Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu: Qadimgi dunyo iqtisodiy ta’limotlari Reja: 1


Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari



Yüklə 35,43 Kb.
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü35,43 Kb.
#142576
1   2   3   4   5   6   7
Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu Qadimgi dunyo iqtisodiy ta l-fayllar.org

2. Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari.
Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari. Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m.av. 551 – 479 y.) alohida o’rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy» («Suhbat va mulohaza») to’plamida aks ettirilgan. Uning fikricha, mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyligini ko’paytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, ikkinchisini ko’proq qo’llaydi. Bu erda u xususiy mulkni xo’jalik yuritishda ustun qo’yadi.

Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini ko’rsatib, aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, asosiy qismi qullardan iborat bo’lgan «oddiy» kishilar shug’ullanadi, deb qayd qilib o’tadi.


Konfutsiy ta’limotiga ko’ra, bilimdon hukmdor – u «xalqning otasi», va boylikni ancha tekis taqsimlashning kafolatidir1. Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomonidan jamiyat toifalarga ajratilgan, shu bilan birga u har bir odamni ma’naviy yuksalishga da’vat etgan, kattalarga bo’lgan hurmat qoidalari to’g’risida, farzandlik burchi to’g’risida, aka-ukalar o’rtasidagi do’stlik to’g’risida qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta’limotidan shu narsani ko’rish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda ustalik bilan xo’jalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo’ladi» deb ta’kidlangan.
Xitoyda miloddan oldingi IV–III asrlarda xitoylik mualliflar birgalikda yozgan asar «Guan-tszi» g’oyalari keng tarqalgan. Bu asarda ilgari surilgan ba’zi masalalar, garchi ular ziddiyatli bo’lsada, bugungi kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda oltin marvarid alohida boylik sifatida ko’rilmaydi; bunday boylik deb, eng avvalo, moddiy ne’matlar (tovar) e’tirof etiladi. Asarda ko’rsatilishicha, bir tomondan, «oltin davlat resurslarini hisoblash o’lchovi hisoblanadi», ikkinchi tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bo’lib xizmat qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi to’g’risida aniq fikr yuritiladi va qayerda nonning narxi tartiblanib turilsa, o’sha erda tinchlik, osoyishtalik bo’ladi, deb qayd etiladi. Iqtisodiyotni tartibga solib turish uchun, asar mualliflari davlatning don zaxiralarini tashkil etishni, er egalariga imtiyozli kredit berishni, temir va tuzga bo’lgan to’g’ri soliqlarni egri soliqlar bilan almashtirish, ya’ni ulardan foydalanib ishlab chiqariladigan tovarlarga bo’lgan soliqni kengaytirishni tavsiya etadilar. «Guan-Tszi» mualliflari «davlatni boy, xalqni mamnun» holda ko’rishni xohlaganlar. Asarda er va suvlarni davlat ixtiyoriga o’tkazish, ulardan daromad olish yo’lida foydalanish, baholarni tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham e’tiborga molik iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan.
Guan Tszining asarlari shuni ko’rsatadiki, vaqt va makondan o’tadigan taklif va talab g’oyalari umumiy xarakterga ega. Ular boshqa madaniyatlarga kiritilgan harbiy g’oyalar emas, balki hammasi institutsiya tuzumlarida ko’rinadigan haqiqatdir. Iqtisodiy g’oyalarning umumiy tuzimi umuminsoniydir. Lekin, masala siyosatga kelganida Guan Tszida ham aks ettirilgan fikrlar iqtisodiy zakovotlar institutsional tizimdan mustaqil tarzda bevosita siyosiy oqibatlarga ega emas. Institutsional tizim o’zgarganda siyosiy oqibatlar ham o’zgaradi. Guan Tszi faol tarzda siyosatni o’z zamonining institutsional tizimiga moslashtirish uchun bozor kuchlariga qarshi emas, balki bozor kuchlari bilan muvofiqlikda tuzumlashtirdi. Hozirda Xitoy muhim iqtisodiy islohotlar jarayonlarini boshidan kechirmoqda va G’arb iqtisodchilari uni qay tarzda tuzish va boshqarish bo’yicha fikrlar olish uchun murojat qilmoqdalar. Xitoy an’analariga ko’ra, Guan Tszini o’rganish G’arbiy hamkorlarning ortodoksal tahlilidan ko’ra Xitoy iqtisodiyotiga yuzlanish joiz.2



Yüklə 35,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə