Mustaqil ishi qoraqalpog'iston tibbiyot instituti 415-guruh talabasi



Yüklə 0,93 Mb.
tarix31.01.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#83314
epid

MUSTAQIL ISHI

Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti 415-guruh talabasi

Nurullayev Asadbekning

Harbiy epidemiologiya fanidan


Mavzu: Observatsiya va karantin

Reja

  • 1. Observatsiya nima?
  • 2. Karantin haqida
  • 3. Observatsiya va Karantin chora tadbirlari

Observatsiya

  • Observatsiya (lot. observatio — kuzatish, nazorat) — karantinga olingan yuqumli kasalliklarga (oʻlat, vabo, chinchechak) chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli vaqtincha alohidalab qoʻyilgan kishilar ustidan tibbiy kuzatuv.

Zarurat boʻlganda Observatsiya boshqa yukumli kasalliklarga ham belgilanishi mumkin.

Zarurat boʻlganda Observatsiya boshqa yukumli kasalliklarga ham belgilanishi mumkin.

  • Observatsiyani sanitariya-epidemiologiya xizmati amalga oshiradi. Observatsiya muddati Observatsiya qilish buyurilgan kasallik yashirin davrining eng uzoq muddatiga (qarang Inku-batsion davr) bogʻliq.
  • Observatsiya qilinadigan kishilar doim vrach nazoratida boʻladi. Har kuni ularning hol-ahvoli soʻrab chiqiladi, koʻzdan kechiriladi, gavda temperaturasi oʻlchanadi, zarur boʻlsa, tegishli tekshiruvlar oʻtkaziladi, shoshilinch maxsus profilaktika qilinadi, ehtiyotdan emlanadi va h.k

Tibbiy kuzatuvdagi kishilarga mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi beriladi. Observatsiyada transport vositalari va yuklarga ishlov berish (dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya) ham koʻzda tutiladi.[

  • Tibbiy kuzatuvdagi kishilarga mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi beriladi. Observatsiyada transport vositalari va yuklarga ishlov berish (dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya) ham koʻzda tutiladi.[

Karantin

  • Karantin (ital. quarantena — qirq kun), karantinlash — 1) tibbiyotda — oʻta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishini cheklashga karatilgan epidemiyaga qarshi maʼmuriy va sanitariya tadbirlari majmui.

Karantin maʼlum hududni kasallik tarkatuvchi manbadan muhofaza qilish va uni yoʻqotishga hamda kasallikning bir joydan boshqa hududlarga tarqalib ketishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan profilaktik tadbir hisoblanadi. Shu maqsadda Karantin eʼlon qilingan joyda aholi orasida hamma turdagi aloqa, bordi-keldi keskin cheklanadi.

  • Karantin maʼlum hududni kasallik tarkatuvchi manbadan muhofaza qilish va uni yoʻqotishga hamda kasallikning bir joydan boshqa hududlarga tarqalib ketishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan profilaktik tadbir hisoblanadi. Shu maqsadda Karantin eʼlon qilingan joyda aholi orasida hamma turdagi aloqa, bordi-keldi keskin cheklanadi.
  • Karantin epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiya tomonidan eʼlon qilinadi va "Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari" (konvensiya) asosida amalga oshiriladi. Bu hujjat dastlab 1951 y. Parijda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST)ning 4-sessiyasida qabul qilingan. 1973 va 1981 y.larda bu hujjatga JSSTning 26 va 34-sessiyalarida qoʻshimchalar kiritilgan.
  • Karantin birinchi marta 14-asrda Italiyada qoʻllanilgan. Shunda oʻlat tarqalgan yurtdan kelgan kema 40 kungacha qirgʻoqqa yaqinlashtirilmasdan dengizda ushlab turilgan. Dastlab Karantin juda koʻp kasalliklarda qilinar, hatto, unchalik xavfli boʻlmagan qizilcha (skarlatina) kasalligida ham bemor 40 kun alohida xonada ushlab turilardi

Bemor bilan muloqotda boʻlganlar yuqumli kasalliklar shifoxonalari va izolyatorlarda alohidalanib, kasallikning yashirin davri oʻtguncha, mas, oʻlatda 6 kungacha tibbiy kuzatuv ostida boʻladi. Bu davrda maʼlum profilaktik davolash kursi belgilanadi.

  • Bemor bilan muloqotda boʻlganlar yuqumli kasalliklar shifoxonalari va izolyatorlarda alohidalanib, kasallikning yashirin davri oʻtguncha, mas, oʻlatda 6 kungacha tibbiy kuzatuv ostida boʻladi. Bu davrda maʼlum profilaktik davolash kursi belgilanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.O.M. MIRTAZAEV. B.YU.TOSHBOEV

HARBIY EPIDEMIOLOGIYADAN

  • O`QUV QOLLANMA
  • 2. http//wikepediya.com
  • 3.www.minzdrav.uz

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə