Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an'analarning qayta tiklanishi. Reja


Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar



Yüklə 53,83 Kb.
səhifə2/4
tarix23.03.2023
ölçüsü53,83 Kb.
#102978
1   2   3   4
MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN\'ANALARNING QAYTA TIKLANISHI.

2. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar. Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining uzluksizligini ta'minlash uchun xalqni bir maqsad yo‘lida birlashtirish muhim ahamiyatga egadir. O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan sobiq sovetlar tuzumining mafkuraviy aqidalaridan voz kechish lozim edi. Sovet mafkurasi kommunistik partiyaning g‘oyalariga tayanuvchi va sovet totalitar rejimining g‘oyaviy tayanchi funksiyasini bajarar edi. Bu mafkura qadimiy va boy tarixiy ma'naviy qadriyatlarga ega xalqning manfaatlariga mos kelmaydigan mafkura edi. Shu sababli undan voz kechildi. Mustaqillik mafkurasining konseptual asoslari hali yaratilmagan. Buning ustiga xalqimizning milliy mentaliteti mustamlakachilik davrlarida jiddiy deformatsiyaga uchragandi.
Bunday sharoitda, ya'ni amaldagi mafkuradan voz kechilgan, yangi mafkuraning konseptual tamoyillari ishlab chiqilmagan bir sharoitda izchil oilaviy tarbiya ko‘rmagan, o‘zligini anglab olishga ulgurmagan ayrim yoshlarimiz ongida mafkuraviy bo‘shliq (vakuum) hukm surardi. Bunday yoshlarni begona mafkuralar ta'siridan himoyalash ham dolzarb vazifa bo‘lib qoldi.
Mustaqillik arafasida (oshkoralik davrida) va mustaqillikning ilk davrida turli ekstremistik oqimlar va diniy-konfessional yo‘nalishdagi missionerlik tashkilotlari mafkuraviy qadriyatlari shakllanmagan soddadil yoshlarimizni o‘z saflariga qo‘shib olishga harakat qilishdi va bunga erishishdi ham. Bu mamlakatimiz mafkuraviy mustaqilligini saqlashga, mamlakatda barqaror tinchlikni ta'minlashga qarshi katta xavf edi. Ayniqsa, ko‘p millatlar va elat vakillari yashaydigan, turli din va diniy konfessiyalarga e'tiqod qiladigan bizning yurtimizda millatlararo, dinlararo mojarolar boshlanib ketish xavfi keskinlashishi mumkin edi. Buning ustiga xalqimiz 70 yillik kurashchan ateizm hukmronligi davrida musulmonchilik an'analaridan ham birmuncha begonalashgan edi. Mustaqillik munosabati bilan mamlakatimizda diniy e'tiqod erkinligiga keng yo‘l ochildi. Bu masalada O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992 yil 2 iyulda so‘zlagan nutqida shunday degan edi: “Dinga, diniy tashkilotlarga keng yo‘l ochib berildi. Buyuk hajga ilgari nari borsa besh-olti kishi borardi. Endi har yili minglab odamlar muqaddas joylarga emin-erkin ziyoratga borishyapti. Din odamzodni hyech qachon yomon yo‘lga boshlamaydi. Din bu dunyoning o‘tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam bolasini hushyor bo‘lishga, harom yo‘llardan uzoq yurishga, yaxshi bo‘lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi. Biz dinga bundan keyin ham barcha shart-sharoitlarni yaratib beramiz. Diniy rasm-rusumlarga, bayramlarga, diniy tarbiya va ta'limga doimo jiddiy e'tibor beriladi”. (O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti ilgari surgan bu g‘oyalar bugungi kunda Sh.M.Mirziyoyev muvaffaqiyatli ravishda amaliyotga tatbiq etmoqda).
Dinga bunday demokratik yondashuvni o‘sha davrda hamma ham to‘g‘ri qabul qilmasdi. Yurtimizda e'tiqod erkinligi qaror topishi bilan xalqimiz emin-erkin ibodatlarini davom ettira boshlashdi, ammo, an'anaviy diniy ibodatlar bilan fundamentalistik g‘oyalarni ajrata olmaydigan ba'zi yoshlar va soddadil kattalar dinni biryoqlama tushuna boshladi. Bunday kishilar ongiga diniy qadriyatlar sifatida turli xil diniy aqidaparastlik g‘oyalari bilan mutaassiblashgan oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalar ham suqilib kira boshladi. Bunday vaziyatda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining konseptual asoslarini ishlab chiqish hayotiy zaruriyatga aylandi.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga alohida e'tiborni qaratdi. Islom Karimovning jamoatchilik oldidagi chiqishlarida milliy manfaatlar, milliy istiqlol, vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va milliy mentalitet masalalariga asosiy e'tibor qaratilgan edi. Buni ayrim siyosatdonlar Islom Karimovning millatchilikka yo‘l ochishi deb talqin eta boshlashdi. Ammo o‘zbek xalqining asrlar davomidagi ezgu niyati mustaqil davlatchiligimizni rivojlantirish, milliy manfaatlarni himoya qilish yo‘li bilan amalga oshishi oddiy haqiqat edi.
Xalqni milliy manfaatlar himoyasi yo‘lida birlashtirish uchun xalqning mafkuraviy konsepsiyasini ishlab chiqishi lozim edi. Bu hayotiy zaruriyatni chuqur anglagan I.A.Karimov o‘zining asarlar to‘plamining 1-jildini “O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” deb atadi. Bu kitobda O‘zbekistonning barcha sohalardagi milliy manfaatlari o‘z ifodasini topgan edi.
I.Karimov milliy mafkuraning konseptual asoslarini ishlab chiqish lozimligiga alohida e'tibor berib, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan kunning bir yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali majlisda shunday dedi: “Asosiy qonunimizda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivoj-lanadi, deyilgan. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilishi mumkin emas. Bu konstitutsiyaviy qoida bizning oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini qo‘yadi.
Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an'analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma'rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishga xizmat qilishi lozimligini hyech qachon unutmaylik“. Haqiqatdan ham bu masala nihoyatda dolzarb masala edi. I.Karimovning keyingi maqolalarida, ayniqsa, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri Erkin A'zamov bilan suhbatda milliy mafkura masalasi bosh mavzu sifatida muhokama qilindi. Bu suhbatda mafkuraning mohiyati, uning asosiy vazifalari, totalitar mafkuraning oqibatlari. Jahondagi mafkuraviy jarayonlar, mafkuraviy poligonning har qanday harbiy poligonlardan xatarli ekanligi. Milliy mafkuraning xususiyatlari va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, mafkuraviy bo‘shliqning vujudga kelish sabablari, mafkuraviy immunitet va uning jamiyat barqarorligini ta'minlashdagi o‘rni, milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirish yo‘llari, mafkurasizlik, mafkuraviy nigilizm va boshqa masalalar bu suhbatda muhokama qilingan.

Yüklə 53,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə