Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment



Yüklə 186,05 Kb.
səhifə6/14
tarix09.06.2022
ölçüsü186,05 Kb.
#89240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
00-99 66

4. Personal lizingi - Personal lizingi xizmatlarini bir tushuncha birlashtiradi – agentlik bandligi qarz mehnat shakli sifatida. Agentlik bandligi – bu ish beruvchining barcha funktsiyalarini o'z zimmasiga olib, qandaydir ishni bajarish uchun buyurtmachi-kompaniyalarga xodimlarni taqdim etish bo’yicha rekruting agentligining faoliyat turidir. Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda agentlik bandligi ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruh kompaniya tashqarisiga "chiqariladigan” yoki sohasi bo’lmagan ma'lum vazifalar yoki biznes jarayonlarni amalga oshirish bilan bog’liq. Ikkinchi guruh kadrlar etkazib berish bilan bevosita bog'liqdir. Personal lizingi (ingliz tilidan personal leasing) - rekruting agentligi o'z nomidan ishchilar bilan mehnat shartnomasini tuzadigan va keyin ularni buyurtmachi kompaniyaga 3 oy yoki undan ko'proq muddatga ishlashga yo'naltiradigan rekrutment sohasidir.
Buyurtmachi kompaniya uchun personal lizingining afzalliklari ravshan:
- kompaniyaning biznes jarayonlarini optimallashtirish (tashkilotning yoki uning alohida bo'linmalarining matritsa / loyiha tuzilmasi);
- malakali kadrlarni yo'qotmasdan lavozim jadvalini qisqartirish;
- turli xil loyihalarni lizing asosidagi mutahassislar bilan, ularni kompaniya lavozim jadvaliga rasmiylashtirmasdan amalga oshirish;
- xodimlarga xarajatlarni kamaytirish va shunga mos ravishda mahsulot tannarxini pasaytirish;
- ish joyini tashkil qilish va unga xizmat ko’rsatishni iqtisod qilish;
- lizingga olingan xodimlar oldida ijtimoiy kafolatlar bo'yicha majburiyatlarning yo'qligi;
- turib qolishlar yo'qligi (lizingga olingan xodimini almashtirish uchun bepul kafolat);
- ish haqi fondini hisoblashda soliq yo'qotishlarini minimallashtirish;
- maqbul lizing bo'yicha mutaxassisni kompaniya lavozim jadvaliga o’tkazish imkoniyati.

1.rasm – Personal lizingi xizmatining umumiy ko’rinishi
Ta'kidlash joizki, xorijiy rekruting agentliklari, mahalliy kompaniyalardan farqli o'laroq, nafaqat lizing mutaxassislarini izlash va saralash bilan cheklanib qolmay, balki ayni vaqtda aniq buyurtma mavjud bo'lishidan qat'i nazar, bozor ehtiyojlariga muvofiq o'z lizing salohiyatini shakllantiradilar. Provayder agentliklar iqtidorli yosh mutaxassislarni tanlab olishadi va ularga keyinchalik yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj sezadigan kompaniyalar bilan ijara munosabatlarini o'rnatish uchun sarmoya kiritadi.Personal lizingi uchta turdagi shartnomalarni tuzishni nazarda tutadi: agentlik-provayder tomonidan personal lizingi bo'yicha xizmat ko'rsatish shartnomasi (fuqarolik huquqiy tabiat); lizing beruvchining lizing bo'yicha mutaxassis bilan tuzgan mehnat shartnomasi; moliyaviy javobgar shaxslar bo'lgan lizing mutaxassislari bilan javobgarlik shartnomasi.
Shu bilan birga, esda tutish kerakki, Fuqarolik Kodeksda personal lizingi shartnomasini tuzish imkoniyati to'g'risida to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatmalar mavjud emas. Bundan tashqari, yuridik nuqtai nazardan, "personal lizingi" atamasi noto'g'ri, chunki O’zbekiston qonunchiligida fuqarolik huquqi ob'ektlari ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, san’at asarlari va intellectual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy o'z ichiga oladi (O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 81-moddasi). Shunga ko'ra, personal fuqarolik ob’ekti bo’lishi mumkin emas. O'z navbatida, bu O’zbekistonda personal lizingi xizmati noqonuniy degani emas. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 354-moddasi 3-bandlariga muvofiq taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari mumkin. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga qo'shimcha ravishda, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining matnida xodimlarni taqdim etish xizmatlari haqida bilvosita eslatma mavjud. Masalan, 145-modda 1-bandiga binoan boshqa xarajatlarga ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish uchun yoki soliq to’lovchining faoliyati bilan bog’liq boshqa vazifalarni bajarish uchun o’zga yuridik shaxslar tomonidan xodimlarni (texnik personalni) taqdim etishga doir xizmatlar xarajarlari kirishi belgilangan.
Xodimlarni ijaraga berish muddati bo’yicha uzoq muddatli va qisqa muddatli lizingga ajraliladi. Uzoq muddatli personal lizingi - rekruting agentligi lavozim jadvalida bir necha oydan bir necha yilgacha ishlaydigan xodimlarning buyurtmachi kompaniya tomonidan ijaraga olinishi. Ushbu turdagi lizing asosan mamlakatda o'z vakolatxonalarini tez ochishni va o'z faoliyatini boshlamoqchi bo'lgan xorijiy kompaniyalar yoki mintaqaviy filiallar tarmog'ini yaratadigan mahalliy kompaniyalar tomonidan qo'llaniladi.



    1. Yüklə 186,05 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə