Mundarija o‘quv materiallari


Prixoprofilaktika talablari va vazifalari



Yüklə 138,79 Kb.
səhifə18/18
tarix25.12.2023
ölçüsü138,79 Kb.
#161485
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Mundarija o‘quv materiallari

2.Prixoprofilaktika talablari va vazifalari.
Psixoprofilaktikada uch bosqich ajratib ko‘rsatiladi.
Birinchi bosqich dastlabki profilaktika deb ataladi. Bu bosqichda psixolog sog‘lom bolalar bilan ishlaydi yoki maktabdagi barcha o‘quvchilarni qamrab oladi. Ko‘pchilik mualliflaming ta’kidlashicha, maktab ruhiy sog‘liq profilaktikasi uchun qulay hisoblanadi. Ular maktab psixologlarini dastlabki profilaktikani o‘tkazadigan mutaxassislar deb tan oladilar.
Ikkinchi bosqich profilaktika m uam m olari mavjud bolalarga qaratiladi. Uning maqsadi — bolaning o‘qishi va xulq-atvoridagi qiyinchiliklami iloji boric ha ertaroq aniqlab, ularni yo‘qotishdan iboratdir.
Uchinchi bosqich. Psixolog o‘qishdagi va xulq-atvordagi yaqqol ko‘rinib turadigan muammolari bor bolalarga o‘z diqqatini qaratadi. Profilaktikaning dastlabki maqsadi — jiddiy psixologik qiyinchiliklami va muammolami yo‘qotish va tuzatishdan iborat. Psixolog bola bilan alohida ishlaydi. Maktab psixologining asosiy kuchi uchinchi bosqichga, ya’ni «tarbiyasi qiyin» bolalarga qaratiladi va o‘quvchilaming asosiy qismi psixolog e’tiboridan chetda qolib ketadi.
Hozirgi Amerika psixologlari maktablardagi psixologik xizmatni ruhiy sog‘liq xizmati sifatida faoliyat ko‘rsatishning tarafdori bo‘lib chiqmoqdalar. Psixoprofilaktika amaliyotchi psixolog faoliyatining maxsus turi bo‘lib, maktabdagi barcha o‘quvchilar uchun shart-sharoitlami yaratishdan iborat. Shunday qilib, psixolog profilaktik ishining asosiy vazifalari quyidagilar.
1. Har bir yosh bosqichida insonning shaxs sifatida shakllanishi, aqlan barkamollikni ta’minlashning oqilona shartsharoitlarini yaratish;
2. Shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo‘sag‘asida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik nuqson va muammolami o‘z vaqtida oldini olish hisoblanadi.
3.Ta’lim muassasasi psixologining psixoprofilaktik faoliyati samaradorligi kursatkichlari va shartlari.
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarga individual yondashuv zarurligi hamma tomonidan tan olingan, lekin undan amalda kam foydalaniladi. Bunga maktabda o‘qituvchilaming bola haqida ko'p gapirishlari dalil bo‘ladi. Chunki maktabda o‘quvchining qobiliyatlari, shaxsning asosiy xislatlari haqida
chuqur va har tomonlama ma’lumot beradigan mutaxassis yo‘q. Ta’lim-tarbiyadagi individual yondashuv, bolani boshqalardan ajratib alohida o‘qitishni bildirmaydi, balki shaxsning u yoki bu xislatlarining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish, har bir o‘quvchining individual psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda tushunishni anglatadi.
Psixologiyada shaxsning individual xususiyatlari deganda bir shaxsni ikkinchi shaxsdan farqlaydigan xususiyatlar tushuniladi. Individual yondashuvning vazifasi — rivojlanishning individual usullarini aniqlash, bolaning imkoniyatlarini har bir shaxsning faolligini ta’minlashdan iborat. Bu nuqtayi nazardan olganda individual yondashuv faqatgina «tarbiyasi qiyin» bolalarga emas, barcha o‘quvchilarga ham zarurligi tushunarli bo‘ladi. Kollej psixologlari bu usulni u yoki bu shaklda qo‘llaydilar, chunki bu ko‘zga tashlanib turgan qiyinchiliklar bilan birgalikda, bola shaxsiy taraqqiyotining ba’zi yashirin nuqsonlarini ham topishga yordam beradi.
Bunday diagnostik ishning asosiy maqsadi — o‘quvchi psixik taraqqiyotining umumiy holatini bilishdan iborat. Bunday ko‘p qirrali va to‘liq tashxis natijalari psixolog uchun ham, ota-onalar, o‘qituvchilar uchun ham «tarbiyasi qiyin» bola bilan olib boriladigan tuzatish va rivojlantirish ishlarining
yo‘llarini aniqlash imkonini beradi. Bu usul yutuqlar bilan birga kamchiliklarga ham ega.


Yüklə 138,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə