Моҳир педагог ва ажойиб инсон Нишонбоева Мастуранинг ёрқин ҳотирасига бағишланади



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/82
tarix30.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#40830
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82

 
280 
tasida namoyon bo‘ladi. Penetrantlikning bir ko‘rinishi jinsga tobe va bog‘liq belgilarning 
namoyon bo‘lishidir. 
Peromeliya – gavda normal bo‘lgan holda qo‘l-oyoqlar kalta bo‘lishi. 
Plazmogenlar — ona liniyasi orqali irsiylanuvchi — sitoplazma genlari (mitoxondriya, 
plastidalar genlari). 
Plazmon — sitoplazmada joylashgan hujayraning irsiy informatsiyasi. 
Plazmidalar 
(episomalar) 
— 
qisqa 
DNKdan 
tashkil 
topgan, 
mustaqil 
reduplikatsiyalanadigan  qo‘shimcha  xalqasimon  xromosomalar.  Bakterial  hujayralarda 
ularning  mavjudligi  antibiotiklar  va  sulfanilamidlarga  chidamlilikni  ta`minlaydi.  Ayrim 
plazmidalarning bakteriya nukleoidlari tarkibiga birika olish xususiyatlari genlarni ko‘chirib 
o‘tkazishda (transgenoz) vektor sifatida foydalanishga imkon beradi. 
Pleyotropiya  —  bitta  genning  ko‘p  belgiga  ta`sir qila olish xususiyati — genning ko‘p 
tomonlama  ta`siri.  Uning  klassik  misoli  Marfan  sindromidir.  Pleyotropiya  birlamchi  va 
ikkilamchi bo‘lishi mumkin. 
Polimeriya — bir nechta genning bitta belgiga ta`siri. Polimeriyaning ta`siri 2 xil bo‘lishi 
mumkin: 
1)
 
kumulyativ —har bir gen ta`siri qo‘shilishi (odamda teri pigmentatsiyasi). 
2)
 
nokumulyativ  —  bunda  belgining  yuzaga  chiqishi  uchun  polimyer  genlardan  birining 
mavjudligi kifoya qiladi. 
Polimer  genlar  —  belgining  namoyon  bo‘lishiga  bir  xil  fenotipik  ta`sir  ko‘rsatuvchi 
noallel  genlar.  Lotin  alfavitining  bir  xil  harflari  bilan  ifodalanadi (allel bo‘lmasa  ham): 
A
1,
A
2
,
 
a
1
, a

 va shunga o‘xshash. 
Poliploidiya  —  xromosomalar  gaploid  to‘plamining  butunligicha  ko‘payishi  bilan 
xarakterlanadigan  genom  mutatsiyasi  (2p-----Zp------  triploidiya  4p------tetraploidiya). 
Uning  sababi  hujayraning  bo‘linishi  vaqtida  xromosomalarning  ajralmay  qolishidir. 
Poliploidiyani  sun`iy  hosil  qilish  ham  mumkin.  Odamlarda  bunday  mutatsiyalar 
embriogenezdayoq  o‘limga  sabab  bo‘lishi  mumkin  (chunki  muhim  tizimlar 
anomaliyalari kuzatiladi). 


 
281 
Politeniya  —  DNK  molekulasining  ajralmasdan  ko‘p  marta  ikkilanishi  gigant 
xromosomaning  hosil  bo‘lishiga  olib  keladi.  Bunday  politen  xromosomalar 
aberratsiyalarni o‘rganishda va genlar kartasini tuzishda qulay ob`ekt hisoblanadi. 
Populyatsiya - bitta arealda yashovchi, panmiksiya orqali birlashgan, bitta turga kiruvchi 
shaxslar guruhi. Evolyutsiyaning sintez nazariyasiga ko‘ra — populyatsiya evolyutsiyaning 
elementar birligi, unga evolyutsiyaning elementar omillari ta`sir ko‘rsatadi. 
Populyatsion polimorfizm - populyatsiyada har xil genotiplar mavjudligi (ularning eng 
kam  uchraydiganining  chastotasi  1%  dan  kam  bo‘lmaydi,  shuning  uchun  ham  ularni 
yangi  mutatsiyalar  bilan  tushuntirib  bo‘lmaydi).  Muvozanatlashgan,  moslashuvchan  va 
o‘tkinchi  polimorfizmlar  mavjud.  Polimorfizm  biokimyoviy  darajada  ham  namoyon 
bo‘lishi mumkin (har xil izofermentlar tizimi). Polimorfizmga tipik misol qilib ABO, MN 
qon guruhdarini keltirish mumkin. 
Populyatsiyaning  geterozigotaligi  -  populyatsiyada  geterozigot  genotipli  shaxslar 
mavjudligi  bo‘lib,  populyatsiyaning  moslashuv  plastikligini,  o‘zgargan  sharoitda 
populyatsiyaning  yashovchanligini  ta`minlaydi.  Geterozigotalar  yashovchanligi  ancha 
yuqori bo‘ladi va ularda geterozis samarasi kuzatiladi. 
Polidaktiliya – kaft yoki panjada barmoqlar soni ortiqligi. 
Progeniya – pastki jag‘ning o‘ta kattalashganligi. 
Progeriya – organizmning muddatdan ilgari qarishi. 
Prognatiya – yuqori jag‘ning pastki jag‘ga nisbatan turtib chiqqanligi. 
Prozensefaliya– 
oldingi  miya  pufagining  katta  yarimsharlarga  to‘liq 
bo‘linmaganligi. 
Prenatal  diagnostika  -  homilada  irsiy  kasalliklarni  aniqlash  usuli.  Ultratovush 
tekshirishlari, amniotsentez, kordotsentez, xorion biopsiyasi orqali amalga oshiriladi. Irsiy 
kasalliklar profilaktikasining eng samarali usullaridan biri. 
Proband — genealogik tahlil uchun ma`lumotlar to‘planadigan shaxs. 
Prokariotlar  — differensiatsiyalashgan  yadroga ega bo‘lmagan bir  hujayrali organizmlar 
(bakteriyalar, ko‘k-yashil suv o‘tlari). 
Protsessing - pre - iRNKning yetuk iRNKga aylanish jarayoni. Protsessingda intronlar 
uzilib, ekzonlar bir-birlari bilan ulanadi (splaysing). 


 
282 
Psevdogenlar — polipeptid sintezida qatnashmaydigan, faol genlarning nusxalari. 
Pterigium – terining qanotsimon burmalari. 
Reaksiya  normasi  —  modifikatsion  o‘zgaruvchanlik  chegarasi,  bitta  genotipning  har  xil 
muhit  sharoitida  har  xil  fenotapni  yuzaga  chiqara  olish  qobiliyati.  Reaksiya  me‘yori 
moslashuvli  ahamiyatga  egadir.  Bola  ota-onasidan  belgini  emas,  balki  ma`lum  reaksiya 
meyoriga ega genni nasl qilib oladi. Masalan, odam organizmi qonda kislorodning partsial 
bosimiga qarab ma`lum miqdorda eritrotsitlarni hosil qilishi mumkin. 
Reversiya  (teskari  mutatsiya)  dastlabki  genotipning  tiklanishiga  olib  keluvchi  mutatsiya 
a—A. 
Reparatsiya xatoliklari - reparatsiya jarayonida fermentning mutant qismini emas, unga 
komplementar normal qismning buzilishi natijasida kelib chiqadigan mutatsiya. Keyin esa 
qo‘sh  mutant  bispiral  sintezlanadi.  Bunday  mutatsiyalarga  pigmentli kserodermiya  misol 
bo‘la oladi. 
Repressiya — gen faolligining bo‘g‘ib qo‘yilishi. 
Repressor — repressiyani amalga oshiruvchi oqsil. 
Retroviruslar — irsiy axboroti RNKda kodlashgan virus. 
Retsessivlik  —  geterozigotalarda  (Aa)  allellardan  birining  (a)  fenotipik  yuzaga 
chiqmasligi. 
Retsiprok  chatishtirish  -  chatishtirilayotgan  juftlarning  har  birining  birinchi  holatda 
ona organizmi, ikkinchi chatishtirishda esa ota organizmi sifatida olinishi:    
1. ♀ Aa x ♂aa; 2. ♀aa x ♂Aa. 
Sayt — krossingoverda qatnashuvchi va mutatsiyada o‘zgaruvchi genning bir qismi. 
Sibslar — aka-uka, opa-singillar, bitta ota-ona farzandlari. 
Sindaktiliya  –  kaftda  va  oyoq  panjasida  qo‘shni  barmoqlarning  qisman  yoki  to‘liq 
birikkanligi. 
Sinofriz – qoshlarning qo‘shilib ketishi. 
Speyserlar  —  eukariotlarda  -genlarning  orasidagi,  prokariotlarda  esa  promotor  va 
struktura genlarini ajratuvchi DNKning kichik qismlari. 
Somatik  hujayralar  -  ko‘p  hujayrali  organizmning  jinsiy  hujayradan  boshqa  har  qanday 
hujayralari. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə