Moliyaviy menejment



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə14/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromadlar tizimi14
2.1 jadval (mlrd.so’mda)

Ko'rsatkichlar



2013-yil

2014-yil

2015-yil (prognoz)

mlrd so'm



jamiga nisbatan
% da

mlrd so'm



jamiga nisbatan
% da

mlrd so'm



jamiga nisbatan
% da

I. DAROMADLAR (MAQSADLI JAMG'ARMALARSIZ) JAMI:

26223

100

31729,6

100

36184,9

100

1. To'g'ri soliqlar

6353,7

24,23

7433.1

23,43

8554,3

23,64

1.1 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i

1038,8

16,35

1120.2

15,07

1284,8

15,02

1.2 Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to'lovidan
davlat budjetiga ajratmalar

832,6


13,1


954.4


12,84


1193,1


13,95


1.3 Yagona soliq to'lovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan
mikrofirmalar va kichik korxonalardan ajratmalar

755


11,88


967.9


13,02


1067,1


12,47


1.4 Jismoniy shaxslar daromadiga soliq

2717,3

42,77

3261.7

43,88

3648,8

42,65

1.5 Tabirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo'yicha qa'tiy belgilangan soliq

415,6

6,55

553.1

7,44

617

7,21

1.6 Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i

594,4

9,35

575.7

7,75

743,5

8,7

2. Egri soliqlar

13398,6

51,1

16851.8

53,12

19115,8

52,83

2.1 Qo'shilgan qiymat solig’i

7552,5

56,36

9475.6

56,22

10721,7

56,1

2.2 Aksiz solig'i

4168,3

31,11

4941.1

29,32

5528,8

28,92

2.3 Bojxona boji

1007,4

7,53

1350

8,02

1583,6

8,28

2.4 Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg'isi va suyiltirilgan gaz
iste'mol qilganlik uchun soliq

670,5


5


1085.1


6,44


1281,7


6,7


3. Resurs to'lovlari va mulk solig'i

3888,2

14,83

4311.6

13,58

5741,8

15,87

3.1 Mulk solig'i

1011,6

26,02

1273.8

29,55

1716,7

29,9

3.2 Yer solig'i

583,4

15

647.5

15,02

929,6

16,19

3.3 Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq

2190,9

56,35

2275.6

52,77

2931,8

51,06

3.4 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

102,4

2,63

114.7

2,66

163,7

2,85

4. Boshqa daromadlar

2582,5

9,84

3133.1

9.87

2773

7,66




14 www.stat.uz ma’lumotlari va “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametlari to‘g‘risida”gi Prezidentning PP – 2270 sonli qaroriga asosan mustaqil tuzildi
O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromadlarining 2013 – 2015 yillardagi tarkibi va ularning budjet daromadlaridagi salmog’ini yuqorida keltirilayotgan 2.1. - jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkin.
2.1 – jadvaldandan ko’rishimiz ham mumkinki, budjet daromadlarini shakllantirishda soliqlar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Jadval ma’lumotlariga e’tibor beradigan bo’lsak, so’nggi yillarda mamlakatimizda soliqlar budjet daromadlarini 94-95 foizini tashkil etayotganligini ko’rishimiz mumkin.
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan qaraydigan bo’lsak eng katta ulush egri soliqlarga to’g’ri keladi, egri soliqlar mamlakatimizda budjet daromadlarini shakllantirishda eng katta ulushga ega. Egri soliqlar tarkibiga kiruvchi qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’, bojxona boji egri soliqlarning 90 foizdan ortig’ini tashkil etadi. Jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkinki, egri soliqlar 2013- yilda jami budjet daromadlarining 51.1 foizini ya’ni 13398.6 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2014 – yil ma’lumotlari asosida 16851.8 mlrd so’mga yetib 53.12 foizni tashkil etgan va 2014 – yil 4- dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametlari to‘g‘risida”gi Prezidentning PP – 2270 sonli qarori ma’lumotlariga asosan 2015 – yilda bilvosita soliqlar 19115.8 mlrd so’mni ya’ni jami budjet daromadlariga nisbatan 52.83 foiz etib rejalashtirilgan.
Egri soliq tarkibida QQS katta ulushga ega, QQS har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida undiriladigan ko‘p qirrali soliqdir. Korxona kundalik xo‘jalik faoliyatida mahsulot etkazib beruvchilardan tovar va xomashyo sotib oladi va ulardan mahsulot yoki ish, xizmatlar ishlab chiqaradi, ya’ni QQS ishlab chiqarish va muomala jarayonining har bir bosqichidan olinadi. Jadvaldan qo’shilgan qiymat solig’i ma’lumotlarini tahlil qilsak QQS 2013 – yilda jami egri soliqlarning 56.36 foizini ya’ni 7552.5 mlrd so’mni tashkil etgan, 2014 – yilda bu ko’rsatkich 56.22 foizni tashkil etib 9475.6 mlrd so’mga teng bo’lgan va bu sonlar 2015 – yilda 56.1 foizni tashkil etib, so’m hisobida 10721.7 mlrd so’mga yetkazish rejalashtirilmoqda, bu soliqni jami budjet daromadlari tarkibida ham eng katta ulushga ega ya’ni 2013 – yilda QQS jami budjet daromadlarini 28.8 foizini
shakllantirgan, 2014 yil davomida bu soliq turi jami budjet daromadlarini 29.86 foizini to’ldirgan va 2015 – yilda esa bu ko’rsatkich 29.63 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Shu o’rinda Aksiz solig’iga ham to’xtalsak, bilvosita soliqlar tarkibida Aksiz solig’i ham salmoqli ulushga ega bu ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo’lsak 2013 – yilda bu soliq jami egri soliqlar tarkibida 31.11 foizni tashkil etib 4168.3 mlrd so’m bo’lgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2014 – yil davomida jami egri soliqlarning 29.32 foizini yoki 4941.1 mlrd so’mga yetgan va 2015 – yilda bu ko’rsatkichni 28.92 foizga yoki milliy valyutada 5528.8 mlrd so’mga yetkazish ko’zda tutilgan.


    1. rasm. Davlat budjeti daromadlari tarkibida to’g’ri va egri soliqlarning salmog’i (foiz hisobida)15

Yuqoridagi rasm ma’lumotlari ko’rsatadiki, yuridik shaxslar soliqlari ichida egri soliqlar salmog’i ortib borish tendensiyasiga ega, to’g’ri soliqlar salmog’i esa pasayib borish yo’nalishidadir. Bunday holat mahsulot ishlab chiqaruvchilarning hissasiga tushadigan soliq yukini kamaytirib, ularning ishlab chiqarish faoliyatini kuchaytiradi. Shu bilan birga to’g’ri va egri soliqlar budjetning mustahkam manbasiga aylanib uning o’ta ijtimoiy zarur bo’lgan xarajatlarini o’z vaqtida va



15 Yuqoridagi 2.1 jadval ma’lumotlari asosida tuzildi
uzluksiz moliyalashtirish imkonini yaratadi. Bularinig ahamiyati beqiyos kattadir. Bu soliqlarsiz budjetni rejali moliyalashtirish imkoni yo’q.
To’g’ri soliqlar tarkibiga kiruvchi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda uchinchi o’rinni egallaydi. Mazkur soliq turi bo’yicha tushumlar 2013-yilda 2717.3 mlrd so’mni, 2014- yil davomida 3261.7 mlrd so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2015 –yilda esa bu ko’rsatkich 3648.8 mlrd so’mga yetkazish rejalashtirilgan.
Budjet daromadlarida salmog’I jihatdan to’rtinchi o’rinda turuvchi to’g’ri soliq bu – yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqdir. Bu soliq turi bo’yicha tushumlar 2013 – yilda 2190.9 mlrd so’mni, 2014 – yilda 2275.6 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2015 – yilda bu ko’rsatkich 2931.8 mlrd so’mga yetkazish ko’zda tutilgan.
To’g’ri soliqlar ichida muhim ahamiyatga ega bo’lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining ulushi biz tahlil qilayotgan yillar davomida 3-4 foiz atrofida tebranib turgan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak budjet daromadlari tarkibida soliqlar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Biz tahlil qilgan 2013-2015 yillarda soliqlar mamlakatimiz budjeti daromadlarining 94-95 foizini etganligini kuzatdik. Bu ko’rsatkichlar aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarga xos bo’lgan xususiyatdir.
Har qanday davlatning iqtisodiyot va siyosatidagi xususiyatlari uning xarajatlari ustuvorliklarida ham aks etadi. O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda har yili mamlakatning soliq va budjet siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilanadi va ular davlat budjetini ishlab chiqarishda asos sifatida xizmat qiladi. Mustaqil O'zbekistonning umumiy taraqqiyot davri davomida budjet xarajatlari ustuvor darajada ijtimoiy va iqtisodiy sohalarga sarflangan va sarflanib kelinmoqda.
Budjet xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga, milliy xo’jalikning ehtiyojlariga bog’liq hamda budjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlarining 2013-2015yillarga tegishli bo’lgan tarkibi va uning tuzilmasi 2.2 jadvalda keltirilgan.

    1. jadval.


Yüklə 253,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə