Mundarija: I – bob. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish


Ona tili - boshlang'ich sinflarda o'quv predmeti sifatida



Yüklə 139 Kb.
səhifə4/14
tarix09.03.2023
ölçüsü139 Kb.
#102170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Mundarija I – bob. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish (1)

Ona tili - boshlang'ich sinflarda o'quv predmeti sifatida

Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his-kechinm alarni ifodalashda muhim o'rin tutadi. Til jam iyat a’zolarining bir-biri bilan o'zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta ’sirchan ifodalanadi. Demak, kishilaming o'zaro munosabati, his-tuyg'ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlashadi. Maktabda ona tilini chuqur o'rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.
K.D.Ushinskiy boshlang'ich maktab o'quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. „Ajoyib o'qituvchi bo'lgan ona tili bolaga ko'p narsani o'rgatadi... Bola ikki-uch yil ichida shuncha ko'p narsa o'rganadiki, ko'p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan metodik jihatdan juda to'g'ri o'qiganda ham uning yarmicha o'rgana olmaydi. Ona tilining ulug' pedagogligi ham ana shundadir"1, — deydi u.
Shuning uchun ham boshlang'ich sinflarda ona tilini o'rganishga katta ahamiyat beriladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ona tili darslarida ongli o'qish va savodli yozishga o'rganadilar, og'zaki va yozma nutqning qonun-qoidalarini egallaydilar. O na tili sohasidagi ko'nikm a-m alakalar (nutq, o'qish va yozishga oid malakalar) o'quvchilam ing o'quv m ehnatining zaruriy sharti va vositasidir. O'quvchi o'qish ko'nikm alarini egallash bilan bir qatorda, birinchi navbatda, o'zining ona tilini o'rganishi zarur, chunki ona tili bilimdonlikning, aql-idrokning kalitidir.
Ona tili boshqa fanlami o'qitish vositasi hamdir: jam iyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordam ida o'rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg'otishda ham alohida o'rin tutadi. Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o'qigan bola o'zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala madaniyatini egallaydi. Ona tili boshlang'ich sinflarda asosiy o'rinni egallar ekan, har bir o'quvchida ona tiliga qiziqish va m uhabbatni tarbiyalab borish zarur.
Boshlang'ich sinflarda ona tili mashg'ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. O'qish, yozuv, grammatik materialni o'rganish, kuzatishlar hamda o'quvchilam ing ijtimoiy faoliyatlari bilan bog'liq holda, ularning og'zaki va yozma nutqini o'stirish.
2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o'rgatish, ya’ni ularni elem entar o'qish va yozishga o'rgatish, bu ko'nikm alarni malakaga aylantirish.
3. Adabiy til m e’yorlarini, ya’ni imloviy va tinish belgilariga rioya qilingan savodli yozuvni, to 'g 'ri talaffuzni o'rganish, nutq va uslubiy elem entlarni egallash.
4. Gramm atika, fonetika, leksikologiyadan nazariy m ateriallarni o'rganish, tildan ilmiy tushunchalarini shakllantirish.
5. O'quvchilarni o'qish va gram m atika darslari orqali badiiy, ilmiyom mabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda badiiy asarni idrok etish ko'nikmasini hosil qilish.
Bu vazifalarning hammasini boshlang'ich sinflarda ona tili predmeti hal etadi va ular ona tili dasturida aks etadi. Dastur davlat hujjati bo'lib, unda o'quv predmetining mazmuni va hajmi, shuningdek, shu predmetdan bilim, ko'nikm a va m alakalar darajasiga qo'yilgan asosiy talablar belgilangan bo'ladi. O'qituvchi va o'quvchilar dastur talablari asosida ish olib boradilar.
Boshlang'ich sinflarnig ona tili dasturi ikki qismdan iborat:
1. Tushuntirish xati.
2. Asosiy qism.
Tushuntirish xatida ona tili predm etining tutgan o'rni, lining vazifalari ko'rsatilib, metodik yo‘l-yo‘riqlar beriladi.
Dasturning asosiy qismi quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:
1. Savod о‘rgatish va nutq о 'stirish.
2. Sinfda, sinfdan tashqari о 'qish va nutq о ‘stirish.
3. fonetika, grammatika, imlo va nutq o'stirish.
Ularda o'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilimlar mazmuni va ularning bilim, ko'nikmalariga qo'yilgan talablar ko'rsatiladi: Har bir bo'lim bir necha qismlardan iborat. Masalan, “Sinfda, sinfdan tashqari o'qish va nutq o'stirish” bo'limi “Sinfda o'qish”, “Sinfdan tashqari o'qish”, “O'qish mavzulari”, “O'qish ko'nikmalari”, “Matn ustida ishlash” kabi qismlarni o'z ichiga oladi.



    1. Yüklə 139 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə