Microsoft Word Samaradorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va tushunchasi


Korxonalarda ishlab chiqarish xajmini oshirish masalalari



Yüklə 220,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix15.04.2023
ölçüsü220,75 Kb.
#105713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
shaxina

Korxonalarda ishlab chiqarish xajmini oshirish masalalari 
Mamlakatlar iqtisodiyotida rо’y berayotgan turli ijobiy о’zgarishlar kо’p 
jihatdan fermer xо’jaliklarning rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. Mazkur 
sohaning qaror topishi va rivojlanishi fermer xо’jaliklari sohasida rо’y 
berayotgan har qanday о’zgarishlarga ta’sirchan hisoblanadi.
О’zbekistonda bozor munosabatlari rivojlanayotgan hozirgi vaqtda fermer 
xо’jaliklarni rivojlanishini ifoda etuvchi qonuniyatlar va tamoyillarga asoslangan 
holda shakllanayotgan fermer xо’jaliklarni rivojlantirishga alohida ahamiyat 
berib kelinmoqda.
Shu bilan bir vaqtda, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan 
dalolat beradiki, aholi turmush darajasining doimiy ravishda yuqori bо’lishiga 
eng avvalo, fermer xо’jaliklarni jadal rivojlantirish orqali erishilib kelingan. 
Shundan kelib chiqqan holda fermer xо’jaliklarni rivojlantirish, uni 
iqtisodiyotdagi о’rni va rolini yanada oshirish О’zbekiston aholisi uchun ham 
g’oyat muhim ahamiyatga ega.Qishloq xo’jaligining intensiv rivojlanishi – bir 
gektar yer yoki bir bosh chorva moliga sarflanayotgan mehnat va moddiy 
sarflarni oshirish evaziga mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishdir. Yer birligi 
yoki bir bosh chorva moliga sarflanadigan mehnat va moddiy xarajatlar 
samarasiz o’sishi mumkin emas. Intensiv rivojlanishning iqtisodiy mohiyati 
shundaki, sarflanayotgan mehnat va moddiy xarajatlarning o’sishiga nisbatan 
olinayotgan mahsulot miqdori tezroq o’sishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning bir birligi tannarxi nisbatan kamayib borishi 
lozim. Masalan, o’tgan yili yetishtirilgan 2000 tonna donning hosildorligi 40 
sentnerni har bir sentneri tannarxi 500 so’mni tashkil etadi, deb faraz qilaylik. 
Joriy yilda don ekilgan har gektar maydonga mehnat va moddiy sarflarni 10 
foizga ko’p qildik. Agarda hosildorlik ham 10 foizga yoki undan kamga oshsa
intensiv rivojlanishning samarasi 0 ga teng bo’lar edi. Bu holda intensiv 
rivojlanishning iqtisodiy mohiyatini ko’rsatish imkoni yo’q. Agarda sarflangan 
mehnat va moddiy xarajatlar o’sishiga nisbatan hosildorlik tezroq o’sgan bo’lsa, 


17 
intensivlashtirishning iqtisodiy mohiyati ochilgan bo’lar edi. Masalan, xarajatlar 
10 foizga oshgan holda hosildorlik 12 foizga oshsa, demak, mahsulot birligining 
tannarxi nisbatan pasaygan bo’ladi. Ana shu tarzda rivojlanish yo’li intensiv 
rivojlanish yo’li deb yuritiladi. Intensiv rivojlanish yo’lining imkoniyatlari 
cheklanmagan bo’lib, resurslar tanqisligi yoki cheklanganligi sharoitida juda 
muhim ahamiyatga ega. Shu sababli ham mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarini
jumladan, qishloq xo’jaligini intensivlashtirish har bir davlat iqtisodiy 
siyosatining asosini tashkil etadi.
Iqtisodiy fan ishlab chiqarishni rivojlantirishning ikki yo’lini bir-biridan 
farq qiladi. Birinchi yo’l ekstensiv rivojlanish yo’li bo’lib, mahsulotlar ishlab 
chiqarish hajmining ko’payishi ishlab chiqarish jarayoniga yangi va yangi 
resurslar (yer, chorva mollarining soni va h.k.) jalb qilish hisobiga ta’minlanadi. 
Bunda mahsulot hajmining ko’payishi asosan ishlab chiqarish omillarining 
ko’payishi hisobiga yuz beradi. Masalan, o’tgan yili xo’jalik 500 gektar yerga 
don ekib, har gektaridan 40 sentnerdan, jami 2000 tonna yalpi hosil olgan edi. 
Joriy yilda esa donli ekinlardan
3000 tonna yalpi hosil oldi. Shu 3000 tonna hosilni olish uchun jami o’tgan 
yildagidan 100 gektar ko’p yoki 600 gektarga don ekildi. Hosildorlik esa joriy 
yilda ham 40 sentnerni tashkil qildi. Mahsulot ishlab chiqarishni bu yo’l bilan 
ko’paytirish ekstensiv yo’l hisoblanadi. Albatta, 600 gektar yerga 500 gektar 
yerga nisbatan ko’p urug’lik, ko’p mehnat resurslari va boshqa xarajatlar 
sarflangan. Lekin bu xarajatlar bir gektar yerga oldingi yil darajasida qolgan.
Ishlab chiqarish resurslarini ko’proq jalb etish natijasida rivojlantirishga 
ekstensiv rivojlanish yo’li deb baho berish qabul qilingan. Bu yo’lning 
imkoniyatlari cheklangan. Chunki barcha ishlab chiqarish resurslari - yer, suv, 
mehnat resurslari, texnika, xomashyolar, barcha barchasi cheklangan.
Darhaqiqat, har bir davlatning hududi, yer resurslari cheklangan bo’lib, uni 
xohlagancha ko’paytirish mumkin emas. Resurslar cheklangan holda 
insonlarning, ishlab chiqarishning talab va ehtiyojlari o’sib boradi. Bunday holda 


18 
ishlab chiqarishni rivojlantirishning boshqa yo’lini topish zarurati tug’iladi. Bu 
yo’l – intensiv rivojlanish yo’lidir.
Intensivlashtirish o’z mohiyatiga ko’ra, qishloq xo’jaligida ma’lum 
chegaralarga ega. Masalan, qishloq xo’jaligi ekinlarini parvarishlashda har bir 
texnologik jarayon uchun optimal agrotexnika muddatlari mavjud. Yer haydash 
uchun yer haydovchi traktor, ekish uchun ma’lum miqdordagi ekish agregati
hosilni o’rish uchun (donchilikda) kombaynlar bo’lishi kerak.
Har bir ekin turi uchun zarur mineral o’g’it miqdori belgilangan. Agarda 
meyordan ortiq mineral o’g’it solinadigan bo’lsa, ekinning hosildorligiga salbiy 
ta’sir etib, uning kamayishiga ham olib kelishi mumkin. Bu, o’z navbatida, 
intensivlashtirishning ma’lum darajada cheklanganligidan dalolat beradi. Bu 
masalaning yechimi fan - texnika taraqqiyotidadir. Fan - texnika taraqqiyoti 
deganda fanning, texnikaning va texnologiyaning barqaror rivojlanib borishi 
tushiniladi. Boshqacha qilib aytganda, fan - texnika taraqqiyoti – mavjud bilimlar 
natijasida ularning boyitilishi va boyitilgan bilim asosida yangi unumli 
texnikalar, progressiv texnologiyalarning yaratilishidir. Oldingisiga qaraganda 
unumli texnika va texnologiyalar yaratilishi natijasidagina intensivlashtirish 
cheksiz rivojlanitirilishi mumkin.
―Farg’ona Don maxsulotlariǁ OAJ 1994 yil 28 dekabr kuni Davlat mulk 
qo’mitasining №784 K-PO sonli buyrug’iga asosan ta’sis etilgan.
―Farg’ona Don maxsulotlariǁ OAJ 635897,7 ming so’mlik Nizom 
jamg’armasiga ega va unda 2119659 dona oddiy aktsiyasi bo’lib, har bir aktsiya 
qiymati 300 so’mni tashkil qiladi. Jamiyatning mulkida Davlat ulushi 51 foiz, 
mehnat jamoasi ulushi 5,13 foiz, erkin sotuvdagi ulushi esa, 43.87 foizni tashkil 
qiladi.
Jamiyatning asosiy ishlab chiqarish faoliyati un va omuxta yem maxsulotlari, 
non va bulka maxsulotlari,qandolat maxsulotlari, makaron maxsulotlari ishlab 
chiqarishga qaratilgan.
Jamiyatning boshqaruv organi – Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi bo’lib, 
uning vakolatlariga Nizomnm tasdiqlash, yillik hisobotlarni, olingan daromadlarni 


19 
taqsimlash kabi vakolatlar kiradi. Umumiy yig’ilishlar orasida Jamiyat Kuzatuv 
Kengashi tomonidan boshqariladi.

Yüklə 220,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə