Mundarija: I – bob. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish


Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 139 Kb.
səhifə5/14
tarix09.03.2023
ölçüsü139 Kb.
#102170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Mundarija I – bob. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish (1)

Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari

Metod aslida yunoncha ,,metodos“ so'zidan olingan bo‘lib, „bilish va tadqiqot yo‘li“, „nazariya“, „ta’limot“ kabi ma’nolari bildiradi2. Metodika (yurt, „methodike") biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish m etodlarining, usullarining yig'indisi yoki o ‘qitish usullari haqidagi ta ’limot3 — ta ’lim berish m etodlari, yo'llari va vositalari haqidagi fandir.
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish yo'llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o'qish va yozishni, grammatika va imloni o'zlashtirib olish to'g'risidagi ilmdir. Metodika maktab oldiga qo'yilgan ta ’lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tilini o'rgatishning vazifalarini va m azm unini belgilaydi, ta’lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta’lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi.
Metodika fani quyidagi masalalarni o'rganadi:
1. O'qitishning vazifalari va mazm unini aniqlaydi. Nimani o'qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang'ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta ’lim mazmunini belgilab beradi, o'quvchilar uchun darsliklar va qo'llanm alar yaratib, ularni takomillashtirib, sam aradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib boradi.
2. O'qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o'quvchilar amaliy ishlari - mashqlar va yozma ishlaming izchil tizimini ishlab chiqadi, ya’ni „Qanday o'qitish kerak?" savoliga javob tayyorlab beradi.
3. O'quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko'nikm a hosil qilishda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya’ni „ Nega xuddi mana shunday o'qitish kerak?“ savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni, m etodlarni o'rganadi, tanlangan m etodlarni asoslaydi, tavsiyalarni eksperimental tekshiradi.
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o'qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo'lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang'ich sinf o'quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o'rgatadi. Shu bilan birga, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasining o'ziga xos xususiyatlari mavjud.
Boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitish grammatika, imlo va unga bog'liq holda nutq o'stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o'rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o'qish metodikalarini ham o'z ichiga oladi.
Shulardan kelib chiqib, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) boshlang'ich sinflarda ona tili kursining m azm uni, hajmi va mavjud tizimini, ya’ni kursning (xat-savod o'rgatish, o'qish, grammatika, imlo, nutq o'stirish va h.k.) dasturini belgilash va asoslash;
b) o'qish va yozuvdan bilim va ko'nikmalarning shakllanishi jarayonini ham da bu jarayonda o'quvchilar duch keladigan qiyinchiiiklarni o'rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to'g'rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish;
d) ona tilidan beriladigan o'quv materialini o'quvchilar aniq tushunishi va puxta o'zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o'quvchilam ing umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o'ylashini, nutqini o'stirishga yordam beradigan m etod va vositalarni ishlab chiqish;
e) ona tilini o'rgatish bilan bog'liq holda maktablar oldiga qo'yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o'quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish.
Ona tili o'qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini aniqlaydi, o'qishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklam i bartaraf etish usullarini topadi. Ona tili metodikasi ta ’lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini o'qitishning izchillik va uzlnksizligini ta’minlaydi.
Maktabgacha tarbiya muassasasida, asosan, bolalaming nutqini o'stirish nazarda tutiladi. Boshlang'ich sinfda o'quvchilar nutqini o'stirishdan tashqari, ona tilidan elem entar nazariy tushunchalarni amaliy o'zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:
1. Savod o‘rgatish metodikasi, ya’ni elem entar o'qish va yozishga o'rgatish. Bolalarga savod o'rgatish pedagogika fanidagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy masalalardan hisoblanadi. Chunki xalqning savodxonligi mustaqillik uchun, siyosiy onglilik uchun, m adaniyat uchun kurash qurolidir.
2. O‘qish metodikasi. Boshlang'ich sinflarda o'qish predm etining vazifasi bolalarni to 'g 'ri, tez (m e’yorida), ongli va ifodali o'qish m alakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
3. Grammatika, fonetika, so'z yasalishini o'rganish metodikasi. Bu bo'lim elem entar to 'g 'ri yozuvga va husnixatga o'rgatishni, gram m atik tushunchalar, boshlang'ich imlo malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
4. Nutq o‘stirish metodikasi. Bu bo'lim boshlang'ich sinflarda alohida o'rin tutadi. Bolalar birinchi navbatda tilni, nutqni o'quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o'ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o'zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik shakli bilan ham og'zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni ham egallaydilar.
Metodika bolalar nutqini boyitishi, sintaktik va bog'lanishli nutqini o'stirishni ham ta ’minlashi kerak. Shuni aytib o'tish kerakki, bog'lanishli nutq maktablarda alohida bo'lim sifatida o'rganilm aydi, u til fanining boshqa bo'limlari bilan bog'langan holda shakllantiriladi. Ona tili o‘qitish metodikasi fanining metodologik va ilmiy asoslari. Ona tili o'qitish metodikasining metodologik asosi borliqni bilish nazariyasidir. Bu fanning bosh vazifasi o'quvchilam ing o'zbek tili lug'at boyligini to'liq o'zlashtirib olishlarini ta ’minlashdir. Ma’lumki, jam iyatda til kishilar o'rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir.
Tilning aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib boradi. Til borliqni oqilona, m antiqiy bilish vositasidir. Til birliklari yordam idagina bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani m uhokam a va xulosa bilan bog'lash amalga oshadi.
Til va nutq tafakkur bilan uzviy bog'lanadi. Tilni egallash va nutq o'stirish bilan o'quvchining fikrlash qobiliyati ham o‘sib boradi. M aktabning vazifasi tilni kishilar orasidagi m unosabatning rivojlangan nozik quroliga aylantirish hisoblanadi. Metodik fan sifatida ona tili o'qitish metodikasi boshlang'ich ta’lim standard belgilab bergan vazifalarni amalga oshiradi, ya’ni tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o ‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a ’zolari bilan erkin m uloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga oid m etod va usullami ishlab chiqadi.
Bilish nazariyasiga ko‘ra analitik-sintetik ishlar yordamida til ustida kuzatishdan um umiy xulosa chiqarishga, nazariy ta’rif va qoidaga, shular asosida yana og‘zaki va yozma tarzdagi nutqiy aloqaga, to‘g‘ri yozuv va to ‘g‘ri talaffuzga o ‘tiladi.
O'quvchilar jonli nutqiy aloqaga to ‘g‘ri talaffuz va to ‘g‘ri yozuvni elem entar nazariy m a’lum otlar asosida amaliy egallash orqali kirishadilar. Ular til materiallarini kuzatish, tahlil qilish orqali elem entar nazariy qoidalar chiqaradilar, o'rgangan va o'zlashtirilgan nazariy qoidalarni amaliyotga ongli ravishda tatbiq etadilar. Maktabda ona tili o'qitish metodikasining bunday yo'nalishi haqiqatni bilish qonuniyatlariga ham , hozirgi zamon didaktikasi vazifalariga ham mos keladi.
“Ta’lim to ‘g'risida”gi qonunda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari belgilab berildi:
— ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
— ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
— umumiy o'rta, shuningdek, o'rta maxsus kasb-hunar ta’lim ining majburiyligi;
— o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo'nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
— ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
— davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
— ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
— bilimli bo'lishni va iste’dodni rag'batlantirish;
— ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'unlashtirish4.
Ona tili o'qitish metodikasi psixologiya va pedagogika m a’lum otlariga ham tayanadi. Metodikaning masalalarini hal etishda pedagogik iimlar ham yordam beradi. Shuning uchun ham psixologiya va pedagogika fanlari ham metodikaning metodologik asosi hisoblanadi. Pedagogik psixologiya kishiga ta ’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o'rganishni o ‘z predmeti deb biladi.
U o'quvchilarda tafakkurning shakllanishini tadqiq qiladi, aqliy faoliyat usullari va ko'nikmalarini o'zlashtirish jarayonini boshqarish m asalalarini o'rganadi, o'qitish jarayonini amalga oshirishga, pedagog bilan o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga va o'quvchilar jam oasidagi munosabatlarga ta’sir qiluvchi psixologik omillarni, o'quvchilardagi individual-psixologik farqlarni, aqliy rivojlanishdan orqada qoluvchi bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi. Bu bilan pedagogik psixologiya m etodika faniga o'quv materialini tanlashda, boshlang'ich sinflarda ona tilining m azm uni va hajmini, o'quv materialini aniqlashda hamda ularni sinflar bo'yicha taqsimlashni muayyan izchillikda joylashtirishda yordam beradi. O'qitishning samarali usul va shakllarini belgilashga, o'quvchilar analitik-sintetik faoliyatining to'g'ri o'sishiga ko'maklashadi.
Metodika psixologiya fani m a’lumotlariga tayanib o'qitishda o'quvchilam ing yosh va individual xususiyatlarini hisobga olib yondashish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ona tili o'qitish metodikasi psixolingvistika fani bilan ham uzviy bog'liqdir.
Psixolingvistika metodikaga nutq haqida — fikrni bayon qilish turlarini belgilovchi omillar, “nutqni qabul qilish signallari” apparati, individual m unosabatga va ommaviy aloqaga nutqiy ta’sirning foydasi haqida ma’lumot beradi. Bu ma’lumotlar metodik masalalarni hal qilish uchun, ayniqsa, bog'lanishli nutqni o'stirish metodikasi uchun juda muhimdir.
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi didaktika bilan, ya’ni ta’limning umumiy nazariyasi bilan ham bog'lanadi. Metodika didaktika belgilab bergan qonuniyatlar, qoida va tamoyillarga asoslanadi. Didaktika tamoyillariga, ya’ni o'rganiladigan materialning ilmiyligi va muvofiqligi, til va materialni o'rgatish va mustahkamlashda ko'rgazmalilik, onglilik, bilim, ko'nikma va malakaning puxtaligi, doimiy takrorlash, o'quvchilar bilish faoliyatining faolligi, mustaqillik, o'qitishni hayot bilan, bolalaming qiziqishlari bilan bog'lab olib borishga rioya qilish maktabda o'qitiladigan barcha predm etlardan, shu jum ladan, ona tilidan ham o'qish jarayonini tashkil qilishda juda zarurdir.
Ona tili metodikasi umumiy pedagogika bilan ham o'zaro b o g '­ lanadi. Maktab ta ’limidagi har bir o ‘quv predmeti, shu jum ladan ona tili ham, faqat bilim berish, ko'nikm a va malaka hosil qilish bilangina cheklanmay, bolaning ongini oshirishi va tarbiyalashi ham zarur. Haqiqatan ham, ona tili o'qitish jarayonida bolalaming dunyoqarashi shakllanadi, bilish qobiliyatlari o'sadi, ular aqliy, axloqiy, estetik tom ondan rivojlanadi, xarakterida m a’lum ijobiy xususiyatlar yuzaga keladi, m ehnat qilishga o'rganadi va hokazo. Pedagogika fani bolalarni har tom onlam a rivojlantirish va ularni tarbiyalash masalalarini ilmiy tom ondan ishlab beradi.


Yüklə 139 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə