi Beshariq) tumanlariga tarqaldi. 8 iyunda Qo’qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vazirligi qo’shinlari tomonidan o’qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi halok bo’ldi, 200 dan ortig’i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar natijasida jami 103 kishi xalok bo’ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo’ldi.
SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo’shinlarining 137 xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo’ldi, militsiya xodimlaridan biri vafot yetdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi. Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy organlar mesxeti turklarini Farg’onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko’chiriladi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo’lmas yedi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg’ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko’chirib olib borib joylashtirildi.
Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish ishlari buzilgan, poraxo’rlik, xizmat mavqeini suiste’mol qilish avj olgan yedi. Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqachon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko’rgan reja asosida ig’vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar.
Farg’onada sodir bo’lgan siyosiy ig’vogarlik Tbilisi, Tog’li Qorabog’, Bokuda tashkil etilgan ig’vogarliklardan biri yedi. Keyinchalik 1990 yil fevral, mart oylarida Bo’ka va Parkent, 1990 yil iyunda O’sh va O’zganda ham shunday urinishlar bo’ldi. Yovuz kuchlar o’z maqsadiga erisha olmadilar. O’zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
4. Islom Karimov – O’zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va ning tarixiy ahamiyati. 1991 yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.
Yangi yo’l 1989 yil 23 iyun kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug’anievich Karimov O’zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi yetib saylandi. I.A. Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o’zbek xalqining milliy o’zligini anglashi kuchayib borayotganligi birinchi bor yetirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka yerishish tomon yo’l olindi. Respublikada kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatdorlik ustivorligi ta’minlandi.
Markazdan yuborilgan «kadrlar desanti» o’z mavqeini yo’qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar» Respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimlariga ko’tarildi.
Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o’zgarish shundan iborat bo’ldiki, endi O’zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko’tarish ammaliyotiga chek qo’yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o’z qo’liga oldi.
Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo’lib, siyosiy mutelikdan qutilish tomon tashlangan muhim qadam bo’ldi. O’zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko’rildi, to’qib chiqarilgan «o’zbek ishi», «paxta ishi»ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog’liq ishlar qayta ko’rildi, aybsiz qamalgan minglab kishilar oqlandi, o’z oilasiga qaytarildi, adolat tiklandi.
O’zbek tili – davlat tili Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko’tarilgan yedi. O’zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga avvallari millatchilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o’zbek va rus tilini teng mavqega ko’tarishga urindi, shu yo’sinda ikki tillik haqidagi qonun loyihasini o’tkazishga harakat qilgan yedi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo’lini tanladi.
O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989 yil 21 oktyabrda bo’lgan o’n birinchi sesiyasida «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda O’zbekistonning davlat tili o’zbek tilidir, o’zbek tili Respublikaning siyosiy–ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to’liq amal qiladi, deb belgilab qo’yildi. 1990 yil 19 fevralda «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat jamoalari, o’quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o’zbek tiliga o’tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi Respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo’lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo’ldi.
Respublika iqtodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil yetish, baholash va ko’tarishga qaratilgan dastlabki sa’y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisining shaxsiy tomorqalari uchun yer ajratildi. Yerga muhtoj 381 ming oilaga tomorqa yerlari berildi, 372 ming oila o’z tomorqalarini kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun jami 150 ming gektar yer ajratildi.
Respublikada «Ish bilan ta’minlash» dasturi ishlab chiqildi. Ana shu dasturga binoan 1990 yilda 300 ming kishi, asosan yoshlar ish bilan ta’minlandi. Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy jihatdan himoyalash uchun 1990 yilda byudjetdan va korxonalr hisobidan 142 mln. so’m qo’shimcha mablag’ ajratildi.
1990 yil 18 fevralda O’zbekiston Oliy Sovetiga saylov bo’ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo’ldiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nomzodlar ko’rsatildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo’lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to’play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo’lib o’tdi. 1990 yil 24-31 mart kunlari Toshkentda o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sesiyasi bo’lib o’tdi. 24 mart kuni sessiya respublikalar orasida birinchi bo’lib «O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis yetish to’g’risida» Qonun qabul qildi. 1990 yil 24 mart kuni Oliy Sovet sessiyasida yashirin ovoz berish yo’li bilan Islom Abdug’anievich Karimov O’zbekiston Prezidenti etib saylandi. Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so’zlab, O’zbekistonning siyosiy mustaqilligini, o’zini-o’zi idora qilishga va o’zini-o’zi pul bilan ta’minlashga o’tishni ta’minlashni o’zimning asosiy vazifam deb bilaman, deb ta’qidladi. Hali SSSR va Markaziy hokimiyat mavjud bo’lgan sharoitda O’zbekistonda o’z Prezidentining saylanishi muhim vaqea bo’ldi, mamlakatimiz mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadil qadam bo’ldi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi O’zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi 1990 yil 20 iyun kuni «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qildi.
Deklaratsiyada har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O’zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi. Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo’lib, quyidagilar bayon etilgan:
O’zbekiston SSR davlat suvereniteti
• O’zbekiston SSR demokratik davlatining o’z hududida barcha tarkibiy qismlarda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir.
• O’zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo’yilmay turib o’zgartirilishi mumkin yemas. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O’zbekiston hududida kuchga yega bo’ladi.
• O’zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O’zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazo. O’zbekiston mustaqilligi to’g’risidagi Deklaratsiya muhim tarixiy hujjat bo’lib, mamlakatimizning o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritish yo’lida yana bir yangi qadam bo’ldi.
Sobiq SSSR ga kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsada, amalda qaram yedi. Ular o’z yerlari, suvlari, o’rmonlari va yer osti boyliklariga, ko’pdan-ko’p korxonalariga o’zlari yegalik qilolmas yedilar. 80-yillarning oxirlari 90-yillarning boshlarida ko’pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o’zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar. O’zbekiston Respublikasining rahbari I.A.Karimov 1989 yil 20 sentyabrda Maskvada bo’lib o’tgan KPSS MQ ning Plenumida so’zlagan nutqida respublikalar bilan SSSR o’rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo’yishni ko’zda tutadigan yangi federativ shartnoma ishlab chiqish zarurligi to’g’risida o’z fikrini bildirib: «Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o’zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilabqo’yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz»,- degan edi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining 1991 yil 12 martda bo’lgan IV plenumida so’zlagan nutqida: «Ittifoq shartnomasini imzolash uchun yeng qulay payt qo’ldan boy berib qo’yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko’targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922 yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul yetmadi, ishni paysalga soldi»,-degan yedi. Bu fikrning to’g’riligini hayot to’la isbotladi.
Butunittifoq referendumi SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o’zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991 yil 17 mart kuni Butunittifoq referendumini o’tkazishga qaror qildi. 1991 yil 20 fevralda O’zbekiston Oliy Kengashning Rayosati referendum o’tkazishni maqulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo’shimcha byulletenni ovozga qo’yishga qaror qildi. Qo’shimcha byulletenga «Siz O’zbekistonning mustaqil, teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?» degan savol qo’yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga «Ha» deb javob berdilar. Demak, o’zbekistonliklar o’z mamlakatini mustaqil davlat sifatida federativ ittifoqda bo’lishini, O’zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar.
1991 yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belorus, O’zbekiston, Qozog’iston respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo’ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo’llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo’ldi.
1991 yil avgust voqealari Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillik bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir «imkoniyat» vujudga kelgan edi. Ana shu kuchlar tomonidan 1991 yil avgustda Markaziy hokimiyatni avvalgi maqomida saqlab qolish maqsadida fitna tayyorlandi va SSSR da Favqulodda holat davlat qo’mitasi (FHDQ) tuzildi. Uning boshliqlari G.I.Yanaev – SSSR vitseprezidenti, O.D.Baklanov – SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o’rinbosari, V.A.Kryuchkov - SSSR Davlat xavfsizligi qo’mitasining raisi, V.S.Pavlov - SSSR Bosh vaziri, B.K.Pugo – SSSR ichki ishlar vaziri, D.T.Yazov - SSSR mudofaa vaziri, V.A.Starodubtsev - SSSR dehqonlar uyushmasi raisi, I.Tizyakov - SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshoatlari uyushmasining prezidenti kabi Markaziy hokimiyatning rahbarlari edi. Shu tariqa, fitnachilar M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo’l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o’zlari hokimiyatni yegallab oldilar. Mazkur qo’mita Sovet rahbariyatining Bayonoti, Sovet xalqiga murojaatnoma, Davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e’lon qildi. Butunittifoq doirasida mo’rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar.
1991 yil 21 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’z farmoni bilan O’zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O’zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so’zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo’ydi. Farmonda SSSR da Favqulodda holat davlat qo’mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy yemas, deb belgilab qo’yildi. Fitnachilarning qonunga hilof ravishda urinishlari natijasida 1991 yil 19-21 avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro’y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnachilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo’lib, harakatsiz qolgan yedi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. Shu tariqa, SSSR tanazzulga uchradi va parchalana boshladi.









Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə