Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu: Qadimgi dunyo iqtisodiy ta’limotlari Reja: 1



Yüklə 35,43 Kb.
səhifə3/7
tarix29.11.2023
ölçüsü35,43 Kb.
#142576
1   2   3   4   5   6   7
Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu Qadimgi dunyo iqtisodiy ta l-fayllar.org

«Artxashastra» ta’limoti.
Qadimgi Hindiston xo’jaligi, ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy fikrlarini o’rganishning asosiy manbai «Artxashastra» asari hisoblanadi (m.o. IV asr oxiri). Uni podsho Chandraguptaning maslaxatchisi Kautilya yozgan deb taxmin qilinadi. Bu mashhur asar 15 kitobdan iborat bo’lib, «artxa» so’zi – foyda, moddiy manfaat, «shastra» – ilm, ilmiy asar ma’nosini bildiradi.
Birinchi kitobda podshoning turmush tarzi to’g’risida ko’rsatmalar berilgan, ikkinchisi turli davlat idoralarining rahbarlari faoliyatiga bag’ishlangan, uchinchi va to’rtinchisida sud va jinoyatchilarni jazolash savollari ko’rib chiqilgan, so’ngra tashqi siyosat usullari to’g’risida, maxfiy xizmat to’g’risida, armiyani tashkil qilish va shu kabilar to’g’risida so’z yuritiladi.
«Artxashastra»ning eng boshidayoq podsho to’rtta «ilmni» bilishi zarurligi to’g’risida fikr yuritiladi. Ulardan biri iqtisodiyot hisoblanadi. «Iqtisodiyot» (ekonomika) dehqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida ko’riladi. Mamlakatda qishloq xo’jaligi, eng avvalo dehqonchilik asosiy soha hisoblangan. «Artxashastra»da aytilishicha, davlat yangi mintaqalarni tashkil etish va odamlarni u erlarga o’rnashtirish ishlarini amalga oshirishi kerak. Yangi ko’chib kelganlarga er soliq to’lash sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Dehqon, hunarmand mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun davlatning siyosati erni emas, balki odamlarni himoya qilishi kerak. «Davlatning kuchi, – deyiladi asarda, – odamlardan tashkil to’gan. Odam yashamaydigan er esa, naslsiz sigirga o’xshaydi – undan na sut sog’ib olib bo’ladi, na nasl».
«Artxashastra»da davlatning manfaatini ko’zlagan holda, xo’jalikni yaxshi tashkil qilishga alohida e’tibor beriladi. Kim o’z erini ishlatmasa yoki yomon ishlasa, uning erini tortib olish va yaxshi ishlaydigan xo’jayinlarga berish tavsiya etiladi.
Davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini ko’rib chiqishi lozim. Bahoning mavsumga qarab tebranib turishini bartaraf etish uchun, davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan tovar zahirasi bo’lishi kerak. Bu bilan tovarlar bahosi barqarorligini ta’minlashga erishiladi.
«Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda tutilgan. «Sug’orish sistemalarini qurish, – deyiladi unda, – hosilning manbai hisoblanadi...» Sug’orish tizimiga etkazilgan har qanday zarar uchun og’ir jazo, hatto o’limga mahkum etish tavsiya etiladi.
«Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini echishga katta ahamiyat beriladi. Davlatning daromadlari davlat xo’jaliklari foydasidan, turli soliq va boj to’lovlaridan tashkil topgan. Xarajatlar qismiga kelsak, davlat sanoatni, savdoni rivojlantirishga, jamoa ishlariga mablag’ ajratib kelgan. Davlat xo’jaligi va soliq tizimi bilan bog’liq bo’lgan moliya idoralarining to’g’ri ishlashi uchun, «Artxashastra»da aytilishicha, daromad va xarajatlarning qat’iy hisob-kitob hujjatlari olib borilishi zarur. Podsho xazinani o’g’irlovchi amaldorlarni bartaraf etishi kerak. Ammo bu erdagi o’g’irlikni aniqlash juda qiyin bo’lgan. «Artxashastra» xazina mulkini o’g’irlashning 40 xil usulini ko’rsatib beradi va ayyor amaldorning hiylasini bilishdan ko’ra, osmondagi qushning yo’lini aniqlash osonligini qayd qilib o’tadi. «Suvda suzib yurgan baliq, o’sha suvdan ichayaptimi, yo’qmi bilib bo’lmaganidek, ishga biriktirilgan amaldor mulkni o’zlashtirayaptimi, yo’qmi aniqlab bo’lmaydi», – deyiladi asarda. Shu bois suiiste’mol qilishning har xil usullarini o’rganib olmasdan avval, amaldorlarni tez-tez o’zgartirib turish tavsiya etiladi.
Iqtisodiy siyosat sohasida «Artxashastra», podshoni ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga, narx-navoni tartiblashga, davlat byudjeti aktiv balansini saqlashga – «daromadlarni ko’paytirish va xarajatlarni kamaytirishga» da’vat etadi. Qadimgi Hindistonning bu atoqli asari nafaqat ijtimoiy rivojlanishning ancha yuqori darajasini, balki Qadimgi Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham ko’rsatib berdi.



Yüklə 35,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə