Mundarija o‘quv materiallari


yilda O`zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sababli Nizomiy nomli TDPIda



Yüklə 138,79 Kb.
səhifə3/18
tarix25.12.2023
ölçüsü138,79 Kb.
#161485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mundarija o‘quv materiallari

1989 yilda O`zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sababli Nizomiy nomli TDPIda amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi. O`zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida M.G.Davletshin, E.G`.G`oziev, B.R.Qodirov, G`.B.Shoumarov, V.M.Karimova, Sh.R.Baratov,E.N.Sattarov, F.S.Ismagilova, Z.T.Nishanova, N.S.Safaev, F.I.Haydarov, S.X.Jalilova va boshqalar hissa qo`shganlar. 1998 yilda Sh.R.Baratov "Ta'lim tizimida va ishlab chiqarishda psixologik xizmatni tashkil etishning psixologik xususiyatlari" mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan.


2.Xozirgi bosqichda psixologik xizmat rivojlanishining dolzarbligi.
Binobarin, chet el ilg`or psixologiyasida psixologik xizmat metodologiyasi uchun muhim o`rin tutuvchi quyidagi yo`nalishlarga asos solindi:
1) Ch.Spirmen tomonidan "ikki omil" nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga muvofiq insonning har bir faoliyatida barcha faoliyatlar uchun umumiy bo`lgan (1-omil) va aynan mazkur faoliyatga mos bo`lgan (2-omil) barcha xususiyatlar o`zaro bog`liqlikda tadqiq qilinadi. Tadqiqotchi ushbu omillarning inson va faoliyat uyg`unligini ta'minlash uchun zarur bo`lgan psixologik mohiyati va mazmunini ochib beradi.
2) L.Terstoun, Dj.Gilford tomonidan yaratilgan "Multifaktor" nazariyasiga binoan birlamchi aqliy qobiliyatlar (idrok tezligi, xotira assotsiatsiyalari va hokazo) ning har bir individdagi tarkib topganlik ko`lami tadqiq qilindi va shu asosda har bir shaxs faoliyatiga alohida yondashuvni taqozo etuvchi psixologik xizmatning metodologik tamoyillari ishlab chiqildi. Umuman, psixologiyada individual farqlanishning 56 xil yo`nalishidagi tipi ma'lum va mashhur. Masalan, ob'ektiv va sub'ektiv tip (dastavval, A.Bine tajribalarida qayd etilgan) fikrlovchi faol tip (A.M.Djordantu bo`yicha), ratsionalistlar va empiriklar (U.Djems tadqiqotlari bo`yicha) "chuqur-tor" va "mayda-keng" tip, (G.Gross ma'lumotlari bo`yicha), nazariy, iqtisodiy, estetik, ijtimoiy, siyosiy, diniy tiplar (E.Shpranger tadqiqotlari bo`yicha); shizotimik va tsiklotimik tiplar (E.Krechmer tadqiqotlari bo`yicha); visserotonik, somatomik, serebrotonik tiplar (U.Sheldon bo`yicha); ekstrovert va introvert tiplar (K.T.Yung va G.Yu.Ayzenk ma'lumotlari bo`yicha) haqidagi empirik ma'lumotlarning qayd etilishi, shular jumlasidandir.
Shunday qilib, psixologik xizmatning metodologik asoslari sifatida talqin qilingan mazkur fikr-mulohazalar ijtimoiy psixologiya fanining quyidagi amaliy-tatbiqiy yo`nalishlariga bugungi kunning eng dolzarb muammolari sifatida qarashni taqozo etadi:

Xuddi ana shu yo`nalishlar O`zbekistonda psixologik xizmatning bugungi holati va o`ziga xos istiqbollariga baho berishda ma'lum nazariy hamda metodologik manba sifatida xizmat qiladi.



Yüklə 138,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə