Mikroiqtisodiyot


Bozorning Iqtisodiy maqsadlari va vazifalari



Yüklə 260,67 Kb.
səhifə6/18
tarix02.05.2023
ölçüsü260,67 Kb.
#107964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1 Bozor mexanizmi va bozor muvozanati

Bozorning Iqtisodiy maqsadlari va vazifalari.
Bozor – ijtimoiy ishlab chiqarishni shunday tashkil qilishini, unda tovarlarni ishlab chiqaruvchilar xaridorlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib nimani qachon va qaysi miqdorda hamda qaysi tovarlarni ishlab chiqarish, bu tovarlarni qanday qilib ishlab chiqarish (qaysi resurslardan va qaysi texnologiyalar yordamida), kim uchun, iste’molchi kimligidan qat’iy nazar, tovar shaxsiy iste’mol uchunmi yoki daromad olish uchun ishlab chiqarilishini o‘zlari hal qiladilar.
Bozorning ishi deyilganda bozorning majburiyati, vazifasi, roli nazarda tutiladi.
Bozorning bu majburiyatlari jamiyatning iqtisodiy maqsadlaridan kelib chiqadi.

Bu maqsadlar quyidagilardan tashkil topadi:



  1. iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, har bir odamning talablarini katta miqdor va

hajmdagi, sifatli tovarlar ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish vositasida
qoldirish;

  1. iqtisodiyotning samaradorligi yoki mavjud resurslardan minimal xarajatlar

qilib, maksimal samara (foyda) olish;

  1. xo‘jalik subyektlari: ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar, xodimlarning

iqtisodiy erkinligi va ishlashni xohlovchi va bunga qobillarning hammasini to‘liq
bandligi;

  1. narxlar va baholar, ularning umumiy darajasini sezilarli darajada

ko‘tarilmagan yoki tushirilmagan, ya’ni inflyatsiyasiz va defetsitsiz optimal
darajasi;

  1. jamiyatning ishlovchi va ishlamovchi a’zolari (ishlashga qobiliyati yo‘q,

kasal, qariyalar) o‘rtasida daromadlarning adolatli taqsimlanishidir.

Bozorning normal ishlashi va jamiyat uning oldiga qo‘ygan iqtisodiy maqsadlarni real amalga oshirish uchun bir qator shart-sharoitlarni ta’minlash


zarur. Bular:
1. Bozor, tovar-bozor munosabatlari faqat xususiylashtirilgan mulk asosidagina,
tovar ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqarish vositalarining egasi bo‘lib, o‘z mehnati
natijalarini erkin tasarruf eta olgandagina amalga oshirilishi mumkin.
2. Ijtimoiy ishlab chiqarishda barcha ishtirokchilarning ishlab chiqarish va
tijorat sohalarida erkinligi zarurdir.
3. Qat’iy va avtoriter valyutaning mavjud bo‘lishi.
4. Kredit va moliya munosabatlarining aniq yo‘lga qo‘yilgan va ishlab turgan
tizimi.
5. Ishlab chiqaruvchilar va boshqaruv xodimlarining bozor munosabatlariga
tashkiliy ravishda va ishonchli qo‘shilib ketish mahorati.

Bozor iqtisodiyotida narxning vazifasi.


Bozor iqtisodiyotida narxlar quyidagi vazifalarni bajarishadi:



Taqsimlash vazifasi – eng muhimdir. U shundan iboratki, narxlar tovarlarning sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi taqsimlanishiga ta’sir qiladi. Uy-joy uchun ijara haqining baland bo‘lishi uylarda yashovchilarni kambag‘allashtirsa, uy egalarini boyitadi, shuning uchun narxlarning bu vazifasi turli xildagi tartibga soluvchi mezonlarning ta’siriga eng ko‘p tushishiga ajablanarli xol emas.


Narxlar iqtisodiyotda boshqa vazifani ham bajaradilar. Narxlar iste’mol talabini mo‘l-ko‘l bo‘lgan tovarlarga yo‘naltirib, uni o‘ta tanqiq tovarlardan uzoqlashtirib turadilar. Agar, aytaylik, yoqilg‘ining bir turining zaxiralari tugayotgan, shu bilan bir vaqtda mahsulotning ikkinchi turi hali keragidan ortiqcha bo‘lsa, ikkinchisiga qaraganda birinchisining narxining oshishini kutish lozim bo‘ladi. Bu firmalarni va yakka tartibdagi iste’molchilarni yetishmayotgan yoqilg‘i turidagi zaxirasi yetarli bo‘lgan yoqilg‘iga o‘tishiga majbur qiladi. Yirik firmalar o‘z uskunalarini qayta qurib oladilar, yangidan qurilgan uylarning isitish tizimi arzon yoqilg‘ini ishlatishga mo‘ljallantiriladi.


Yüklə 260,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə