Moliyaviy menejment



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə15/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining xarajatlari tizimi16
(mlrd so’mda)

Ko'rsatkichlar



2013 yil

2014-yil

2015-yil (prognoz)

mlrd so'm



jamiga nisbata n % da

mlrd so'm



jamiga nisbata n % da

mlrd so'm



jamiga nisbatan
% da

XARAJATLAR (MAQSADLI JAMG'ARMALARSIZ) JAMI

25825,9

100

31425

100

37967,7

100

1. ijtimoiy soha va aholini
ijtimoiy qo'llab quvvatlash xarajatlari

15147

58,65

18490.8

58,84

21485,2

56,59

shundan:



















1.1 Maorif

8803,2

58.11

10673.5

57.73

12776,2

59,46

1.2 Sog'liqni saqlash

3709,9

24.49

4507.2

24.38

5372,5

25

1.3 Madaniyat va sport

287,4

1.9

361.5

1.95

388,3

1,89

1.4 Fan

164,7

1.09

187

1.01

245,3

1,14

1.5 Ijtimoiy ta'minot

106,4

0.7

126.2

0.68

150,4

0,7

1.6 Bolali oilalarni hisobga
olgan holda ijtimoiy nafaqalar

1611,3


10.63


1805


9.77


2279,8


10,61


1.7 Qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylar qurish dasturini birgalikda
moliyalashtirishga kredit liniyasi

374,7


2.47


706.7


3.82


971,8


4,52


2. NNT, NST va fuqorolik jamiyatlari institutlarini rivojlantirish uchun
mablag'lar va grantlar

7

0,03

8.2

0,03

10

0,026

3. Iqtisodiyot xarajatlari

2749,8

10,65

3364.9

10,7

4119,7

10,85

4. Markazlashtirilgan investitsiyalarni
moliyalashtirish xarajatlari

1439,6

5,57

1616.5

5,15

1800

4,74

5. Davlat hokimiyati, boshqaruv organlari va sud organlarini va fuqarolarni o'zini o'zi boshqarish
organlarini saqlash xarajatlari

1149,8

4,45

1414.2

4,5

1636,5

4,31

6. Boshqa xarajatlar

5332,7

20,65

6530.5

20,78

7944,5

20,92

Davlat budjeti taqchilligi (-),
profitsiti (+)

397,1


304,6


-1782,9





16 www.stat.uz ma’lumotlari va “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametlari to‘g‘risida”gi Prezidentning PP – 2270 sonli qaroriga asosan mustaqil tuzildi
2.2-jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkinki, ya’ni davlat budjeti xarajatlari tizimida davlat budjetining ijtimoiy sohalar uchun qiladigan xarajatlari tizimi eng yuqori ulushga ega bo’lib, ular 2013 yilda jami davlat budjeti xarajatlarining 58,65% ni, 2014 yilda 58,84% ni tashkil etgan bo’lsa, 2015 yilda 56,59 % ga yetkazish rejalashtirib qo’yilgan .O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlarining boshqa davlatlarga nisbatan alohida xususiyati uning ijtimoiy yo’naltirilganligidadir. Jadval ma’lumotlarida ham buni ko’rishimiz mumkinki, ya’ni oxirgi yillarda davlat budjetidan ijtimoiy sohalarni rivojlanishi va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan mablag’lar sarfi xajmi o’sib borayapti. Budjetning bu turkum xarajatlari nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiy ahamiyatga ega. Ular mamlakat fuqarolarining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan ijtimoiy xuquqlarini amalga oshirishning moliyaviy bazasi bo’lib xizmat qiladi va o’z navbatida, ijtimoiy ishlab chiqarishga bilvosita ta’sir ko’rsatib, mehnat resurslarining sifat tarkibini yaxshilash, fan yutuqlaridan foydalanish asosida mehnat unumdorligini oshirish uchun shart-sharoit yaratish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish vazifalarini bajaradi.
Ijtimoiy-madaniy sohalarda olib borilayotgan iqtisodiy o’zgarishlar, bu sohalarni moliyaviy ta’minlashni takomillashtirish muvaffaqiyati ko’p jihatidan ijtimoiy kafolatlar qanday hal etilishiga bog’liq bo’ladi. Chunonchi, ijtimoiy- madaniy sohalarning umumjamoatchilik maqomi uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimidagi roli bilan bog’liq holda qayta ko’rib chiqiladi, bu sohalar xodimlari mehnati xususiyatining iqtisodiy baholanishi belgilab olinadi. Ijtimoiy-madaniy muassasalar faoliyatining natijalarini baholashga yangicha yondoshuvlar ishlab chiqiladi. Qo’yilgan vazifaning hal etilishigina ijtimoiy muammolarni hal etish, moliyaviy ta’minlash manbalarini belgilab olish, shuningdek, ijtimoiy-madaniy sohalarga davlat tomonidan ajratilayotgan moliyaviy zahiralar miqdorini ilmiy asoslab berish imkonini yaratadi.
2.2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, ya’ni 2013 yil uchun davlat budjeti xarajatlarinng asosiy qismi, xususan davlat budjeti xarajatlariga nisbatan 34,08 % maorif xarajatlariga, 14,36 % sog’liqni saqlash xarajatlariga yo’naltirlishi
belgilangan. Ko’rinib turibdiki, bu yilgi davlat budjetimiz xarajatlarining asosiy yo’nalishi davlatning ijtimoiy siyosati bilan bog’liq sohalarga yo’naltirilmoqda.
Ijtimoiy sohalar sof holdagi ijtimoiy vazifalardan tashqari, xizmat sifatini yuksaltirish, iqtisodiy o’sish sur’ati bilan bog’liq iqtisodiy vazifalarni ham xal etadi, jamiyat mehnat imkoniyati shakllantirilishiga ko’mak beradi, chunki fan-texnika taraqqiyoti davrida jamiyat hayotiy faoliyati va eng avvalo, ishlab chiqarish shart- sharoitlari yangilanib borayotgan bir vaziyatda ijtimoiy-madaniy sohalar taraqqiyoti aholi turmush tarzi o’sishining muhim shartiga aylanib qoladigan yo’nalishdan bormoqda.
Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan xarajatlari faqat ijtimoiy emas, balki iqtisodiy ahamiyatga ega bo’ladi, jamiyatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi, chunki davlat amalga oshirayotgan, aholining hamma qatlamlari manfaatlariga daxldor bo’lgan iqtisodiy faoliyat natijalari ijtimoiy soha orqali ro’yobga chiqadi.
Sog’liqni saqlash tizimi ijtimoiy tuzilmaning o'ziga xos sohasi sanaladi. Bu sohada band bo'lgan jamiki mutaxassis va xodimlar mehnatining ob'ekti insondir. Aholi salomatligi har qanday mamlakat milliy boyligining asosidir, chunki ijtimoiy taraqqiyotning bosh mezoni va omili ham inson, pirovard maqsadi ham inson. Demak, inson salomatligini tiklab borishda sog’liqni saqlash moliyasining o'rni beqiyosdir.
2.2 – jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkinki sog’liq saqlash xarajatlari 2013- yilda 3709.9 mlrd so’mni tashkil etgan holda davlat budjeti xarajatlariga nisbatan 14.36 foizni, 2014-yil ma’lumotlariga ko’ra esa 4507.2 mlrd so’mni yoki budjet xarajatlariga nisbatan 14.34 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkichlar 2015-yilda 5372.5 mlrd so’mni tashkil etgan holda budjet xarajatlariga nisbatan
14.15 foizga yetkazish ko’zda tutilgan.
Iqtisodiyot xarajatlari va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari o’zlarining salmog’iga ko’ra davlat budjet xarajatlari tarkibiy tuzilmasida keying o’rinlarni egallab kelmoqda, iqtisodiyot xarajatlari 2013-yilda 2749.8 mlrd so’mni tashkil etgan holda budjet xarajatlariga nisbatan 10.65 foizni, shunga mos
ravishda 2014- yil davomida 3364.9 mlrd somni va foiz hisobida 10.7 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu raqamlar 2015- yilda 4119.7 mlrd so’mni tashkil etib budjet xarajatlariga nisbatan 10.85 foizga yetkazish ko’zda tutilgan. Iqtisodiyot xarajatlariga mos ravishda markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari budjet xarajatlariga nisbatan 2013 – yilda 5.57 foizni, 2014- yilda 5.14 foizga yetgan bo’lsa, 2015 – yilda bu ko’rsatkich 4.74 foiz qilib rejalashtirib qo’yilgan. Bu raqamlar budjet mablag’lari hisobidan mamlakat iqtisodiyotining barqaror o’sishini ta’minlash, uning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish va o’zgartirish, milliy xo’jalik sektorlarida iqtisodiy samaradorlikning o’sishini ta’minlash, ilmiy texnika taraqqiyotining o’sish suratlarini tezlashtirish, yagona texnikaviy siyosatni yurgazishga jiddiy e’tibor berilayotganidan dalolat beradi.
Mahalliy budjetlarning daromad va xarajat qismi mustaqil, shu bilan birgalikda o'zaro bog’liq kategoriyalar ћisoblanib, ularning har biri o'zining xususiyatli tomonlariga egadir. Ya'ni daromadlar mahalliy hukumat organlari faoliyatining moliyaviy bazasi hisoblanadi, xarajatlar esa hududiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda, xarajatlar daromadlar bilan bog’liqdir, o'z navbatida mahalliy hukumat organlarining foydalanadigan mabalag’lar hajmi bilan ham bog’liqdir. Mahalliy budjetlarni shakllantirish jarayonida mahalliy davlat hukumat organlari va belgilangan hududda ro'yxatda bo'lgan yuridik hamda jismoniy shaxslar o'rtasida ma'lum bir pulli munosabatlar yuzaga keladi. Ushbu munosabatlar yuzaga kelishining shakllari bo'lib korxonalar, tashkilotlar va aholining turli xil soliqli va soliqsiz to'lovlari namoyon bo'ladi. Budjet daromadlari ma'lum ma'noda xo'jalik yuritish metodlari va tizimiga, shuningdek, jamiyat tomonidan hal etiladigan vazifalarga bog’liqdir.
Buxoro viloyati o’zining iqtisodiy salohiyati , moliyaviy Barqarorligi, shu hududda joylashgan yеr osti va yеr usti boyliklari, mеhnat rеsurslari va korxonalari yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati bilan chambarchas bog’liq. Moliya tizimi davlat budjеti daromadlarini ortishi va xarajatlarini Vobkent tumani faoliyati misolida ko’rishimiz mumkin. Mahalliy budjеt daromadlarining asosiy qismini soliqlar tashkil etadi. Vobkent tumanining budjеt daromadlari va xarajatlarini tashkil
qilish jarayonida, tumanda mavjud holatni bilib olish mumkin. Tumanning daromadlari va xarajatlari to’g’risidagi 2012-2014 yillardagi ma’lumotlarini 2.4 gistogrammada tahlilini qilishimiz mumkin.

(ming so’m)

    1. rasm. Vobkent Tuman daromadlar va xarajatlari dinamikasi17

Bu ma’lumotlardan ko’rishimiz mumkinki, tuman xarajatlari daromadlaridan ko’p bo’lib kelmoqda lekin yil sayin bu holat ya’ni daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi nisbatni kamiyib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Bundan tashqari tuman ma’muriyati bu muommoni hal qilish yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirmoqda va Vobkent tuman hududida budjet daromadini ko’paytirish hamda mahalliy budjetning yuqori budjetdan oladigan subvensiya miqdorini kamaytirishning 2013 – 2018 yillarga mo’ljallangan dasturi tuman hokimining 2013 yil 14 sentyabrdagi 521 - sonli “Vobkent tumanida iqtisodiy o’sishni ta'minlash, mahalliy budjet daromadini oshirish, mahalliy budjetning yuqori budjetdan oladigan subvensiya miqdorini kamaytirish va bosqichma – bosqich hududni subvensiya oluvchilar safidan chiqarish” qarori asosida ishlab chiqildi.



17 Amaliyot davrida Vobkent tumani Moliya bo’limidan olingan materilllar asosida tayyorlandi

    1. jadval. 2015 yilda tumanda yangi korxonalarni tashkil etish hisobiga qo’shimcha


Yüklə 253,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə