Mirzamatov Muxtorjon Mavzu: Epilepsiya



Yüklə 65,87 Kb.
səhifə5/23
tarix30.12.2023
ölçüsü65,87 Kb.
#166287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Mirzamatov Muxtorjon

ABSANSLAR

  • Absans (frans. absense – yo‘q bo‘lmoq, yo‘qolmoq) – hushning juda qisqa vaqt (2–30 soniya) yo‘qolishi bilan namoyon bo‘luvchi epileptik xuruj. Absanslar tutqanoq xurujlarisiz namoyon bo‘ladi va juda qisqa vaqt davom etadi. Ular ko‘p takrorlanadigan epileptik xurujlar sirasiga kiradi. Masalan, BAE da bir kunda 50 yoki 100 dan ortiq absans hurujlari ro‘y beradi. Absanslar uchun EEG da simmetrik tarzda namoyon bo‘luvchi chastotasi 3 Gs bo‘lgan pik-to‘lqinli faollik juda xos.
  • Bunday epileptik faollik absanslar bilan kechuvchi turli epileptik sindromlarda kuzatiladi. Bunday epilepsiya bolalar va o‘smirlarda juda ko‘p uchraydi. Absanslarda aura kuzatilmaydi.
  • Absanslar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi.

Oddiy absansda bemor bir nuqtaga qarab qotib qoladi. Bu paytda uning qorachiqlari kengayadi, yorug‘likka ta’sirlanmaydi, yuzi oqarib ketadi. Bemor nima ish qilayotgan bo‘lsa, shu holatda qotib qoladi, ya’ni gapirayotgan bo‘lsa, gapirishdan, yozayotgan bo‘lsa, yozishdan, rasm chizayotgan bo‘lsa, rasm chizishdan to‘xtaydi va h.k. Biroq u muvozanatini yo‘qotmaydi, yiqilib tushmaydi. Demak, xuruj paytida bemor qanday vaziyatda bo‘lsa, shu holatda haykaldek qotib qoladi. Oddiy absanslardan so‘ng bemorning tobi qochmaydi, ish faoliyati susaymaydi, u xuddi sog‘lom odamdek o‘z faoliyatini yana davom ettiraveradi.

  • Oddiy absansda bemor bir nuqtaga qarab qotib qoladi. Bu paytda uning qorachiqlari kengayadi, yorug‘likka ta’sirlanmaydi, yuzi oqarib ketadi. Bemor nima ish qilayotgan bo‘lsa, shu holatda qotib qoladi, ya’ni gapirayotgan bo‘lsa, gapirishdan, yozayotgan bo‘lsa, yozishdan, rasm chizayotgan bo‘lsa, rasm chizishdan to‘xtaydi va h.k. Biroq u muvozanatini yo‘qotmaydi, yiqilib tushmaydi. Demak, xuruj paytida bemor qanday vaziyatda bo‘lsa, shu holatda haykaldek qotib qoladi. Oddiy absanslardan so‘ng bemorning tobi qochmaydi, ish faoliyati susaymaydi, u xuddi sog‘lom odamdek o‘z faoliyatini yana davom ettiraveradi.

Murakkab absanslarda hushning yo‘qolishi turli xil, ya’ni mioklonik, tonik, atonik va vegetativ komponentlar bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. Murakkab absanslar oddiy absanslarga qaraganda biroz murakkab kechadi, hushni yo‘qotish uzoqroq (20–30 soniya) davom etadi, yiqilib tushishlar ko‘p bo‘ladi. Hech qanday aurasiz namoyon bo‘luvchi bunday xurujlar sababli bemor ko‘p tan jarohatlari oladi. Shuningdek, murakkab absanslar turli xil avtomatizmlar bilan namoyon bo‘ladi, ya’ni bemor o‘zicha nimalarnidir gapiradi, mimik muskullari bilan qandaydir imo-ishoralar qiladi, qo‘l-oyoqlari bilan shart bo‘lmagan turli harakatlarni bajaradi. Avtomatizmlar paytida bemorning hushi karaxt holatda bo‘ladi, nimalar qilayotganini o‘zi bilmaydi va eslab ham qolmaydi. Murakkab absanslar ichida eng ko‘p uchraydigani mioklonik va tonik absanslardir.


Yüklə 65,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə