Mikroiqtisodiyot


I-BOB. BOZOR MEXANIZMI VA BOZOR MUVOZANATI



Yüklə 260,67 Kb.
səhifə4/18
tarix02.05.2023
ölçüsü260,67 Kb.
#107964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1 Bozor mexanizmi va bozor muvozanati

I-BOB. BOZOR MEXANIZMI VA BOZOR MUVOZANATI
1.1. Bozor mexanizmi.
Ishlab chiqarish va xo‘jalik yuritishning ijtimoiy shakllarining rivojlanishi tadriji (evolyutsiyasi) asosida butun jamiyatning va alohida olingan har bir individning talab va ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan ijtimoiylashtirilgan tovar ishlab chiqarishning faoliyat yuritishi bo‘lgan Zamonaviy bozor tizimining vujudga kelishiga olib keldi.
Bozor xo‘jaligi – iqtisodiyotni tashkil qilishning tovar ishlab chiqarishga asoslangan, ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi o‘zaro harakatini Bozor vositasida ta’minlovchi ijtimoiy shaklidir.
Bozor – tovar va pul muomalalarining o‘zaro qat’iy harakatlari asosida vujudga
keluvchi Iqtisodiy munosabatlarning tizimidir.

Bozorning klassik modeli quyidagi xususiyatlar bilan ta’minlanadi:



  1. nima ishlab chiqarish, nimaga va qanday sotishni o‘zlari mustaqil tovar ishlab chiquvchilarning ko‘pligi;

  2. kimdan mahsulot sotib olishni o‘zlari mustaqil hal qiluvchi mustaqil

iste’molchilarning ko‘pligi;

  1. qiymat bo‘yicha zamonaviy almashinuv;

  2. talab va taklif asosida narxlarning stixiyali belgilanishi;

  3. qayta ishlab chiqarish jarayonlarining stixiyali ravishda tartibga solinishi;

  4. erkin raqobat, kapitalning «erkin qayta qo‘yilishi».

Hozirgi zamon sharoitlarida bozor o‘zini-o‘zi tartibga solishdan tartibga solinuvchiga aylanadi, bu esa bozor xo‘jaligining subyekt-obyekt tuzilmasining


murakkablashishiga olib keladi.
Bozor xo‘jaligining subyekt-obyekt tuzilmasi, bu - bozor subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar tizimi bo‘lib, ularning maqsadlarini, turli tomonlarga yo‘naltirilib, yo‘l-yo‘lakay muqobil kelishiluvchi iqtisodiy manfaatlarini, bozor aloqalarining Turli-tuman obyektlari harakatlanishining holati hamda tashkil qilish shakllari va o‘zaro bog‘liq harakatlarini aks ettiradi.

Bozor xo‘jaligini subyekti. Uy-xo‘jaligi – bu bir yoki bir necha kishilik tarkibidagi iqtisodiy birlikdir. U:


- inson kapitalining ishlab chiqarilishi va qayta ishlab chiqarilishini ta’minlaydi;
- o‘zi mustaqil qaror qabul qiladi;
- ishlab chiqarish omillaridan qaysi biriga egalik qiladi;
- o‘z talab va ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga intiladi.
Korxona – shunday iqtisodiy birlikki, u:

  1. ishlab chiqarish omillarini sotish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish uchun

ishlatadi;

  1. maksimal foyda olishga intiladi;

  2. o‘zi mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.



Bank – bozorning normal faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan pul massasining harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasidir.
Davlat – huquqiy, siyosiy hokimiyatni zarur hollarda ijtimoiy aloqalarga erishish uchun bozor subyektlari ustidan nazoratni ta’minlovchi hukumat muassasalari timsolida taqdim etiladi. Bozor munosabatlari tizimida «ishlab chiqaruvchi –iste’molchi» aloqasi asosiylaridan biri hisoblanadi.
Bozor xo‘jaligi subyektlarining o‘zaro harakatining umumiy modeli:



Bozor xo‘jalik obyektlari: tovarlar va xizmatlar, ishlab chiqarish omillari (mehnat, yer, ishlab chiqarish vositalari), pul, kapital, qimmatbaho qog‘ozlar, davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar va subsidiyalar, ijtimoiy to‘lovlar va preferentsiyalardir.


Bozor tuzilmasining tasnifi:






Yüklə 260,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə