Model ko‘rinishi va tasnifi



Yüklə 146,19 Kb.
səhifə1/2
tarix08.06.2022
ölçüsü146,19 Kb.
#89053
  1   2
расулов куртк


Model ko‘rinishi va tasnifi
Mavzuga oid bog‘cha yoshidagi o‘g‘il bolalar kurtkasini eskiz model chizmalari ishlab chiqildi.
1-model. Ushbu tanlangan kurtka to‘g‘ri bichimli bo‘lib, yilning erta kuz va kechki bahor oylarida kiyish uchun tavsiya etiladi. Ushbu tanlangan model uchun pidjakli “Salyut” gazlamasi tanlab olindi. Modelning uzunligi bo‘ksagacha, yenglari o‘tqazma, qaytarma yoqali loyihalanadi. Old bo‘lagi molniya taqilmasi bilan berkitiladi. Old bo‘lak ikki yon tomonida kantli qirqma cho‘ntaklari bor. Kurtka astar va avradan iborat bo‘lib, yoqa va adipiga yelimli qotirma qo‘yish tavsiya etiladi.




2-model. Kurtka tik yoqali, old bo‘lagi ochiq, molniya (zamok) bilan qadaladi. Yengi uzun, o‘tqazma. Yeng uchiga ikki tugmali bezak tasma tikilgan. Old bo‘lak chap ko‘krak qafasi va pastki ikki yon tomonida molniya taqilmali qirqma cho‘ntaklari bor. Bo‘yin va boshni tashqi muhit ta’siridan himoyalash maqsadida olib-qo‘yiladigan kapyushon loyihalanadi.
3-model. Sport uslubida loyihalanadigan ushbu eskiz model tik yoqali, old bo‘lagi molniya taqilmali bo‘lib, ustidan ko‘rinma planka tikilgan. Planka qadalma knopkalar bilan qadaladi. Yengi uzun o‘tqazma, yengning tirsakdan pastki qismiga ikki qator parallel mag‘iz qo‘yilgan. Kurtkaning old bo‘lak ko‘krak qafasida, pastki ikki yon tomoni va chap yeng tirsakdan yuqori qismiga molniya taqilmali qirqma cho‘ntak loyihalangan. Kurtkaning etagida etak manjeti bo‘lib, manjetning orasiga ikki yon tomondan ort bo‘lak bo‘ylab rezina qo‘yilgan.

Tanlangan model hususiyatidan kelib chiqib gazlama tanlash va asoslash
Tanlangan model uchun mayin movut gazlamalar guruhiga kiruvchi pidjakli “Salyut” tanlab olindi.
Mayin movut gazlamaning asosiy xillari: draplar, movutlar, triko, sheviotlar, paltolik gazlamalar.
Pidjaklik gazlama “Salyut” art.43555-har xil kenglikdagi archasimon yo‘lli qilib aralash o‘rilishda to‘qilgan guldor, mayin gazlama. Tandasi va arqog‘iga 11 teksli apparat kalava ipi ishlatilgan, bunda yakka kalava ip ikkita ip qo‘shib pishitilgan kalava ip bilan galma-gal keladi. Gazlama tarkibida 48% jun bor. Eni 152sm, 1m2 gazlamaning massasi 370gr [4].
Tanlangan gazlamaning asosiy fizik-mexanik ko‘rsatkichlari
6-jadval

t/r

Gazlamaning nomi

artikuli

Gazlamaning turkumi

Gazlamaning narxi /so‘m/

Gazlamaning ei

1m2 og‘irligi

Tolali tarkibi

Metrik tartib raqami

To‘qilish usuli

O‘r6sh

arqoq

o‘rish

arqoq

1

Salyut

43555

Mayin movut




152 sm

370 gr

52% paxta

48%
jun

11x2teks

11x2teks

Archasimon yo‘lli aralash

Ip bilan biriktirish operasiyalari va tartibi


7-jadval



Choklarning nomi

Konstruk-
siyasi

Qo‘llash
doirasi

tavsiya

tartib

Baxyaning yirikligi

Asbob-uskuna

Yordamchi mexanizm

Igna №

Ip №

1

Biriktirma

Ort va old bo‘laklar

Yelka, yon va etak qirqimlarida

DURKOPP V292-185082
JUKI DLN-5410-6 EC-321

kompyuterlashgan

DB*1/14

40

0dan 4 mmgacha

2

Bostirma

3

Yo‘rma

Namlab isitib ishlov berish operasiyalari va tartibi
8-jadval



Uskuna nomi

Uskuna belgisi

tartib

o‘lchami

Izoh

O‘arorati
0S

Bosimi (kg)

Vaqti (sekund)

uzunligi

eni

balandligi




1

Dazmol

UP-3

190-200

6 kg

90 sek

25 sm

12 sm

21 sm

Bug‘li elektr dazmol



2.9. Tikish usullari va asbob-uskunalarni tanlash va asoslash
Tanlangan eskiz modelni tikish uchun DURKOPP firmasining V292-185082 rusumli tikuv mashinasini tanlab oldik.
Ushbu mashina turli qalinlikdagi yengil kuylaklik va kostyumbop materiallardan tikiladigan buyum detallarini tikishga ixtisoslashtirilgan. Asosiy valining aylanish chastotasi 4000 ayl/min gacha, baxyasining yirikligi 0 dan 6 mm gacha, parallel baxyaqatorlar oralig‘i 3,5 F5, OF6, 5mm (igna tutgich, tepki, igna plastinasi va reykadan iborat almashtiriladigan qo‘shimcha detallari bor).
DURKOPP firmasi yana bir qator qo‘sh ignali mashinalarni, yani baxyaqatorlar oralig‘i 0 dan 12 mm gacha bo‘lgan, barcha turdagi kiyimlarni tikishga mo‘ljallangan mashinalarni ishlab chiqarmoqda.
Yana bir tanlangan qo‘shimcha tikuv mashinamiz JUKI. Ayollar va erkaklar ustki kiyim detallarini tikishga mo‘ljallangan.
Asosiy valining aylanishlar soni 5000 ayl/min. Baxyasining yirikligini 0 dan 4 mm gacha o‘zgartirish mumkin. Tepkisining ko‘tarilish balandligi 5,5 mm. DV*1,14 ignalari qo‘llaniladi. Bu mashina juda yuqori sifatli moki baxyali tikuv mashinalaridan hisoblanadi [5].



Yüklə 146,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə