Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda oila va maktab ta’lim hamkorligi



Yüklə 64,94 Kb.
səhifə1/8
tarix19.12.2023
ölçüsü64,94 Kb.
#153523
  1   2   3   4   5   6   7   8
Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda oila va maktab ta’lim-fayllar.org


Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda oila va maktab ta’lim hamkorligi

Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda oila va maktab ta’lim hamkorligi
Reja:
  1. Milliy ta’lim-tarbiyaning istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish imkoniyatlari.


  2. Milliy g‘oyani inson ongi va qalbiga singdirishda yangi pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish vazifalari.


  3. Milliy g‘oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlarning rolini oshirish masalalari.


  4. Milliy g‘oya targ‘iboti va tashviqotida madaniy-ma’rifiy muassasalarning o‘rni.


Inson va insoniyat hech qachon tashqi dunyodan o‘zini qurshab turgan olamdagi o‘zgarishlar, rivojlanishlar, ro‘y berayotgan hodisalar, voqealar, jarayonlardan ajralib qolgan, ularni his etmagan holda yashay olmaydi. Dunyodagi davlatlar, xalqlar, millatlar, ijtimoiy-siyyosi kuchlar, ular o‘rtasidagi munosabatlar, ayniqsa ijtimoiy jarayonlardagi mafkuraviy ta’sirlar odamlar ongi, tafakuri va dunyoqarashiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Chunki, hozirgi murakkab va tahlikali davrda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25- avgustdagi 451-sonli Qarorida ta’kidlanganidek, “Yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi ushbu sohadagi ishlarni ... qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda”.


Bu boradagi eng dolzarb vazifa – o`quvchi yoshlar qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat hamda sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish, milliy g‘ururni tarbiyalash masalasidir. Ushbu vazifa bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan muammo – yoshlarning faol grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish, hayotga ongli munosabat, doimo ogoh va hushyor bo‘lib yashash tuyg‘usini oshirishdir.
Shu ma’noda olib qaralganda har qanday jamiyat o‘z istiqbolini kishilarni e’tiqod darajasiga aylangan muayyan g‘oyasida ko‘ra oladi. Chunki, “Jamiyatning, jamiyat ahlining mustahkam va ravshan mafkurasi bo‘lmasa, o‘z oldiga qo‘ygan aniq bir maqsad-muddaosi bo‘lmasa, u muqarrar ravishda inqirozga yuz tutadi”1.

G‘oyaviy-mafkuraviy ta’lim-tarbiya o‘zining mazmuni, tamoyillari, uslublari va shakllariga ko‘ra murakkab hodisadir. Unda g‘oyaviy dushmanlarning:


  1. Mustaqil O‘zbekistonning hayotiy yutuqlarini dalil-isbotsiz ataylab qoralash, mustaqillikka erishgan mamlakatlarning barchasida mavjud bo‘lgan umumiy muammolarni «faqat O‘zbekistonda bor» deb talqin qilish, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yutuqlari mohiyatini, hukumatimizning tashqi va ichki siyosatini soxtalashtirish, buzib ko‘rsatish;


  2. Ayrim mamlakatlar turmush tarzi, siyosiy tizimini bir yoqlama ko‘kka ko‘tarish; milliy g‘oyalarimizni obro‘sizlantirish;


  3. To‘qilgan afsonani astoydil takrorlayverish;


  4. Ko‘pmillatli O‘zbekiston aholi o‘rtasida ijtimoiy hamkorlikni buzishga qaratilgan kayfiyatlarni tarqatish va nizolar keltirib chiqarishga urinish;


  5. Odamlarning diniy tuyg‘ularini junbushga keltirish, diniy ksenofobiyani paydo qilish kabi usullariga qarshi turiladi.


Ular mafkuraviy dezinformatsiya tashkil qilishda, eng avvalo, yoshlar ayrim guruhlarining g‘oyaviy-siyosiy tajribasizligiga tayanadi. Mana shuning uchun ham mohiyat jihatidan mustaqilligimizga yot bo‘lgan soxta g‘oyalarni fosh qilish mafkuraviy immunitet tarbiyasi tizimidagi muhim, zaruriy bo‘g‘indir. Bu esa mafkuraviy tarbiyada loqaydlik, befarqlik kayfiyatining har qanday ko‘rinishlariga murosasizlikni shakllantirishni taqozo qiladi.
O‘z navbatida kishilar ongi va qalbini makon tutgan g‘oya va mafkuralar ta’lim hamda tarbiyasiz shakllanmaydi, jamiyat ravnaqiga, millat va xalqni kelajagiga xizmat qiluvchi qudratli botiniy kuchga aylana olmaydi. Zero, jamiyat mafkurasi, o‘tmish bilan xozirgi davr va kelajakni, kechagi kun bilan ertangi kunni bog‘lab, tutashtirib, aloqadorligini mustahkamlab turish uchun xizmat qilishga qodir ijtimoiy g‘oyalar majmui bo‘lib, ularning mohiyatini belgilovchi ustuvor tamoyil, bu jamiyatimiz tabiatiga, millatimiz mentalitetiga xos bo‘lgan insonparvarlik tub negizi hisoblanadi. Binobarin, yoshlarimiz ruhiyatiga insonga mehr-muhabbat tuyg‘ullarini singdirish jarayonida milliy g‘oyaning ana shu tamoyilini ta’lim-tarbiya tizimini bosh maqsadiga aylantirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifalardandir. Boshqacha aytganda, biz o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak”2.


Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish — ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim. Islom Karimov. (“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asaridan).
Yoshlarni iymon-e’tiqodli, milliy g‘oyaga sadoqat, bir-birlariga mehr oqibatni, o‘z Vataniga, millati, dini, tili, tarixi, madaniyati urf-odatlariga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi kun talabidir. Zero, fuqarolarni yangicha tafakkur asosida tarbiyalash orqali milliy g‘oya va mafkuraning hayotbaxsh insonparvarlik tomoyillariga, umumbashariy qadriyatlarga mos keladigan xulq-atvorni shakllantirish va kamolga yetkazish, ya’ni jamiyatda mehr-muruvvat madaniyatini qaror toptirish mumkin.
Yurtimizda har bir yilning muayyan ijtimoiy masalaga bag‘ishlanishida ham chuqur ramziy ma’no bor edi. Zotan, har bir narsaga, inson qalbidagi oliy tuyg‘u mehr bilan yondashilmasa kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Shu bois milliy g‘oya va mafkuraga ham ixlos bilan munosabatda bo‘lish, uning tarixiy, falsafiy, diniy, ahloqiy ildizlarini muntazam o‘rganib borish, ajdodlarimiz merosini ta’limning har bir bo‘g‘inida yoshlarimiz ongi tafakkuriga singdirish muhimdir.
O‘z navbatida, yillarda belgilangan maxsus vazifalar bir martalik harakat ham, “Tadbirlar kompleksi” ham emas, balki dunyoqarash va fe’l-atvordir, inson ichki ma’naviyatining tarkibiy qismi jamiyat madaniyatining alomatidir. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, milliy g‘oya va mafkura shakllanishida ta’lim tarbiya tizimidagi o‘rni nimadan iborat degan masalaga oydinlik kiritish zarur, deb o‘ylaymiz.
Fikrimizcha, har bir yilda ustuvor vazifani belgilab olish milliy mustaqillik g‘oyasining insonparvarlik tomoyillaridan ko‘zlangan asosiy maqsaddir. Shuning uchun ham tarbiya jarayonida xuddi shu konkret maqsaddan kelib chiqqan vazifalarga jiddiy e’tibor berish zarur.
Ma’lumki tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra, keng va tor ma’nolarda istefoda etiladi hamda ijtimoiy hayotda amal qiladi. Keng ma’noda oladigan bo‘lsak, tarbiya - ijtimoiy-madaniy tajribalarni aniq maqsadni ko‘zlagan holda avloddan-avlodga o‘tkazadigan va shaxsning kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratadigan alohida jarayondir.
Tor ma’noda esa, ma’naviy madaniyatni tarbiyalash - yoshlarni ijtimoiy turmushning murakkab vaziyatlariga moslashtirish yo‘lida kattalarning birgalikdagi aniq maqsadga yo‘naltirgan faoliyatini, ya’ni yetuk shaxsni kamol toptirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish jarayonini anglatadi.
Ushbu jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Xuddi shuning uchun ham yoshlar ma’naviy madaniyatini shakllantirishning samarali tashkiliy va pedagogik uslublari, vositalari ishlab chiqilishi hamda amaliyotga joriy etilishi zarur. Milliy ta’lim-tarbiya tizimining turli shakl va vositalari milliy g‘oyani ro‘yobga chiqarish, barkamol avlodni shakllantirishdan iborat bosh maqsadga erishishni ta’minlovchi xalqimizning milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlariga va umuminsoniy qadriyatlariga asoslangan bo‘lishi lozim.
Ta’lim-tarbiya barcha davrlarda ham insoniyat oldida hal etilishi zarur bo‘lgan eng muhim dolzarb vazifa bo‘lib turgan. Shuningdek, u odamlarning amal qilib kelayotgan tajribalari, yutuqlari, urf-odatlari va an’analari asosida tashkil qilingan. Ya’ni, ta’lim-tarbiyaga doir shakllangan urf-odatlarimiz, boqiy an’analarimiz ko‘p. Bugungi kunda ham ulardan yoshlarni tarbiyalashda keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Binobarin, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab ko‘rsatganidek «Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak»3. Bilimlar va axborotlar hajmining ko‘payishi odamlar dunyoqarashining kengayishi va ma’naviyatining yuksalishiga turtki bo‘lishi shubhasiz. Ayni paytda, tinimsiz va tizimsiz kelayotgan xabarlar ichidan haqqoniy, ob’ektiv va foydali ma’lumotlarni ajrata olish qobiliyatini shakllantirish juda muhim vazifa bo‘lib boradi.
Har bir davlat o‘z aholisini, ayniqsa bilim va yangilikka chanqoq yoshlarini ilmiy bilimlar, ma’rifiy-ma’naviy ozuq bo‘ladigan axborotlar bilan ta’minlanishidan manfaatdordir. O‘zbekistonda ham o‘sib kelayotgan yosh av­lodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, ma­daniy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo‘naltirilgan, prinsipial “Axborot siyosati” shakllantirildi va hayotga joriy etilmoqda.
Zamonaviy informatsion vaziyat talablarini hisobga olgan holda aholini yanada kengroq va tizimli axbo­rot bilan ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yara­tish maqsadida 2006 yili maxsus qaror qabul qilindi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi axborot markazlarini barpo etish, mamlakatdagi kutub­xonalar tarmog‘ini tubdan takomillashti­rish edi.
Mazkur qarorda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda ko‘p sonli umumta’lim maktablari huzurida axborot-resurs markazlari tuzish ko‘zda tutildi.
Axbo­rot-resurs markazlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda aholi­ning zamonaviy axborot texnologiyalaridan foyda­langan holda muntazam ta’­lim olishi va mustaqil ra­vishda talim olishiga ko‘maklashish;




    Shuni yana bir bor ta’kidlashni istardimki, jamiyatni doimiy harakatga keltirib turadigan kuch – milliy g’oya, milliy manfaatga xizmat qiladigan qadriyatlarni, ilg’or demokratik qoida va tushunchalarni aniq-ravshan tasavvur etish, ularni o’rganish, borini asrab-avaylash, yo’g’ini shakllantirish, boyitish, rivojlantirish, xalqni, avvalo, o’sib kelayotgan yosh avlodimizni ana shu bilim va ko’nikmalar bilan tarbiyalash – ma’naviyat sohasidagi eng asosiy vazifamiz bo’lishi lozim. Islom Karimov. (“Oz kelajagimizni oz qolimiz bilan qurmoqdamiz” asaridan).

  • milliy ma’naviy-axlo­qiy qadriyatlarni keng ko‘lamda targ‘ib qilish, xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘li­shini ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyat yaratib be­rish;


  • yangi axborot texno­logiyalari (ma’lumotlar elektron bazalari, inter­net resurslari) asosida aholiga axborot xizmati ko‘rsatish;


  • madaniy, ta’lim, axbo­rot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta’­lim muassasalari, mahal­liy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, milliy madani­yat markazlari bilan ham­korlikni rivojlantirish va hokazolar.


Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xuddi mana shu maqsadga yo‘naltirilgan. Zero, ushbu masala g‘oyaviy nuqtai nazardan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun prinsiplariga to‘la muvofiq keladi.


Ta’lim-tarbiyaga oid milliy merosimizni o‘rganishning dolzarbligi nazariy jihatdan asoslidir. Xususan, kadrlar tayyorlash milliy dasturida zikr etilgan uzluksiz ta’limning milliy modeli tamoyillari mohiyatan ta’limning milliy-ma’rifiy, milliy tarix, xalq an’analari, milliy merosimiz bilan uyg‘unlikda olib borilishini anglatadi. Shuning uchun “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 4-bobida, ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlarni takomillashtirish, uning zamonaviy tarbiyaviy shakl va vositalarini ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etish, milliy tarixiy an’analar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanish muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etilgan. Umuman ta’lim-tarbiyaning milliy modeliga ko‘ra, ta’lim tizimini yangilash – tabiiy ravishda milliy merosimizni o‘rganish va uni pedagogik tafakkur iste’moliga olib kirish zaruriyatini vujudga keltirmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining birinchi komponenti shaxsdir. Chin ma’nodagi shaxs o‘zini-o‘zi qayta tarbiyalash salohiyatiga ega bo‘ladi. O‘zi va millat uchun befoyda, zararli odatlaridan voz kechadi. Millat manfaatlarini o‘z manfaati, o‘z manfaatini esa millat manfaatiga erishish sharti deb tushunadi. O‘z vazifasini millatning kuniga yarash, og‘irini yengil qilishda ko‘radi. Shu sababli u o‘z shaxsiy qobig‘idan chiqib ko‘tariladi va millat manfaati uchun, millat farovonligi orqali o‘zini kamolotga erishtirish uchun boshqalardan ko‘proq, samaraliroq mehnat qiladi. Umummilliy g‘oya, maqsadga ishonadi, uni himoya qiladi. Talabada bu fazilatlar birdaniga paydo bo‘lib qolmaydi. U, avvalo, oilada ota-ona, oiladan tashqarida qarindosh-urug‘, qo‘shni-mahalladoshlar orasidagi tarbiyaviy muhitni rag‘batlantirib borish, so‘ngra oliy o‘quv yurtida - mafkuraviy bilimlarni egallash orqali tarbiyalanadi. Shu sababli bu jarayonga ijtimoiy pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarash lozim.
Bu bejiz emas, albatta. Chunki, milliy merosimizning g‘oyaviy negizi – shaxs tarbiyasi, uning ma’naviy ehtiyojlariga da’vogar bo‘lgan omillarni o‘rganishdan iborat bo‘lib kelgan, ushbu muammo hozirda ham jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatda eng muhim masalalardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Ta’lim jarayoni dunyo bo‘yicha turli mamlakatlarning yaqinlashuvi, tom ma’noda global, insoniyat sivilizatsiyasi taqdiri uchun hal etuvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab omillar bilan belgilanadi. Bu omillar orasida yuzaga kelgan umumiy va milliy o‘ziga xosliklar alohida ahamiyatga ega. Ta’limning noyob imkoniyatlari hozir nafaqat inson aqlini yangi tezkor imkoniyatlar bilan qurollantirish, balki uning ongini qayta qurish bilan bog‘liq. Insoniyat sivilizatsiyasi rivojining yangi bosqichi insonning shakllanish jarayoni, shaxsiy fazilatlar, hayotiy maqsadlar va qadriyatlar haqidagi tasavvurlarini o‘zgartiradi. O‘sib kelayotgan yosh avlod uchun ta’lim tizimi sifat jihatdan yangicha talablar qo‘yadi.
XXI asr - innovatsiyalar asridir. Mamlakatimiz kelajagi jamiyat hayotining boshqa sohalari bilan birga ta’lim tarbiya tizimini yangi zamon talablari darajasiga ko‘tarishga yo‘naltirilgan ishlarning samaradorligi bilan belgilanadi.
Ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish o‘z navbatida bu sohada yangi, zamonaviy, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni izchil joriy etishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ta’lim samaradorligi o‘quvchi bu jarayonda qay darajada faol qatnashayotganligi bilan belgilanishini hisobga olgan xolda yangi o‘qitish uslublari, shakllari ta’lim oluvchilarga mustaqil fikrlash, ijodiy yondashish uchun imkoniyat yaratadi. Navqiron avlod davr ruhida ma’naviy kamol topib, buyuk ajdodlarimiz barhayot mevasidan oziqlanib, zamonaviy bilimlarni egallab, ularni ongi, shuuriga singdirib bormas ekan, bizning o‘z oldimizga qo‘ygan ulug‘vor maqsadlarimizga erishishimiz, nurli istiqbolimizni bunyod etishimiz ham qiyin. Mana shu bois ham yoshlar tarbiyasi, ularni barkamol insonlar etib shakllantirish, voyaga yetkazish masalasi har doim davlatimiz oldidagi birinchi darajali vazifalardan biridir.
Ajdodlarimizning yaratuvchanligi shaxs manfaatlariga qaratilgan bo‘lsa, ayni vaqtda mustaqil davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha yangiliklar ham inson kelajagi uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimi va milliy meros asosidagi g‘oyaviy uyg‘unlik – ta’lim-tarbiya jarayonida milliy merosning ma’naviy-ma’rifiy zaminlariga tayanish zarurligini ham anglatadi. Shu jihatdan olib qaraganda o‘tmish allomalari, mutafakkirlarining ma’naviy meroslarini yosh avlodning tarbiyasidagi ahamiyati bugungi kunda ham g‘oyat beqiyosdir.
Islom Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan kadrlar tayyorlash milliy modelidan bosh muddao qilib, Komil inson va yetuk malakali mutaxassisni tayyorlashni qo‘yilishida ham yuqoridagi masalalar bilan mantiqiy aloqadorlik mavjud. Zero, kadrlar tayyorlash milliy modeli, faqat ta’lim-tarbiyadangina iborat emas, balki bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina hayot bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Milliy modelimiz, bu – shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishning uzviy birligi va hamkorligi, ularning o‘zaro bir-biriga aloqasini aks ettiradi.
Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi hamda ularni amalga oshiruvchisidir4. Shuning uchun ham bizning ajdodlarimiz ta’lim-tarbiya masalasida inson shaxsi uning xususiyatlarini hisobga olib ish ko‘rganlar.


Yüklə 64,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə