Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/116
tarix28.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#132985
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com
кутубхонаси
13
G’ULOM ZAFARIY 
(1889-1938) 
G’ulom Zafariy ko’p qirrali ijod sohibi bo’lib, u o’zbek milliy teatri, teatr tanqidchiligi, 
musiqa tarixi va nazariyasi, qolaversa, milliy adabiyotimiz taraqqiyotida munosib o’rin 
egallaydi. U 1889 yili Toshkentning Beshyog’och dahasiga qarashli Kattabog’ 
mahallasida tavallud topdi. Avval eski maktabda, xususiy rus maktabida, Ko’kaldosh 
madrasasida ta’lim oldi. U 1912-1914 yillarda O’sh shahrida o’qituvchilik qildi. 1914 
yildan boshlab Toshkentdagi «Turon» truppasida aktyorlik qildi, o’qituvchi bo’lib ishladi. 
1917 yildan «Ishchilar dunyosi» oynomasida bo’lim boshlig’i, oliy bilimgoh va 
oliygohlarda faoliyat ko’rsatdi. 
G’ulom Zafariy ijodi 1914 yillardan boshlangan bo’lib, u dastlab o’z she’rlari bilan 
taniladi. So’ngra esa «Baxtsiz shogird» (1914) nomli bir pardali p’esa yozadi, keyin 
«Bahor», «Gunafsha», «To’sqinchilik», «Yorqinoy», «Rahimli o’qituvchi», «Mozorlikda», 
«Maqtangan kishi», «Tatimboy ota» hamda «Cho’pon Temir» (1924), «Yoshlar endi 
berilmas» (1926) kabi p’esa va dostonlar yaratdi. Biroq Zafariy yozuvchi, dramaturg 
sifatida o’zining «Halima» p’esasi bilan mashhur bo’lgan. «Halima» 1920 yilda yozilgan 
bo’lib, o’sha yili 14 sentyabrda «Turon» truppasida Mannon Uyg’ur tomonidan 
sahnalashtiriladi. Mazkur asar to’ng’ich milliy muzikali drama bo’lib, uning musiqiy 
bezagini ham muallifning o’zi mashhur sozanda Shorahim Shoumarov hamda mulla 
To’ychi Hofiz yordamida bajardi. Ayni chog’da «Halima» o’z davrida milliy opera sifatida 
baholangan. Professor Fitrat ham ushbu asarni opera deb ataydi. 
G’ulom Zafariy o’zbek milliy kuylari, maqom va maqom sho’balarini juda yaxshi 
bilgan amaliyotchi va nazariyotchi ham edi desa xato bo’lmas. Uning «Sharq kuylari va 
cholg’ulari», «Muzika muammosi», «O’zbek musiqasi to’g’risida» kabi maqolalari shular 
jumlasidandir. 
G’ulom Zafariy 1937 yilda qatag’onlikka uchrab, 1938 yilda qatl etilgan. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə