Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an'analarning qayta tiklanishi. Reja



Yüklə 53,83 Kb.
səhifə4/4
tarix23.03.2023
ölçüsü53,83 Kb.
#102978
1   2   3   4
MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN\'ANALARNING QAYTA TIKLANISHI.

Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi;
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan;
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida komp'yuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan;
To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan;
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalariga bag‘ishlanadi.
Bugungi kunda dunyo xalqlari o‘z milliy madaniyati, ma'naviyatini o‘rganish, targ‘ib qilish, boy an'analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro festivallar, ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish, tadqiqotlar olib borish borasida jiddiy harakatlar olib bormoqda. Bunda YUNESKO xalqarotashkilotining o‘rni kattadir. Bu tashkilot tashabbusi bilan nomoddiy, ma'naviy, madaniy meros ob'ektlarini o‘rganish, tadqiq etish masalasiga jiddiy e'tibor berilmoqda. Tashkilotning “Ipak yo‘li-muloqot yo‘li”, “Musiqa tinchlik uchun”, “XX asr durdonalari ro‘yxati” loyihalari doirasidagi tadbirlarni alohida ta'kidlash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni, 2017 yil 3 avgust kuni O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvidagi “Adabiyot va san'at madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir” mavzusidagi nutqi, 2017 yil 15 avgustdagi ”O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori, 2017 yil 31 maydagi “Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doirchora-tadbirlarto‘g‘risida”gi qarori, 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi, 2017 yil 8 avgustdagi “O‘zbekiston Davlat konservatoriyasifaoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori, 2017 yil 16 oktyabrdagi “Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish haqida”gi qarori, 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi nutqlari, qaror va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 sentyabrdagi “Ta'lim tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi, 2018 yil 26 apreldagi “Baxshichilik va dostonchilik san'atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari va sohaga doir ishlarni yuqori pog‘onaga ko‘tarishda varivojlantirishda oid qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi va izchillik bilan hayotga tatbiq etilmoqda.
Yüklə 53,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə