Moliyaviy menejment


O`zbekiston Respublikasi G’aznachiligining budjet mablag’laridan samarali foydalanish va tartibga solishdagi o'ziga xos o'rni



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə7/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

O`zbekiston Respublikasi G’aznachiligining budjet mablag’laridan samarali foydalanish va tartibga solishdagi o'ziga xos o'rni.


O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda davlat moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan- texnika taraqqiyoti yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish qoidalari va usullarini o'zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi.
Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo'g’ini - davlat budjetini boshqarish, budjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan budjet ijrosida kassali tizimdan jahon amaliyotida sinalgan va o'zining ijobiy natijalarini bergan davlat budjetining g’azna ijrosiga o'tish amalga oshirilmoqda.
Jahon tajribasida davlat budjeti ijrosining bir nechta shakllari amal qiladi:

Davlat budjetining kassaviy ijrosi amalda bo’lgan sharoitda Markaziy bank va uning topshirig’iga muvofiq tijorat banklari davlat budjetining kassa ijrosini amalga oshiradilar. Davlat budjetining kassa ijrosini tashkil etish, shuningdek uning davlat daromadlari va xarajatlarini hisobga olish (g’azna ijrosiga o’tmasdan oldingi tizimda) O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshirilar edi.
Lekin, bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida budjet ijrosida bank tizimidan foydalanish bir qator muammolarni keltirib chiqardi:

  • budjet daromadlari va xarajatlari to'g’risidagi axborotlarning yetarli darajada operativ (tezkor) emasligi;

  • daromadlarning bank hisobraqamlariga tushishi va budjetning hisobraqamlarida aks ettirilishidagi uzilishlarning mavjudligi bois budjet resurslarini boshqarishdagi tezkorlikning sustligi;

  • Soliq daromadlarining budjet tizimi bo'g’inlari o'rtasida taqsimlanish jarayonlarini samarali tartibga solish va daromadlar tushumini jadallashtirishning zarurligi;

  • budjet ajratmalarining hajmlari bilan haqiqatda amalga oshirilgan to'lovlar summalari ko'rsatkichlarining tarqoqligi tufayli mablag’larning tushumi va sarflanishi ustidan yagona nazoratning murakkablashuvi;

  • budjet tashkilotlarining hisobraqamlarida ishlatilmayotgan budjet mablag’larining turib qolishi;

  • budjet mablag’larining ajratilishi bilan ularning so'nggi iste'molchilarga yetib borishigacha bo'lgan vaqtning uzoqligi;

Sanab o'tilgan holatlar davlat budjetining kassaviy ijrosidan g’azna ijrosiga o'tishning zarurligini belgilab berdi.
G’aznachilikda davlat budjeti mablag’larini boshqarish shundan iborat bo'ladiki, g’aznachilik yagona g’azna hisobraqamidan va g’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridagi davlat budjeti mablag’larini, davlat budjetining xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo'naltirish, shuningdek, davlat budjeti bo'sh mablag’larini bank depozitlari va boshqa aktivlarini vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan respublika budjetiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetga, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalariga budjet ssudalari berish yo'li bilan boshqarib boradi. G’aznachilik tomonidan dotatsiyalar va ssudalarni o'tkazish yagona g’azna hisobraqamidan yoki g’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan davlat budjetida mablag’lar ajratish nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga o'tkaziladi.
Budjetni g’aznachilik tizimi asosida ijro etishning quyidagi afzalliklari mavjud:

  • qisqa fursatlarda davlatning moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko'rsatkichlarini aniqlash;

  • davlat moliyasining holati to'g’risidagi tezkor axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish;

  • davlat budjetining ham daromadlari, ham xarajatlari qismini kassali ijrosining har kungi detallashtirilgan monitoringini o'tkazish;

  • tasdiqlangan budjet mablag’lari doirasida budjet tashkilotlarini tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish bosqichida (shartnomalar, kontraktlar tuzish) dastlabki nazorat qilish;

  • moliya organlari tomonidan budjet xarajatlarini o'z vaqtida va manzilli moliyalashtirish bilan budjet mablag’larini bosh taqsimlovchilari tomonidan suiste’mol qilish va noto'g’ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat qilish;

O'zbekiston Respublikasi hukumati va Xalqaro valyuta jamg’armasi o'rtasida 2002 yilda imzolangan Memorandumda iqtisodiy islohotlarni kengaytirish va chuqurlashtirish ishlari bilan birgalikda davlat xarajatlarini boshqarishni takomillashtirish masalalariga katta e'tibor qaratilgan. Ular qatorida respublikada g’aznachilik tizimini joriy qilinishi eng muhim vazifa deb e'tirof etilib, u hukumatimizning yaqin kelajakdagi davlat moliyasi siyosatining negizini tashkil etadi.
Loyihani amalga oshirish ishlari 2002-2006 yillarni qamrab oladi. Mana shu munosabat bilan 2002 yilda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 apreldagi 144-sonli «Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora- tadbirlari to'g’risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan loyihani tayyorlash va amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi qoshida muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil qilindi va u hozirda ish olib bormoqda.
Loyihaning asosiy maqsadlari bu davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish, Davlat budjetini tayyorlash jarayonini isloh qilish va Davlat budjeti ijrosini g‘aznachilik shakliga o‘tish orqali budjet mablag‘larini samarali sarflanishini ta’minlashdan iboratdir.
Davlat moliyasini boshqarish isloh qilish uchun Hukumat tomonidan ajratilgan mablag‘lardan tashqari Jahon banki tomonidan — 14,2 mln. dollarlik kredit, Yaponiya hukumati tomonidan — 2,8 mln. dollar, TASIS tomonidan — 2,8 mln. dollar va Islom taraqqiyot banki tomonidan — 0,2 mln. dollarlik grantlar ajratilgan.
Respublikada davlat moliyasini isloh qilish dasturi xarajatlarni samarali boshqarish, pul-kredit intizomini mustahkamlash va ajratmalarni oldingi vazifalarni nazarda tutgan holda taqsimlash, budjet ijrosi va budjet nazoratini samarali ta’minlash, uning tiniqligini oshirish va davlat mablag‘larini ishlatganligi uchun hisobotni takomillashtirishga yo‘naltiriladi. Mazkur maqsadlarga erishish uchun budjet ijrosi va uni tayyorlashni takomillashtirish, shu jumladan, g‘aznachilik tizimini joriy qilish va uni barcha zaruriy jihozlar, axborot texnologiyalari bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirildi.
G‘aznachilik tizimini joriy qilish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy ishlar quyidagilardan tashkil topdi:

  • kelgusida budjet daromadlari va xarajatlari bo'yicha barcha operatsiyalar turli banklarda ochilgan ko'plab budjet hisob raqamlari o'rniga Markaziy bankda ochiladigan Moliya vazirligi g’aznasining Yagona hisobvaraqasiga jamlantirildi;

  • budjet tashkilotlari xarajatlarini hisobga olish va budjet mablag’laridan foydalanishni nazorat qilish hamda hisobotlar tayyorlash uchun ularning shaxsiy hisobvaraqalari g’aznachilikda ochildi;

  • bank o'rniga g’azna tomonidan budjet kassa ijrosini amalga oshirilishi

va budjet jarayoni barcha bosqichlari ya'ni daromad tushimi, budjet mablag’lari ajratishdan tortib budjet ijrosi hisobotini tayyorlashgacha bo'lgan ishlar birlashtirildi;

  • zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni qo'llagan holda g’aznachilikning yagona axborot tizimi yaratildi va u banklarning elektron to'lov tizimiga ulandi. Bu esa davlat budjeti daromadlari va xarajatlari kassa ijrosini kunlik monitoringini ta'minladi hamda barcha darajadagi budjetlar ahvoli haqida ma'lumotlarni tezkor yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilishni ta'minlandi. Mamlakatimizda tasdiqlangan loyiha asosida g’aznachilik tizimini joriy qilish ishlari tashkiliy-huquqiy, texnik- iqtisodiy va kadrlarni o'qitish va qayta o'qitish ishlarini o'z ichiga oladi.

G’aznachilik tizimining tuzilmasi uch pog’onali bo'ladi:

Yüklə 253,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə