Mundarija: I – bob. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish


Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarining turlari va ularga qo’yiladigan talablar



Yüklə 139 Kb.
səhifə9/14
tarix09.03.2023
ölçüsü139 Kb.
#102170
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Mundarija I – bob. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish (1)

2.4. Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarining turlari va ularga qo’yiladigan talablar
Maktabda dars o’quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Dars ta’lim-tarbiyani amalga oshirishning eng qulay va eng zarur omilidir.
Darsga qo’yiladigan umumiy talablar quyidagilar:

  1. Ta’limiy talab. Har bir dars o’quvchiga qandaydir bilim berishi lozim. Har bir darsning asosiy maqsadi ham shu.

  2. Tarbiyaviy talab. Bu har jihatdan komil shaxsni tarbiyalash demakdir.

  3. Didaktik talablar. Bu o’qituvchiga darsni to’g’ri tashkil qilish: dars maqsadiarim, turini to’g’ri belgilash, darsdagi u yoki bu materialni o'quvchilarga yetkazib berish usullarini to’g’ri tanlash, o’quvchilar bilimini tekshirish va baholash shakllarini aniqlab olish demakdir.

  4. Psixologik talablar. Bu talab shuni nazarda tutadiki, o'qituvchi o’z o’quvchilarining xarakter-xususiyatini qanchalik darajada yaxshi bilishi juda katta ahamiyatga ega. O’z o’quvchilarining psixologik xususiyatlarini yaxshi bilgan o'qituvchigina to’laqonli dars uyushtirishi mumkin.

  5. Gigiyenik talablar. Bu o’quvchilar salomatligi haqida qayg’urish demakdir. Sinfda yorug’lik, toza havo har doim yetarli bo’lishi lozim.

Boshqa fanlar kabi, ona tili o’qitishning samaraliligi darsning sifatiga bevosita bog’liqdir.
Darsga qo’yilgan umumdidaktik talablar pedagogik adabiyotlarda keng yoritilgan. Ularni ona tili o’rgatishga tatbiq qilib, metodik aniqliklar kiritilsa, ona tili darslariga qo’yilgan talablar quyidagicha bo’ladi:

  1. Yangi bilim berish, ularni nutq amaliyotiga tatbiq etish va o’quvchilami tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsda o’quvchilarning o’quv faoliyatini tashkil etishga, foydalaniladigan til inaterialining g’oyaviy-siyosiy, estetik va badiiy qimmatli bo’lishiga, tilni o'rganish jarayonida bolalarda dunyoqarash elementlarini shakllantirishga alohida ahamiyat berish zarur. Ijodiy izlanish muhiti yaratilgan darslardagina zamr axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.

Ona tili darslarida o’zbek tiliga muhabbat va so’zga ehtiyotlik bilan munosabatni tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Buning uchun matn puxta tanlanadi. Tilni o’rganish jarayonida leksik-uslubiy ishlarga katta o’rin beriladi. Darsda she’r, soddalashtirilgan matnlar bilan birga, yuksak badiiy matnlardan ham foydalaniladi.
Ona tili o'qitish jarayoni o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga qaratiladi. Ona tili darslari har bir kishi uchun zarur bo’lgan saranjom-sarishtalik, mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini ham tarbiyalaydi.


  1. Yüklə 139 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə