Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda oila va maktab ta’lim hamkorligi


boylangan jon ila tan kabidir. Chunki dars oluvchi



Yüklə 64,94 Kb.
səhifə4/8
tarix19.12.2023
ölçüsü64,94 Kb.
#153523
1   2   3   4   5   6   7   8
Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda oila va maktab ta’lim-fayllar.org

boylangan jon ila tan kabidir. Chunki dars oluvchitarbiya oluvchi, amal qiluvchi demakid”.

Abdulla Avloniy

Inson shaxsi shakllanishida tarbiya ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi. Umuman aytganda, tarbiya ta’lim berish jarayonining barcha ma’rifiy majmuasini ham vazifasini ham o‘z ichiga oladi. Har qanday ta’lim, tarbiya bilan uyg‘unlashgandagina yetuk ma’naviyatga zamin bo‘ladi.


Tarbiya, xususan milliy tarbiya xaqida so‘z borganda, bu tushunchaning mohiyati ustida alohida to‘xtab o‘tish lozim. Tarbiya so‘zi asli arabcha bo‘lib, “Parvarish qilish, ta’lim berish, o‘rgatish” degan ma’noni anglatadi. Tarbiyachi esa yuqoridagi maqsadlarni amalga oshiruvchi shaxsdir. Mukammal tarbiya berish ma’naviy kamolotning barcha jabhalarini rivojlantirish uchun sub’ektiv omil bo‘lib, unga asos ham yaratadi Shuning uchun hamma davrlarda ham tarbiyachilar yoshlarni axloqi va odobi, iymoni va vijdoni, bilimi hamda malakasini davr talablari va ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirib shakllantirishga harakat qilganlar. Shunga ko‘ra, “har qanday tarbiya jarayoni oxir-oqibat, o‘z maqsad va mohiyatiga ko‘ra g‘oyaviy tarbiyadir10.
Sog‘lom g‘oyaviy tarbiya – yuksak dunyoqarash va e’tiqod tarbiyasini ham anglatadi. Shu o‘rinda tarbiya hamda ta’lim beruvchining shaxsiy sifati hamda o‘z ishiga fidoyiligi bu masalada g‘oyat muhim ekanligini unitmaslik kerak.

Shayxning (tarbiyachining) muridini tarbiyalash kaliti - yerdan ungan ne’matning yaxshi hosil bermog’i uchun dehqon uning atrofini begona o’tlar, tikanlardan tozalagani kabi bir hol”.



G‘azzoliy

Olimlarning ta’kidlashicha, informatsion yoki psixologik xurujlar ikki muhim ob’ektga zarba berishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu, birinchidan, kompyuterlar va ma’lumotlar tizimidir, chunki bugun hayotni axborot texnologiyalarisiz, Internetsiz tasavvur qilish qiyin. Ikkinchidan - har birimizning individual ongimiz hamda barchamizga xos bo‘lgan va biz amal qiladigan ijtimoiy xatti-harakat normalariga ta’sir alohida e’tiborga olinadi.


Ma’lumotlar asri bo‘lgan XXI asrda psixologik urush va informatsion xurujlar ham ayrim geosiyosiy kuchlar qo‘lida o‘z gegemonligini o‘tkazishning o‘ziga yarasha ta’sir vositasi bo‘lib bormoqda. Ular aksariyat xollarda yoshlar auditoriyasiga qaratilgan, chunki bunday urushning mohiyati raqibni oson yo‘l bilan, qarshiliksiz yengishdir. Ya’ni, ma’lumotlar oqimi shunday yetakziladiki, ma’lumotni qabul qiluvchi shaxs qarshilik ko‘rsatish bema’ni ish ekanligiga ishonib qoladi. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari orqali ataylab qarama-qarshi xarakterdagi ma’lumotlar poyma-poy beriladiki, bu ham oxir-oqibat odamlarning ma’naviy idroki susayishiga olib keladi. Demak, bu xarakatlarning barchasi tinglovchi, tomoshabin yoki o‘quvchining fikrini o‘zgartirishga qaratilgandir.
Dunyoqarashimizga hamoxang tarzda shakllanib borayotgan amaliy hatti-harakatlarimizda yangiliklar shu qadar ko‘pki, ularni oxirgi paytda ijtimoiy innovatsiyalar tushunchasi orqali izohlamoqdamiz.
Ijtimoiy innovatsiyalar - bu inson aqli va kuchi, ma’naviy dunyosini mutanosibligi sharoitida uning mohiyatini saqlash, himoya qilish, takomillashtirish, samaradorligiga erishish yo‘llarini ko‘rsatuvchi qarashlar majmui bo‘lib, u bugungi kunda har birimizning turli tashqi va ichki ma’naviy tazyiqlardan himoyalanishimizning kafolatlarini belgilaydi.
Shu ma’noda globalizatsiya sharoitida milliy ta’lim-tarbiyaning texnologik xususiyatlarini belgilashda quyidagilarni e’tibordan qochirmaslik lozim:

Maqsadlarimizga erishish, yangi, demokratik jamiyat qurish islohotlarning taqdiri qanday intelektual kuchlarga egaligimizga, yoshlarimiz qanday madaniy va professional saviyaga erishganligiga, qanday ideallarga e’tiqod qilishiga, ma’naviy jihatdan qanchalik boyishiga bog’liqdir. Shu bois aholining ma’lumot olish imkoniyatini oshirish, milliy tiklanish g’oyasini amalga oshirishga qodir yangi avlodni tarbiyalash eng muhim vazifalarimizdan biridir... Islom Karimov. (“Ozbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” asaridan).
1. Munosib turmush kechirishga bo‘lgan intilishning unga erishishga olib keluvchi aniq maqsad-muddaolar, maslaklar, fikrlash tarzi bilan uyg‘unligi. Ya’ni, bugungi iqtisodiy islohotlarning aniq samarasi har bir oila, shaxs manfaatiga mutanosibligini ta’minlashning milliy g‘oyaga bevosita bog‘liq jihatlarini har bir fuqaro ongiga yetkazish. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, mamlakatimiz har bir fuqarosi halol mehnat qilmagan inson ma’naviy-axloqiy kamolotga erishishi mumkin emasligini, farovon hayotga erisha olmasligi g‘oyasini anglab yetishiga ko‘maklashish zarur. Barcha ezguliklarning boshlanishi tinimsiz izlanish, ilm o‘rganish, ya’ni, mehnat ekanligi bizlarga ajdodlarimizdan qolgan meros ekanligini unutmasligimiz darkor.
2. Jamiyatdagi tub islohotlar, global o‘zgarishlar har bir fuqaroni bir qarashda noaniqlik, anglashilmovchilik vaziyatiga solishi muqarrar. Shunda unga milliy g‘oya kerak bo‘ladi, ya’ni, millatning manfaatini ifodalovchi g‘oya aniq bilim, tafakkurga tayanib oqilona ish ko‘rishga, tavakkal qilmaslikka, hayotda qoqilmaslikka undaydi. Chunki noaniqliklar, mavhumliklar inson qalbidagi xatarning belgisini bildirsa, uning aksi bo‘lmish milliy manfaatga mos harakatlar xavfsizlikning kafolatlari ramzi sifatida odamni yashashga, o‘z layoqati va iste’dodini to‘la namoyon etishga zamin yaratadi.
3. Milliy g‘oya har bir fuqaroga jamiyat normalari, u ishlab chiqqan qonunlar doirasida yashashga, o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani birovlarga ham ravo ko‘rmay yashashga qrgatadi. Shu ma’noda milliy g‘oyamiz har bir inson manfaatini xalq va millat manfaati bilan shu qadar uyg‘unlashtiradiki, bu xolat huquqiy ongning shakllanganlik darajasida belgilanadi. Biz qurayotgan erkin jamiyat, huquqiy davlat har bir fuqaroning maqsad-muddaolariga mosl bo‘lib, uning istiqbolini qonunan kafolatlaydi.
4. Mustaqillik va erkinlik, qonuniy kafolatlar odamlarni turli vaziyatlarda nostandart qarorlar chiqarishga, o‘z fikr-mulohazalarini erkin, mustaqil bayon etishga imkon beradiki, bu o‘z navbatida milliy mafkuraning takomiliga xizmat qilsa-da, ikkinchi tomondan, ijtimoiy fikrda ayrim evrilishlarday idrok etilishi mumkin. Shunday vaziyatlarda ham xalq ongiga milliy g‘oyaning singishi turli vaziyatlarda odamlarning bir-birlarini tushunishlariga, milliy birlikka, hamjihatlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Xurfikrlilik va noyob qobiliyatlar istiqlol mafkurasini yanada boyitadi, mustahkamlaydi.
5. Jamiyat miqyosida turli ziddiyatlar, inqirozlar ro‘y berayotgan bir sharoitda aholi ongiga milliy g‘oyani singdirishning eng ta’sirchan mexanizmini ishlab chiqish mushkul ish. Chunki omma, birinchi navbatda ta’lim bilan qamrab olingan aholi, yoshlar axborot oqimining barcha jabhalaridan xoxlagan paytda, xohlagancha ma’lumotlarni olishi mumkin va unga o‘z munosabatini bildirishga xaqli. Lekin biz tutadigan yo‘l, millatni millat, xalqni xalq qilish yo‘li kengmiqyosli ta’sirlar sharoitida o‘ta e’tiqodli, sobit irodali yoshlarni tarbiyalash va ular ongiga eng ezgu g‘oyalarni singdira olishdan iboratdir. Shuning uchun Yurtboshimiz, tarbiya, muallim hamda murabbiyning ta’lim tizimidagi o’rnini atroflicha tahlil etib shunday degan edi: «Tarbiyachilarning o’ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini oshirish kabi paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, «Ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo ham shu yerda, o’qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish shu bilan birga, o‘qituvchi va murabbiylarning hayotiy talablarini qondirish, ularni rag‘batlantirish, ularni o‘z ishi, kasbidan mamnun bo‘lishini ta’minlashimiz lozim. Albatta bu masalani birdaniga yechish qiyin, lekin uni yechmasdan turib kelajak avlodning tarbiyasi to‘g‘risida gapirishning o‘zi mutloqo nomaqbuldir»11. Zero, biz yangi asrda va yangi bir sivilizatsiya davrida yashayapmiz. Bu sivilizatsiyada mehnat qilib, o‘zining ustida tinmay ishlaydigan, uzluksiz ta’lim oladigan, doimiy ravishda o‘z bilim ehtiyojlarini qondirib, olgan bilimlarini oilasi, xalqi va davlati rivojlanishiga sarf qila oladigan shaxsgina munosib o‘rinni egallashi mumkin. Shuning uchun ham Milliy modelimizda uzluksiz ta’limga katta ahamiyat berilgan. Chunki, jamiyatimiz o‘z oldiga qo‘ygan oliy maqsad – kelajagi buyuk O‘zbekistonni, ozod, obod Vatanni yaratish va umuman, islohotlarning taqdiri oxir-oqibatda bugun shakllanayotgan avlodning dunyoqarashiga, ijtimoiy mo‘ljalliga zamonaviy ilm-fan va kasblarni egallashiga, amaliy tashkilotchiligiga bevosita bog‘liq.
Bizning davrimizda muayyan e’tiqod, aniq umid va ezgu niyatlarga ega, o‘z mavqei, huquqini anglagan bilimdon, o‘z vatani burchiga sadoqatli fuqarosiz ijtimoiy taraqqiyot mumkin emas. XXI asr yoshlari turli-tuman mafkuralar tajovuzi kuchayib borayotgan sharoitda yashamoqdalar. Bunday vaziyatda pedagogika fani yoshlarimizda har qanday yot mafkuraviy ta’sirga qarshi muayyan munosabatni hamma joyda har doim namoyon bo‘lishini ta’minlashga qodir bo‘lmog‘i kerak. Ushbu o‘ta muhim ijtimoiy-pedagogik muammo yechilmas ekan, kelajakda yoshlarimizning yot mafkuralar ta’siriga qarshi javob qaytara olmasliklari tabiiydir. Bunga esa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Mafkuraviy tarbiya o‘quvchining ma’naviy, ma’rifiy, siyosiy, iqtisodiy bilimlarini oddiygina qabul qilib olishinigina emas, balki ularni ongli ravishda tushunib yetishini, bu bilimlardan zamonaviy ijtimoiy hodisalarga mafkuraviy kurashlar voqeligidan kelib chiqib, munosabat bildirish ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatishni ko‘zda tutadi. Bu ko‘nikmalar o`quvchi dunyoqarashini, bilimlarini milliy istiqlol g‘oyasi – Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik (tolerantlik) nuqtai nazaridan sekin-asta boyitib borish bilan ta’minlanadi. Shuning uchun yosh avlodni tarbiyalashda uning dunyoqarashi, bilim darajasi, madaniy va siyosiy saviyasi, xulq-atvori umuminsoniy qadriyatlarga va qonun-qoidalarga mos kelishi eng muhim ahamiyatga ega. Chunki, inson mavqei jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, shaxs kamolining asosiy manbai jamiyatda, uning faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy va oilaviy-maishiy munosabatlar tuzumida ekanligini tarix tajribasi tasdiqlab bergan.
Inson mohiyati masalasini, uning jamiyatda tutgan o‘rnini, shaxsning dunyosini ifodalovchi o‘zaro uzviy bog‘langan e’tiqod (iymon), huquq, burch, diyonat (vijdon), adolat, halollik kabi qadriyatlar orqali to‘g‘ri idrok qilishi mumkin. Aslida har bir fuqaro hayotdagi o‘rnini, mavqeini o‘z jamiyati, vatani, tevarak-atrofidagi muhim (oila, mehnat jamoasi, mahalla va h.k.) oldidagi burchi va mas’uliyatini ichki his-tuyg‘ulari, vijdoni orqali chuqur tushunib olsa, mustaqil fikri bo‘lsa ijtimoiy taraqqiyotning muhim omiliga aylanadi. Shunday qilib, mustaqil fikrlash - shaxsning bevosita o‘ziga bog‘liq bo‘lgan, uni tashqi muhitning turli ta’sirlariga nisbatan fikr-o‘ylari vositasida munosabatda bo‘lib, kerak bo‘lsa, unga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir.

Agar biz o‘z kuch, salohiyatiga ishonadigan, boqimandalikni or deb biladigan, eng rivojlangan mamlakatlarning ilg’or kishilari bilan tepa-teng muomala qila oladigan, oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata biladigan, bu murakkab, beshafqat hayotning pastu baland, tangu tor ko’chalaridan Alloh bergan aql-zakovati bilan to’g’ri yo’lni adashmay topa olishga qodir bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirsak, o‘ylaymanki, o‘z maqsadimizga to‘la erishgan bo‘lamiz.
Islom Karimov. (“Hushyorlikka da’vat” asaridan)

Mustaqil fikrning yo‘qligi, afsuski, ayrim toifalar, xususan oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga tortilmagan yoshlar, ayollar o‘rtasida uchrab turadi. Bunday holatda odamlarning buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga, yot mafkuralar girdobiga tushib qolish xavfi ortib boradi. Shaxsning fikrga qarshi fikr bilan, g‘oyaga qarshi g‘oya bilan, jaholatga qarshi ma’rifat bilan qarshilik ko‘rsata olish imkoniyati torayadi. Bu, aytish mumkinki, yoshlarni mafkuraviy nuqtai nazardan tarbiyalashdagi eng katta muammolardan biridir.


Hozirgi murakkab davrda biz fuqarolarimizning, ayniqsa, yoshlarning dunyoqarashi va ongi qanday bo‘lishiga befarq qaray olmaymiz, kelajakda ham har tomonlama kamol topgan, bilimdon va ishbilarmon, real hayotni va qonun-qoidalarni to‘g‘ri idrok qila oladigan, ongli va faol, o‘z burchiga sadoqatli erkin shaxsni tarbiyalashimiz zarur. Erkin shaxs yashash maqsadini va o‘z mavqeini to‘g‘ri aniqlab olishga, xurofiy tasavvurlardan ozod holda aql-idroki, kuch-g‘ayrati va vijdoniga tayanib, halol mehnat va faoliyati bilan turmush sharoitini yaxshilashga intiladigan bo‘lishi zarur.


Yüklə 64,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə