Mundarija o‘quv materiallari


Amaliy psixolog faoliyatida rejalashtirish va uning turlari. Psixolog ishi siklogrammasi



Yüklə 138,79 Kb.
səhifə14/18
tarix25.12.2023
ölçüsü138,79 Kb.
#161485
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Mundarija o‘quv materiallari

2.Amaliy psixolog faoliyatida rejalashtirish va uning turlari. Psixolog ishi siklogrammasi.
Psixologlar maktabga kelgach, ular boshdan kechiradigan muammolar va qiyinchiliklar yanada chuqurlashadi, chunki maktab psixologga o‘z talablarini
qo‘ya boshlaydi. Ilgari agar psixolog qanday vazifalarni bajarishni bilmasalar, hozirda vaziyat tubdan o‘zgardi. Psixolog kasbi mashhur va obro‘li kasblardan biri bo‘lib qoldi, u haqida maktabda hamma biladi va psixologdan ko‘p narsa kutadi. Maktab amaliy psixologga qanday talablar qo‘yadi va undan nimalarni kutishi haqida to‘xtalib o‘taylik. Maktab sehrgar - psixologni kutadi. O‘qituvchilar va ma’muriyat psixolog maktabga kelishi bilan hamma
narsa yaxshi bo‘lib qoladi deb o‘ylaydilar: o‘quvchilar qiziqib o‘qiy boshlaydilar, dars qoldirishni to‘xtatadilar, o‘qituvchilarni haqorat qilish va tanaffuslarda chiqishni to‘xtatadilar, deb o‘ylaydilar. O‘qituvchilar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Maktabdagi nizolar, har qanday noma’qulchiliklar yo‘qoladi. Ma’muriyat pedagogik jamoa bilan iliq munosabatlar o‘rnatadilar. Ota - onalar bo‘lsa, maktab va xususan, o‘qituvchilardan minnatdor bo‘ladi. Maktab psixologni «kuchli vazirlikning vakili» sifatida kutadi. Psixolog maktabga kelgach, o‘qituvchilar va ota - onalar butun sinfni buzayotgan to‘polonchi o‘quvchilar bilan, doimo norozi bo‘lib yuqori tashkilotlarga shikoyat qiladigan ota- onalar bilan, bolalarga nisbatan salbiy agressiv munosabatda bo‘ladigan o‘qituvchilar bilan, hech kimni tan olishni istamaydigan, uning dastidan barcha iqtidorli o‘qituvchilar maktabdan ketayotgan avtoritar direktor bilan shug‘ullaning, «nimadir qiling» deb murojaat qila boshlaydilar.
Maktab psixologni sudya sifatida kutadi Bu «psixolog kelgach nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘riligini kim aybdor, kim aybdor emasligini aytadi», degan fikrlarda ifodalanadi. Bunday vaziyatlarda psixologga turli iltimos va imkoniyatlar tushadi: aqlan orqada qolgan bolalar ro‘yxatini berib, ularni tekshirib, boshqa maktabga o‘tkazishni so‘rashadi: o‘qituvchilar nizoli guruhlarining peshqadamlari murojaat qilib, o‘zlari tomonga og‘dirmoqchi bo‘ladilar: psixologga direktor ham o‘zining «o‘ng qo‘li» qilish maqsadida yaqinlashadi: psixologga farzandlarini xafa qilgan o‘qituvchilar ustidan shikoyat qilib ota-onalar murojaat qiladilar.
Maktab psixologni gigiyenani saqlaydigan mutaxassis sifatida kutadi. Maktab psixologi barcha muammolarni «tugatib», ularni ham tuzatishini kutadi. Bunday hollarda asosan psixologga o‘quv tarbiya jarayonining mazmunini qayta o‘zgartirish haqida g‘oyalari mavjud pedagoglar ham murojaat qiladilar. Ular talim tarbiyaning turli innovatsion konsepsiyalari bilan tanishlar, maktab ma’muriyati ularni qo‘llab - quvvatlashmagan. Psixolog oldida bu kabi muammolarda «nima qilish kerak?» degan doimiy savol turadi. Maktabda o‘z o‘rnini qanday topish mumkin? qanday qilib kasbiy obro‘ga erishish mumkin, qanday qilib psixologlar maktabga kerakligini isbotlash, shaxsiy faoliyatda ko‘rsatish mumkin? Shunday qilib, psixologning o‘z kasbidagi mahorati, ishni boshlashda va keyin davom ettirishda eng asosiy muammo hisoblanadi. Psixologning maktabdagi faoliyatining muvaffaqiyati shaxsiy va kasbiy o‘zini aniqlashiga bog‘liq: kasbiy yordamning mahsuldorligi maktabda kasbiy obro‘ga ega bo‘lishga hamda o‘zining maktabga,o‘qituvchilarga, bolalarga, ota-onalarga kerakli ekanligini his qilishga bog‘liq. Amaliy psixologning shaxsiy va kasbiy o‘zini aniqlash yillar davomida hayotiy va kasbiy tajribaning to‘planishi, o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rish, ichki yetuklik bilan, yutuqlar bilan quvonish, xato va kamchiliklardan o‘kinish hissi bilan amalga oshadi.«Psixologiya qirq yoshlilarning kasbi!» - deb bejiz aytishmaydi. Maktab psixologlari xulq-atvorining turli usullarini taqqoslab, psixologlar namoyon qiladigan 8 xil xulq-atvor usullarini yoki ijtimoiy
rollarni tavsiflash mumkin. Psixolog vositachi maktabda neytral holatni egallashga harakat qiladi. U o‘z vazifasini urishib qolgan va nizolashayotganlarini yarashtirish, o‘qituvchiga o‘quvchisi nima uchun yomon o‘qishi yoki dars qoldirishining obyektiv va sube’ktiv sabablarini tushuntirishga harakat qiladi: ota-onalarga o‘qituvchilar bilan gaplashishni yoki direktor ta’sir ko‘rsatishini va’da beradi. Murakkab vaziyatdagi har qanday holatda u vositachi uchinchi shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Agar maktab hayoti kuchli nizoli muhitdan iborat bo‘lsa, psixologning vositachi rolini bajarishi mahsuldor bo‘ladi. Maktab psixologining vositachilik yarashtiruvchilik funksiyasini bajarishda «barchasi yaxshi», qabilida bo‘lmasdan vositachilik
texnikalarining madaniyatli usullarini qo‘llash yagona talab hisoblanadi.

Yüklə 138,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə