Ona tili 6– sinf mavzu: ot so’z turkumi darsning maqsadi



Yüklə 34,5 Kb.
tarix28.05.2023
ölçüsü34,5 Kb.
#113789
OT SO’Z TURKUMI




Ona tili» 6– sinf
MAVZU: OT SO’Z TURKUMI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini organish jarayonida oquvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali oquvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: Oquvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga orgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.


Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish
II. Otgan mavzuni sorash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
l-topshiriq. Berilgan so'zlarni qanday so'roqqa javob bo'lishiga qarab jadvalga joylashtiring. O'zingiz ham shunday so'zlar toping.
Salima, Toshkent, chumoli, daftar.



Kim?

Nima?

Qayer?












BILIB OLING. Shaxs, narsa ma'nolarini, shuningdek, joy nomlarini bildirib, kim? nima? qayer? so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlar ot deyiladi.
Kim? so'rog'i shaxsni bildiruvchi so'zlarga, nima? so'rog'i narsa-buyumni bildiruvchi so'zlarga, qayer? so'rog'i joy nomini bildiruvchi so'zlarga beriladi. Shunga ko'ra otlar shaxs otlari, narsa-buyum otlari, o'rin-joy otlariga bo'linadi.
251-mashq. Ot so'z turkumiga oid so'zlarni aniqlang, ularga so'roq berib ko'ring, ma'nolarini izohlang.
O'lmasning onasi uyda o'tiradi, do'ppi tikadi. Qizlari ham onasiga qarashadigan bo'lib qolgan. Biri igna tortadi, biri piltakach uradi, bitgan do'ppini taxtakachga bostiradi, yana biri ipak qaynatadi, quritadi, xullas, namozgarda boshlangan do'ppi ertasiga tayyor bo'ladi. (U. Nazarov)
252-mashq. Matnni ko'chiring, otlarni topib, so'roqlarini aniqlang.
Bahor keladi. Gul mavsumi boshlanib ketadi. Daraxtlarda gul, bolalarning do'ppilariga lolalar qistirilgan. Savatlarda uyum-uyum gunafshalar. Hamma yoq gul! Gul!.. Bahor faslining zavqi boshqacha.
Qo'qqisdan osmonni bulut qoplaydi-da, chelak-chelak suv quyadi. Ko'p yog'adi... Lahza o'tmasdan, erka quyosh jilmayib chiqib keladi. Hamma yoq yarqirab ketadi. Olmalar, giloslar, olchalar, shaftolilar -hammasi avji gulda. (Oybek)
1. Ot deb nimaga aytiladi?
2. Ot qanday so'roqlarga javob bo'ladi?
3. Ot qanday ma'no guruhlariga ajratiladi?
253-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni ko'chiring, ulardagi otlarni aniqlang, ma'nolarini izohlang.
1. Boychechak Qo'zivoyning qo'liga tegishi bilan Ilontepa tomonga yugurdi. (A.Ko'chimov) 2. Shirinoymi bu, eson-omonmisan?— xursand bo'lib ancha naridan qichqirdi Anorxon. (Oybek) 3. To'kib ko'z yoshlarin armonda ketmish, Necha Furqatlar-u Bobur Vatan deb. (Qodir Dehqon)


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Ogzaki savol-javob.
V. Dars xulosalash va yakunlash
VI. Uyga vazifa

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Ona tili 6-sinf uchun darslik.

  2. Ona tili ma’ruzalar to`plami. N.Erkaboyeva

  3. Internet ma’lumotlari.

Yüklə 34,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə