Mirzamatov Muxtorjon Mavzu: Epilepsiya



Yüklə 65,87 Kb.
səhifə8/23
tarix30.12.2023
ölçüsü65,87 Kb.
#166287
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Mirzamatov Muxtorjon

Prognozi.

  • Xurujlar bir necha haftadan so‘ng asoratlarsiz to‘xtaydi.
  • Deyarli 70 % holatlarda xurujlar bola 6 haftalik bo‘lgach o‘tib ketadi.
  • Ba’zan bola 3–4 oyga yetgach, xurujlar qayta takrorlanishi mumkin.
  • Ushbu kasallik 10 % holatlarda epilepsiyaning boshqa turlariga o‘tadi.
  • Davolashda, asosan, fenobarbital qo‘llaniladi. Bu dori tana vaznidan kelib chiqib kuniga 5 mg/kg dan beriladi.

ERTA BOLALIK DAVRINING XAVFSIZ KECHUVCHI MIOKLONIK EPILEPSIYASI

  • Etiologiyasi.
  • Etiologiyasi noma’lum. Kam uchraydi. Asosan, o‘g‘il bolalar kasallanishadi.
  • Kasallik 1–2 yoshgacha bo‘lgan davrda boshlanadi. Ba’zi bemorlar oilasida epilepsiya bilan kasallanganlar bo‘ladi.
  • Klinikasi. Asosan, tarqalgan mioklonik xurujlar bilan kechadi.
  • Nevrologik va psixik (psixomotor) buzilishlar kuzatilmaydi.

Tashxis va qiyosiy tashxis.

  • Tashxis qo‘yishda kasallikning boshlangan davri, xurujlar xususiyati va EEG ko‘rsatkichlariga asosiy e’tibor qaratiladi. EEG da bilateral-sinxron tipdagi o‘tkir to‘lqinlar, piklar, o‘tkir va sekin to‘lqinlar kompleksi aniqlanadi. Qiyosiy tashxis uyqu paytida kuzatiladigan fiziologik miokloniyalar bilan o‘tkaziladi.
  • Miokloniyalar turli metabolik buzilishlar (fenilketonuriya), serebral ishemiya (insult) va infeksiyalarda (ensefalit) kuzatiladi. Ba’zida ushbu kasallikni Uest sindromi bilan farqlashga to‘g‘ri keladi. Epileptik miokloniyalarni EEG va MRT tekshiruvlari yordamida aniqlab olish mumkin.

Davosi va prognozi.

  • Davosi va prognozi.
  • Asosan, valproatlar qo‘llaniladi. Odatda, to‘la tuzalish kuzatiladi. Biroq epileptik xurujlar keyinchalik qayta qo‘zg‘alishi mumkin. Prognoz yaxshi.

BOLALAR ABSANS EPILEPSIYASI

  • (BAE) – tarqalgan idiopatik epilepsiyaning eng ko‘p uchraydigan turi. BAE 2–10 yoshgacha bo‘lgan davrda rivojlanadi. Biroq, uning eng ko‘p uchraydigan davri 4–7 yoshga to‘g‘ri keladi. Qizlar ko‘p kasallanishadi.
  • BAE naslga bog‘liq bo‘lib, ularda epilepsiyani yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan boshqa etiologik omillar aniqlanmaydi. BAE autosom dominant tipda ham, autosom-resessiv tipda naslga uzatilishi mumkin.
  • Naslga uzatilishning boshqa tiplari hali o‘rganilmoqda.

Yüklə 65,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə