Mundarija kirish Asosiy qism: I. Bob. Yorug`lik dispersiyasi


Fabri-Pero interferometri



Yüklə 162,1 Kb.
səhifə8/11
tarix30.12.2023
ölçüsü162,1 Kb.
#165293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Abdug`ulomov Sardor

Fabri-Pero interferometri
Fabri-Pero interferometri ko’p nurli interferometrlar turiga kiradi. Fabri-Pero interferometri ko’proq spektral chiziq konturini tekshirish uchun ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda to’lqin uzunligining ma’lum oblastida yorug’likni utkazuvchi interferension filtrlar keng ishlatiladi. Bu filtrlar Fabri-Pero interferometrining ishlash prinsipiga asoslangan. Interferensiyaning ikki qo’shni tartiblarining ustma-ust tushmasligi uchun interferometr tomonidan tekshirilayotgan struktura kengligi ikkita qo’shni maksimumlar orasidagi masofadan oshmasligi, ya’ni quyidagi shart bajarilishi kerak.

Eng katta ehtimolli interferensiya tartibi bo’lganligi uchun . Bu yerdan plastinkalar orasidagi chegaraviy masofa bo’ladi. bilan aniqlanadigan to’lqin uzunliklarining intervali interferometrning erkin dispersiya oblasti deyiladi.  = 0,5 sm, λ = 5.10-5 sm bo’lganda ∆λ=0,25 bo’ladi. -ning oshishi bilan erkin dispersiya oblasti kamayadi. Mana shuning uchun ham Fabri-Pero interferometri ko’proq spektral chiziqlarni tekshirish uchun ishlatiladi. Bu interferometrning tuzilishi bilan batafsilroq tanishaylik. Bu asbob odatda havo qatlamli yassi-parallel plastinkadan iborat. Bu plastinka yaxshilab silliqlangan va jilolangan shisha yoki kvars plastinkalarning ikkita yassi sirti orasida hosil bo’ladi; shisha yoki kvars plastinkalarning bir-biriga qaragan sirtlari qat’iy parallel bo’ladigan qilib o’rnatiladi (2.13-rasm). Tashqi sirtlar odatda ichkilari bilan biror burchak hosil qiladi, bunday qilinganda tashqi sirtlardan qaytgan yorug’lik shu’lasi (blik) asosiy manzarani kuzatishga halaqit bermaydi. Sirtlarni birbiridan ma’lum masofada parallel o’rnatish uchun plastinkalar orasiga invardan yasalgan halqa qo’yiladi. Bu halqaning ikkala tomonida uchtadan chizig’i bo’lib, bularga plastinkalar uchta prujina bilan qisib qo’yiladi. Chiziqlar ko’zgular bir-biriga parallel turadigan qilib silliqlab ishlangan. Bir oz parallel bo’lmay qolganda tegishli prujinani bosish bilan ko’zgular parallel holatga keltiriladi.
Xulosa
Kurs ishimda yorug’lik bilan yuz beradigan jarayonlardan biri interfernetsiya hodisasi nazariy o’rganildi. Yorug’likning yaratilish tarixi, uning tarkibiy tuzilishi, interferensiya tabiati, kogerentlik o’rganildi. Tuzilishini va Interferometrlar tuzilishini va ishlashini Jamen, Fabri-Pero interferometrlari misolida o’rganildi. Interferensiyadan amalda foydalanish ya’ni sirtni yuqori qaytarish qobiliyati va lazer nurlarida rezanatorlar hosil qilishda ishlatilishi o’rganildi.
Interferensiya yorug’likni to’lqin tabiatini namoyon bo’lishining bir isbotidir. Interferensiya so’zi lotin tilida interfere - "xalaqit bermoq" degan ma’noni anglatadi. Bu juda qiziq va chiroyli manzara maʼlum shartlar bajarilganda, ikkita yoki bir nechta to’lqinlarning qo’shilishi natijasida kuzatiladi. Ikki yorug’lik to’lqini qo’shilib, bir-birini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Natijada ekranda markazi bir nuqtada yotuvchi yorug’ va qorong’i halqalar navbat bilan joylashadi. Bular interferension maksimum va minimum deb yuritiladi. Interferensiya hodisasini biz kundalik hayotimizda juda ko’p kuzatganmiz. Masalan, suv betiga to’kilgan neft maxsulotlarining har xil rangda tovlanishi, kapalaklar qanotining tovlanishi, Havoga uchirilgan sovun pufagi atrofdagi narsalarga xos bo’lgan barcha ranglar bilan tovlanadi. Sovun pufagini tabiatning eng ajoyib, eng nozik mo’jizasi desa bo’ladi deb ta’riflangan edi Mark Tven.
Yorug’lik nurlarini interferensiyasini kuzatish uchun kogerent yorug’lik dastalarini hosil qilish kerak. Kogerent yorug’lik manbai olishning eng mumtoz usullaridan biri yuqorida bayon etilgan Yung usulidir. Interferensiya hodisasiga asoslanib ishlaydigan qurilmalarga interferometrlar deyiladi. Interferometrlar ishlash prinsipi va tuzilishiga asosan ikki nurli va ko’p nurli interferometrlarga bo’linadi. Ikki nurli interferometrlarga Jamen va Maykelson interferometrlari, ko’p nurli interferometrlarga Fabri-Pero interferometrlari misol bo’la oladi.
Fabri-Pero interferometri ko’p nurli interferometrlar turiga kiradi. FabriPero interferometri ko’proq spektral chiziq konturini tekshirish uchun ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda to’lqin uzunligining ma’lum oblastida yorug’likni utkazuvchi interferension filtrlar keng ishlatiladi. Bu filtrlar Fabri-Pero interferometrining ishlash prinsipiga asoslangan. Interferensiyaning ikki qo’shni tartiblarining ustma-ust tushmasligi uchun interferometr tomonidan tekshirilayotgan struktura kengligi ikkita qo’shni maksimumlar orasidagi masofadan oshmasligi, ya’ni quyidagi shart bajarilishi kerak.
Elektromagnit to’lqin nurlanishi atomlar tebranishi bilan bog’liq bo’lib, bu tebranishlar garmonik emas va har bir tebranish (≤10 sek) vaqt oralig’ida amalga oshadi. Bir atomning va turli atomlarning bir vaqtdagi tebranishlari mustaqil ravishda amalga oshganligi uchun ular o’zaro faza bo’yicha bog’liq bo’lmasdan turli fazalarga ega bo’ladi, qo’shilish natijasi vaqtga bog’liq bo’ladi. Yorug’lik intensivligining o’zgarish chastotasi juda katta (10 Gs) bo’lganligi tufayli bevosita ko’z yordamida bunday tez o’zgarishlarni kuzatish mumkin emas. Mana shuning uchun ham fazalar farqini vaqt bo’yicha o’rtacha qiymatini olish lozim. Interferensiya kogerent tebranishlarni qo’shilishi tufayli hosil bo’ladi. Agar bu tebranishlar bitta manbaga tegishli bo’lsa, tebranishlarning ham fazalari o’zgarishi mumkin, lekin bo’larni fazalar farqi doimiy bo’ladi. Bunday holda superpozitsiya prinsipi amalga oshadi va turg’un interferension manzara kuzatiladi. Kogerent bo’lmagan tebranishlar qo’shilganda tebranishlar fazalarining farqi vaqtning funksiyasi bo’ladi.


Yüklə 162,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə