Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari



Yüklə 34,03 Kb.
səhifə4/6
tarix18.05.2023
ölçüsü34,03 Kb.
#111197
1   2   3   4   5   6
DILNURA JINOYAT

11. Tabiiy radiatsiyaviy fon – kosmik nurlanish orqali hamda yerda , suvda , havoda biosferaning boshqa elementlarida , oziq ovqat mahsulotlarida va inson organizmida tabiiy ravishda taqsimlangan tabiiy radionukleidlarning nurlanishi orqali hosil bo’ladigan nurlanish dozasi.
12. Nurlanishning samarali dozasi deganda inson organizmi va uning alohida organlari nurlanishning uzoq oqibatlari ularning radiosezuvchanligini inobatga olgan holda yuzaga kelishi xavfining o’lchovi sifatida foydalaniladigan ionlashtiruvchi ionlashtiruvchi nurlanish ta’sirining o’lchami tushuniladi.
13. Texnogen ravishda o’zgargan radiatsiyaviy fon – inson faoliyati natijasida o’zgargan tabiiy radiatsiyaviy fon . Agarda radiatsiyaviy fonning o’zgarishi atrof – muhitning ifloslanishiga olib kelsa , u ijtimoiy xavfli deb topiladi.
14. Atrof – muhitning kimyoviy ifloslanishi – atrof tabiiy muhitning inson sog’lig’iga , tabiiy ekalogik tizimga , o’simlik va hayvonlarning genetik fondlari holatiga tahdid soluvchi kimyoviy moddalar , chiqindilar va boshqa turdagi kimyoviy ifloslanishini chiqarib tashlash oqibatida kelib chiqqan doimiy salbiy o’zgarishdir.
15. Atrof muhitning bakterealogik ifloslanishida tabiiy muhitda , atmosferada , suv yoki tuproqda hamda o’simlik va hayvonot olamida tabiiy ekalogik tizim , o’simlik va hayvonlarning genetik fondlari hamda insonlarning holati o’zgarishiga potensial yordam beruvchi bakterialogik moddalar bilan bog’liq doimiy salbiy o’zgarishlar yuz bergan yoki berishi mumkin bo’ladi.
16. Atrof muhitning inson hayoti yoki sog’ligiga yoxud tabiatiga xavfli bo’lgan boshqacha ifloslanishi deganda , radiatsiyaviy , kimyoviy yoki bakterialogik moddalar bilan bog’liq bo’lmagan , toksik va boshq amoddalarni tashlash yoki chiqarish oqibatida atrof muhit jiddiy o’zgaradigan iflosalnish tushuniladi (masalan, neft, gaz, ekinzor maydonalariga nazorat qilib bo’lmaydigan tarzda o’t ketishi va hakozolar).
17. Tahlil qilinayotgan modda dispozitsiyaga muvofiq , aholi sog’lig’ining holati to’g’risidagi ma’lumotlarni yashirish yoki buzib ko’rsatish ham jinoyat hisoblanadi.
Bunda aholi sog’lig’ining holati to’g’risidagi ma’lumotlar deganda , insonlarning epidimialogik xususiyatga ega va sog’lom kishilarda kasallikni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan kasalliklar to’g’risidagi ma’lumotlar tushunilishi darkor.

Yüklə 34,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə