|
Mavzu;hujjatning ijtimoiy kelib chiqishi. Reja; Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to`g`risida nizom. Arxivlarni arxiv hujjatlari bilan jamlash
|
səhifə | 1/3 | tarix | 30.12.2023 | ölçüsü | 9,35 Kb. | | #167044 |
| HUJJAT MAVZU;HUJJATNING IJTIMOIY KELIB CHIQISHI. REJA; 1.Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to`g`risida NIZOM. 2. ARXIVLARNI ARXIV HUJJATLARI BILAN JAMLASh Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to`g`risidagi mazkur Nizom (keyingi o`rinlarda Nizom deb ataladi) "Arxiv ishi to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va arxiv hujjatlarini jamlash, ularning hisobini yuritish, but saqlanishini ta’minlash hamda ulardan foydalanishni tashkil еtishning yagona tartibini belgilaydi. - Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to`g`risidagi mazkur Nizom (keyingi o`rinlarda Nizom deb ataladi) "Arxiv ishi to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va arxiv hujjatlarini jamlash, ularning hisobini yuritish, but saqlanishini ta’minlash hamda ulardan foydalanishni tashkil еtishning yagona tartibini belgilaydi.
- Ushbu Nizom davlat va nodavlat arxivlariga (keyingi o`rinlarda arxivlar deb ataladi), shuningdek idoraviy arxivlarga tatbiq еtiladi.
- II. ASOSIY TUSHUNChALAR
- 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo`llaniladi:
- arxiv - arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi davlat yoki nodavlat muassasasi, idoraviy arxiv;
- arxiv ko`chirmasi - arxiv hujjati matnining muayyan bir fakt, voqea, shaxsga tegishli qismi so`zma-so`z bayon еtilgan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko`rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;
- arxiv hujjatlari - fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyatliligi sababli saqlanishi lozim bo`lgan matnli, qo`lyozma va mashinada o`qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasmalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek boshqa moddiy manbalardagi yozuvlar;
- arxiv kolleksiyasi - bir yoki bir nechta belgilari (mavzusi, qimmatliligi, ob’ekti, muallifligi, davriyligi va boshqalar)ga ko`ra birlashtirilgan, kelib chiqishi turlicha bo`lgan alohida hujjatlar yig`indisi;
- arxiv nusxasi - tegishli tartibda tasdiqlangan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko`rsatilgan arxiv hujjatining so`zma-so`z bayon еtilgan nusxasi;
- arxiv ma’lumotnomasi - yuridik kuchga еga bo`lgan va so`rovnoma asosidagi hujjatli ma’lumotga еga bo`lgan, berilayotgan hujjatlarning shifri, saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko`rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;
Dostları ilə paylaş: |
|
|