Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment


I.BOB. Rekrutment va zamonaviy rekrutment usullari va ularning mohiyati



Yüklə 186,05 Kb.
səhifə3/14
tarix09.06.2022
ölçüsü186,05 Kb.
#89240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
00-99 66

I.BOB. Rekrutment va zamonaviy rekrutment usullari va ularning mohiyati.
1. Klassik rekrutment. Klassik yoki passiv rekrutment - bu vakolatlar va majburiyatlarning standart to'plamiga ega bo'lgan o'rta darajadagi mutaxassislarni (masalan, savdo menejeri, buxgalter, yordamchi menejer, advokat va boshqalar) topish uchun klassik vositalardan foydalanadigan rekrutment yo’nalishi. Klassik rekrutmentda passiv qidiruv vositalari - bosma ommaviy axborot vositalari, o'z ma'lumotlar bazasi, ish saytlari, ixtisoslashgan forumlar, ijtimoiy tarmoqlar qo'llaniladi. Bunday holda, rektuter faol ish qidirishda bo'lgan nomzodlarni qidiradi.
Klassik rekrutmentni amalga oshirishning asosiy bosqichlari:
1) buyurtmachi kompaniyasi bilan muzokaralar olib borish;
2) nomzodlarni qidirish (mehnat bozorini o'rganish va bo'sh ish joylari to'g'risidagi reklama);
3) saralash intervyularini o'tkazish;
4) buyurtmachiga nomzodlarni taqdim etish;
5) finalchini motivatsiya qilish;
6) moslashuv.
Ushbu xizmatning narxi rekrutmentning boshqa yo’nalishlariga nisbatan past va odatda tanlangan mutaxassisning 1,2-1,5 ish haqi yoki nomzodning o'rtacha yillik daromadining 12 foizini tashkil etadi. Agar o'rtacha oylik daromadning katta qismi foizlar yoki bonus ko’rinishidagi tarkibiy qismlaridan kelib chiqsa, u holda belgilangan shartnoma qiymati o’rnatiladi. Rekruting agentligi asosan ish bilan band bo'lganlarning miqdoriy ko'rsatkichlariga e'tibor qaratadi. O'z navbatida, nomzodni muvaffaqiyatli tanlashning narxi katta bo'lishi mumkin.
2.1-jadvalda klassik rekrutment xizmatlarining loyihaviy qiymati ko'rsatilgan.
2.1-jadval – N rekruting agentligida mutaxassislar va o'rta menejerlarni tanlash uchun taxminiy narxlar ro'yxati
Klassik rekrutment Narx
Buyurtma monitoringi va motivatsiya tizimini ishlab chiqish 0 ish haqi
Reklama joylashtirish 0.03 ish haqi
Ochiq manbalar bo’yicha qidirish 0.1 ish haqi
Ma'lumotlar bazasi bo’yicha qidirish 0.14 ish haqi
Telefon orqali intervyu 0.2 ish haqi
Shaxsiy intervyu 0.7 ish haqi
Tavsiyalar to'plash 0.1 ish haqi.
Nomzodning ishga chiqishi va 1 oylik kafolat 0.8 ish haqi Klassik rekrutment texnologiyasidan foydalanganda, provayder agentligi tajribasiga qarab, natija 10-40% ni tashkil qiladi. Klassik rekrutmentda, shartnomaga muvofiq xodimni bepul almashtirish uchun kafolat muddati - 3 oy.

Yüklə 186,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə