Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari



Yüklə 34,03 Kb.
səhifə5/6
tarix18.05.2023
ölçüsü34,03 Kb.
#111197
1   2   3   4   5   6
DILNURA JINOYAT

18. Jinoyatni tugallangan deb topish uchun, ma’lumotlarni yashirish yoki buzib taqdim etish natijasida sharhlanayotgan moddaning dispozitsiyasida ko’rsatilgan oqibatlar aholining ommaviy kasallanishi , hayvonlar , parranadalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og’ir oqibatlar kelib chiqqan bo’lishi kerak . Boshqa hollarda ma’muriy javobgarlik yuzaga keladi.
Aholining ommaviy kasallanishi deganda , ikki yoki undan ortiq shaxsda organizmning bialogik xususiyatlarida patalogik o’zgarishlar ro’y berishi, sog’liqning jismoniy , ruhiy yoki boshqacha buzilishi tushuniladi.
Hayvonlar , parrandalar yoki baliqlarning ommaviy qirilib ketishi deganda , bir vaqtning o’zida hayvonlar , parrandalar yoki baliqlarning bir yoki bir necha turlari muayyan hududda , bir yoki bir necha obyektlarda ko’p miqdorda nobud bo’lishi tushuniladi. Bunda nobud bo’lishning ommaviyligi hayvonlar , parrandalar yoki baliqlarning turlari, ularning qayta tiklash darajasiga qarab , har bir muayyan hodisadan kelib chiqib aniqlanadi.
Boshqa og’ir oqibatlar deganda , ko’p va juda ko’p miqdorda moddiy zarar yetkazish , aholini ko’chirish , bino va boshqa xo’jalik obyektlarni buzish zaruriyati, ulardan to’g’ri maqsadga muvofiq foydalanishning iloji yo’qligi , biror -bir hayvon yoki o’simlik turning yo’q bo’lishi tushuniladi.
19. Kelib chiqqan oqibat bilan ekalogik oqibatli falokat yoki atrof muhitning radiatsiyaviy , kimyoviy , bakterialogik va insonlar hayoti yki sog’lig’i uchun yoxud tirik tabiat uchun xavfli bo’lgna boshqa ifloslanishga olib kelgan aholi sog’lig’ining holati tog’risidagi ma’lumotlarni o’z vaqtida va to’liq taqdim etish majburiyatini buzish o’rtasidagi sababiy bog’lanish jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanadi.
20.Subyektiv tomondan jinoyat to’g’ri yoki egri qasddan sodir etiladi . Aybdor shaxs o’z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglaydi , uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini ko’zi yetadi va ularning yuz berishini istaydi va ongli ravishda ularning yuz berishiga yo’l qo’yadi.
Bunday ma’lumotlarni ehtiyotszilikdan taqdim etmaslik yoki ularni buzib taqdim etish jinoyat tarkibini bermaydi.
21. Sharhlanayotgan jinoyatning subyekti 18 yoshga to’lgan , yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etishga maxsus vakolatli bo’lgan shaxs bo’lishi mumkin . Bunday shaxslarga rahbarlar , ularning o’rinbosarlari , bosh muhandislar , atrof muhitni muhofaza qilish inspektorlari hamda atrof muhitning ehtimol tutilgan ifloslanishi bilan bog’liq bo’lgan ishlar xavfsizligiga mas’ul bo’lgan , bunday ma’lumotlarni mustaqil ravishda taqdim etish huquqiga ega korxona xodimlari kiradi. Tegishli ma’lumotlarni taqdim etish davlat , idora , jamoat muassasasi hamda mulkchilik shaklidan qat’i nazar , korxona , tashkilot va muassasasi ishchilarining u yoki bu xizmat vakolatlarini belgilab beruvchi qonun , ustav ( ta’sis hujjatlari va ichki nizom), ko’rsatma , buyruqlarga ko’ra ularning majburiyati hisoblanadi. Sharhlanayotgan harakatni sodir qilganlik uchun muayyan shaxsning javobgarligi to’g’risidagi masala ko’rilayotganda ekalogik oqibatli falokat yoki atrof muhitning radiatsiyaviy , kimyoviy, bakterialogik va insonlar hayoti yoki tirik tabia tuchun xavfli bo’lgan boshqa ifloslanish , aholi sog’lig’ining holati to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etish bo’yicha majburiyatni belgilash maqsadida local normativ hujjatlardan ham foydalanish zarur .
Sharhalanayotgan modda ma’nosida maxsus vakolatga ega mansabdor shaxs – bu faoliyatini atrof tabiiy muhit holati yomonlashishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo’lgan davlat organlarining hamda korxona , muassasa , tashkilotlarning mansabdor shaxslari.
O’zbekiston Respublikasida ekologiya , atrof -muhitni muhofaza qilish , tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasidagi davlat boshqaruvi qonunlar va boshqa normativ -huquqiy hujjatlarga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi , O’zbekiston Respublikasi Ekalogiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi , mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.3
Subyektning javobgarligi to’g’risidagi masalani hal qilishda ekologik oqibatlar yoki radiatsiyaviy , ximiyaviy , bakterialogik yoxud inson hayoti yoki sog’lig’i , shuningdek, tirik tabiat uchun xavfli bo’lgan atrof -muhitning ifloslanishi to’g’risidagi boshqa ma’lumotlarni berish bo’yicha majburiyatlarini aniqlash maqsadida idoraviy normativ hujjatlardan foydalanish lozim.
22. Agar JKning 194-moddasi 1-qismi dispozitsiyasida ko’rsatilgan harakatlar natijasida bitta odam o’lsa ham sharhlanayotgan moddaning 2-qismi bo’yicha javobgarlik yuzaga keladi.

Yüklə 34,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə