Mikroiqtisodiyot


Erkin iqtisodiy faoliyatda bozor mexanizmi



Yüklə 260,67 Kb.
səhifə8/18
tarix02.05.2023
ölçüsü260,67 Kb.
#107964
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
1 Bozor mexanizmi va bozor muvozanati

1.3. Erkin iqtisodiy faoliyatda bozor mexanizmi.
Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.
Bozor iqtisodiyoti da pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy munosabatlar: mehrshafqat va xayrehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi.
Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor iqtisodiyoti modellari m.ning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos boʻlgan aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xoʻjaligi va korporativ iqtisodiyot koʻrinishlari mavjud.
Aralash iqtisodiyot modeli — bozor iqtisodiyotining yuksak mehnat unumi, neʼmatlar toʻkinchiligini taʼminlaydigan, eng mukammal texnologiya va yuqori malakali ish kuchiga ega boʻlgan turi. Bu modedda mulkiy xilmaxillik mavjud boʻladi; xususiy mulkning individual va hissabay shakllari ustuvorlik qiladi, davlat va nodavlat mulki, iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari taraqqiy etadi. Yirik, oʻrta va kichik biznes muvozanatli holatda rivojlanadi. Bozor munosabatlari bilan birgalikda nobozor munosabatlari ham mavjud boʻladi. Bu esa sahovat va xayrehson ishlarining keng rivojlanishiga zamin yaratadi, raqobat bilan birgalikda hamkorlik aloqalari yuzaga keladi. Iqtisodiyotni boshqarishda bozor mexanizmi bilan bir qatorda davlat mexanizmi ham qoʻllanadi. Mazkur modelga ommaviy farovonlik xos boʻlsada, ijtimoiy tafovutlar cheklanmaydi, davlat daromadlarni qayta taqsimlashda faol ishtirok etmaydi, bu vazifalarni bozor mexanizmi bajaradi. Aralash iqtisodiyot modeli AQSH, Angliya, Fransiyada mavjud.
Ijtimoiy bozor xoʻjaligi modeli — yuksak texnologiyaga va inson omilining kuchiga tayanib yuqori mehnat unumdorligini, umuman, bozorning toʻkin boʻlishini taʼminlaydi. Iqtisodiyoti bu modelga tayangan mamlakatda bozor xoʻjaligi tabiiytarixiy rivoj topadi, ishlab chiqarish bozor talablariga javoban ish olib boradi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal darajada saqdanib qoladi, iqtisodiyot bozor kuchlari taʼsirida tartiblanadi va toʻla erkinlashgan boʻladi. Mazkur model "iqtisodiy tartib" modeli hisoblanadi. Bozordagi faoliyat tartibqoidalarini qonunlar belgilaydi, iqtisodiyot bozor mexanizmiga buysunadi, davlat iqtisodiyotning oliy xekami sifatida faoliyat koʻrsatadi, lekin oʻzi bu jarayonda qatnashmaydi. Bu modelda iqtisodiyotning davlat sektoridan koʻra xususiy sektoriga koʻproq eʼtibor beriladi. Iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishini bozorning oʻzi belgilaydi. Har bir iqgisodiyot subʼyekti bozor qoidasiga koʻra ishlab topgan daromadini oladi, davlat daromadlarning taqsimlanishiga kamdankam aralashadi, lekin daromadlarni shakllantirishda bozor tamoyillariga rioya etilishini, bozor mexanizmining belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi. Ijtimoiy bozor xujaligi modeli Germaniya, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda mavjud.

Korporativ iqtisodiyot modeli — korporativ manfaatlar va korporativ hamjihatlikka asoslangan bozor iqtisodiyoti boʻlib, ilgʻor texnologiya, yetuk ish kuchidan foydalanib mehnat unumdorligi va aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytiradi. Asosiy eʼtibor korporativguruhiy manfaatlarga qaratiladi, iqtisodiyot korporatsiyalar orqali boshqariladi. Korporatsiyalar aksiyador jamiyatlar tarzidagi turli sanoat, savdo, transport, qurilish sohasidagi birlashmalarga aylanadi, ularning baʼzilari hatto transmilliy korporatsiyalar darajasigacha oʻsib, xalqaro ahamiyat kasb etadi. Korporatsiyalar ishlab chiqarishning asosiy sohalarini qamrab oladi, ularning xorijiy shoxobchalari ham koʻpayib boradi. Xususiy mulkning korporativ shakli ustuvorlik qiladi. Korporativ iqtisodiyot modelida korporatsiya manfaatlari birinchi oʻringa qoʻyiladi, individual manfaatlarga faqat korporatsiya doirasida erishiladi va shu doirada i. t., texnikloyiha ishlari ham olib boriladi. Muammolarning korporatsiya doirasida hal etilishi korporatsiyaga sadoqat, korporativ vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalaydi. Korporatsiya xodimlar uchun yuksak turmush darajasini kafolatlaydi, xodimlar esa bunga javoban ishlab chiqarish samaradorligining yuqori boʻlishini taʼminlaydilar. Korporatsiya xodimlarning oila aʼzolarini ham ish bilan taʼminlashni, qarilikda yaxshi pensiya va bir yoʻla katta summada mukofotlar berishni zimmasiga oladi. Xodimlar bilan menejerlar oʻrtasida inoqlik boʻladi. Bunday choratadbirlar ijtimoiy hamjihatlikni taʼminlab, ish tashlash va boshqa noroziliklarga oʻrin qoldirmaydi. Bozor iqtisodiyotining korporativ modelida iqtisodiyotning korporativ sektori xalq xoʻjaligining tayanchi hisoblanadi, ammo iqtisodiyotning ikkilamchi va yetakchi boʻlmagan sohalarida nokorporativ sektor ham saqpanib qoladi. Korporativ modelda ham kichik biznes mavjud, ammo uning mustaqilligi juda chegaralanadi, u deyarli korporatsiya izmida boʻladi, uning buyurtmalarini bajaradi. Bozor iqtisodiyoti modellari korporatsiya doirasiga tortilmaydi. Korporativ iqtisodiyot ustuvor boʻlgan mamlakatlarga Yaponiya misol boʻla oladi.


2. Har qanday iqtisodiy mexanizm - bu ularning o'zaro munosabatlaridagi elementlar yig'indisi, iqtisodiy mexanizm elementlari harakatining dinamikasini, shuningdek, iqtisodiy tizimning tashkiliy tuzilishini belgilovchi iqtisodiy qonunlar majmuidir.
Bozor mexanizmi bozorning asosiy elementlari: talab, taklif, narx, raqobat va asosiy iqtisodiy qonunlarning o'zaro bog'liqligi va o'zaro ta'siri mexanizmidir. Bu elementlar bozor iqtisodiyoti tizimida ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar tomonidan o'z xo'jalik faoliyatida rahbarlik qiladigan bozorning eng muhim parametrlari hisoblanadi. Bu bozor munosabatlarining o‘zagi, bozorning o‘zagidir.
Bozor mexanizmi iqtisodiy qonunlar asosida ishlaydi: talab, taklif, muvozanat bahosi, raqobat, qiymat (qiymat), foydalilik, foyda va boshqalarning o'zgarishi.

Ishlab chiqarish tomonida taklif, iste'mol tomonida talab mavjud. Bu ikki element bir-biri bilan chambarchas bog'liq, garchi bozorda ular bir-biriga qarama-qarshi bo'lsa-da. Ularni qarama-qarshi yo'nalishda harakat qiladigan ikkita kuch bilan solishtirish mumkin. Muayyan bozor sharoitlariga qarab, talab va taklif ko'proq yoki kamroq uzoq vaqt davomida muvozanatlanadi. Talab va taklifning bunday uyg'unligi o'z-o'zidan va davlatning tartibga soluvchi ta'siri ostida sodir bo'lishi mumkin.



Yüklə 260,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə