Moliyaviy menejment



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə8/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

Birinchi pog’ona - Respublika bo'yicha Markaziy g’aznachilik g’aznachilik hisobvaraqlaridagi mablag’lar harakatini boshqaradi va davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining jamlanma hisobini yuritadi. Qonun bilan belgilangan tashkilotlarga budjet ijrosi to'g’risida tegishli ma'lumotnomalar beradi. Quyi g’aznachilik idoralari ishini boshqaradi, ulardan budjet daromadlari va xarajatlari to'g’risida ma'lumot va hisobotlarni qabul qiladi va quyi organlar tomonidan budjetning ijrosini qonunchilikka binoan ta'minlaydi.
Ikkinchi pog’ona - viloyat g’aznachilik boshqarmalari, mahalliy budjetning daromad qismining shakllantirilishi va xarajatlarning amalga oshirilishini ta'minlaydi. Viloyat budjeti mablag’larining harakatini boshqaradi. Mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari hisobini yuritadi, quyi g’aznachilik organlari va budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar faoliyatini nazorat qiladi.
Uchinchi pog’ona - shaharlarda, tumanlarda va shaharlardagi tumanlarda g’aznachilik bo'linmalari, hududda budjetning daromad qismining shakllantirishi va budjet muassasalar bo'yicha xarajatlarning maqsadli moliyalashtirilishini ta'minlaydilar. G’aznachilik hisobvaraqlarida mablag’lar harakati hisobini yuritadilar va hududda daromadlar va xarajatlar bo'yicha budjet ijrosi to'g’risida. yuqori g’aznachilik organlariga axborot beradilar.











Davlat budjetining g’azna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, davlat budjeti ijrosi haqida axbarot yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish






    1. rasm. - Moliya Vazirligi G’aznachiligining asosiy vazifalari10




10 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g'azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to ‘g ‘risida”gi PQ-594-son (28.02.2007) Qarori asosida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g'azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to 'g ‘risida”gi PQ-594-son (28.02.2007) Qaror bilan Moliya vazirligi G'aznachiligi zimmasiga yuqoridagi asosiy vazifalar yuklatildi.(1.3 – rasm)
2004 yil 26 avgustda O'zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g’azna ijrosi to'g’risida”gi №664-II-son qonunining qabul qilindi. Ushbu qonun davlat budjeti g’azna ijrosi tushunchalariga oydinlik kiritdi. Mazkur qonunda ko'rsatilishicha, “Davlat budjetining g’azna ijrosi davlat budjetining barcha daromadlarini yagona g’azna hisobraqamiga kiritishdan, shuningdek, davlat budjetining xarajatlarini shu hisobraqamdan to'lashdan iborat”.
Davlat budjeti g’azna ijrosining asosiy tamoyillari - kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. Davlat budjetining g’azna ijrosi qonun hujjatlarida belgilab qo'yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
G’aznachilik tizimi faoliyat ko'rsatishi uchun uning quyidagi tashkiliy elementlari mavjud bo'lishi va o'zaro bog’liqlikda amal qilishi zarur.







G’aznachilikning Axbarot tizimi

G’aznachilik organlari

G’aznachilikning Bosh Kitobi
1.6-rasm. - G’aznachilikning asosiy tashkiliy elementlari11

Yüklə 253,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə