Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash-samaradorlikni oshirishning muhim
omili
Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov o’z ma’ruzasida ǁ2013 yil va
yaqin kelajakka mo’ljallangan dasturimizni amalga oshirishda iqtisodiyotimiz va
uning yetakchi tprmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik
jihatdanyangilashni jadallashtirish va uning kulamini kengaytirish, ishlab
chiqarishni diversifikatsiya qilish markaziy o’rin tutishi darkorǁ, deb
ta’kidlaganligini yuqorida keltirib o’tgan edik.
Darxaqiqat, 2013 yil uchun chiqilgan 370dan ortiq strategik muhim loyihalarni
amalga oshirishni ko’zda tutadigan investitsiya dasturi maqsadlari uchun ajratilgan
13 mlrd. dollarning qariyb to’rtdan uch qismi yangi ishlab chiqarish korxonalarini
barpo etish, rekonstruktsiya va modernizatsiya kilish uchun yunaltirilgagligi buning
yakkol misolidir.
Demak, bugungi kundagi dunyo bo’ylab hukm surayotgan jaxon moliyaviy –
iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiy soxalarda, jumladan ishlab chiqarish
korxonalarini modernizatsiyalash, texnik-texnologik jihatdan zamon talabiga javob
beradigan qilmb yangilash, yangi mahsulot turlarini iste’molchi va bozor
talabiga mos holda yaratish va ular orqali korxona samaradorligini oshirishga
erishish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bitiruv - malakaviy ishining nazariy qismida korxonada ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi bir qancha omillar mavjudligi haqida fikr
yuritilgan edi. Ishlab chiqarish korxonasi samaradorligini oshirish yo’nalishlaridan
biri sifatida ―Farg’ona Don maxsulotlariǁ OAJda modernmzatsiyalash,
texniktexnologik jihatdan yangilash masalalarini taklif qilish maqsadga muvofiq
bo’ladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan aqtisodiy islohotlar natijasida o’tgan 2012
yilda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan
20
yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida O’zbekistonning o’ziga
xos taraqqiyot yo’lini o’zida mujassam etgan O’zbek modelining eng muhim
tamoyillaridan biri bo’lgan davlatning bosh islohotchi ekani haqidagi printsipdan
kelib chiqib, davlat tomonidan oqilona, faol investitsiya siyosati olib borildi. Buni
o’zlashtirilgan kapital qo’yilmalar miqdoridan ham bilib olish mumkin. Raqamlarga
e’tibor qaratadigan bo’lsak, 2012 yilda moliyalashtirishning barcha manbalari
hisobidan qiymati 11 milliard 700 million dollardan ortiq kapital qo’yilmalar
o’zlashtirildi, bu 2011 yilga nisbatan 14 foiz ko’p demakdir. Iqtisodiyotimizga
kiritilayotgan investitsiyalarning yildan-yilga o’sib borishida yurtimizdagi mavjud
investitsion sharoit va qulay investitsiya muhiti alohida ahamiyat kasb etayotganini
ta’kidlash joiz.
Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish,
erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya
qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o’ylangan
siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan
kuchli to’siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning
investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali
foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta
qurollantirish, yangi ish o’rinlarini shakllantirish va shu asosda milliy
iqtisodiyotimizni barqaror va jadal rivojlantirishni ta’minlash maqsadida respublika
byudjetidan katta miqdorda mablag’lar ajratilmoqda.
Eng avvalo,
modernizatsiya atamasining iazmuniga to’xtaladigan bo’lsak,
Odatda uni texnika, texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi. Jumladan,
iqtisodiyotga oid aksariyat lug’atlarda unga quyidagi mazmundagi tarif berilgan:
―Modernizvtsiya – ob’ektni yangilash,yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi
talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish,
asosan
bunda
mashina,
asbob
uskunalar,
texnologik
jarayonlar
modernizatsiyalanadi.ǁ
21
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida real sektor korxonalarini
qo’llabquvvatlash bilan bir qatorda ularni sog’lomlashtirish tadbirlari ham muhim
o’rin tutadi. Zero, uzoq davr mobaynida sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarish,
eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar ko’rib ishlayotgan korxonalarni saqlab
qolish iqtisodiyotning sog’lomligiga jiddiy putur yetkazishi mumkin. Bunday
korxonalarni bankrot deb e’lon qilish hamda moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tarkibiy
o’zgartirish orqali qayta tuzish bu boradagi eng to’g’ri va samarali yechim
hisoblanadi.
SHu o’rinda bugungi kunda jahon mamlakatlarining global muammosiga
aylangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga e’tiborni qaratish lozim.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf
etishning yo’llari va choralarini o’z ichiga olgan 2009-2012 yillarga mo’ljallangan
dastur ishlab chiqilgan. Unda aks ettirilgan ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish
tadbirlaridan biri inqirozning hozirgi sharoitida mamlakatimiz iqtisodiy qudratini
yanada oshirish maqsadida 2009-2014 yillarda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish,
texnik-texnologik yangilash, uning raqobatbardoshligini kuchaytirish, eksport
salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga
oshirish bo’yicha dastur ishlab chiqilgan bo’lib, jumladan, mamlakatimizda 2009-
2014 yillarga mo’ljallangan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va
texnologik qayta qurollantirish bo’yicha muhim loyihalarni amalga oshirish
choralari dasturi umumiy qiymati 42,51 mlrd. doll.dan iborat 852 ta investitsiya
loyihasini o’z ichiga oladi. Buning e’tiborli jihati shundaki, dasturdagi jami
loyihalardan umumiy qiymati 19,3 mlrd. hajmdagi 138 tasiinnovatsion tavsifga ega.
Bu esa, mamlakatimiz iqtisodiyotining yaqin kelajakda zamonaviy texnika va
texnologiyalarga, ishlab chiqarishning ilg’or usullariga, fan-texnika taraqqiyoti
yutuqlariga asoslangan, raqobatbardosh iqtisodiyotga aylanishadan dalolat beradi.
SHunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18
noyabrdagi 4053-sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy
barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida ko’zda
tutilgan
iqtisodiy
nochor
korxonalarni
moliyaviy
sog’lomlashtirish,
22
modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat
banklarining mablag’larini kengroq jalb qilishni yo’lga qo’yish tadbirlari muhim
hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash
– ishlab chiqarishni zamonaviy
texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan
texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yunalish va vositalari bo’lib
quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; ishlab
chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar
asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab
chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini
pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy
etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.
23
3-rasm. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashni amalga oshirishning asosiy
yo’nalishlari va vositalari
Modernizatsiyaning keng ma’nodagi mazmunini tushinishda iqtisodchi olim
R.Nuriev
uning
neoklassik
va
Keynscha
talqinlarini
farqlaydi.
Jumladan,neoklassiklar tomonidan modernizatsiyaga xususiy mulkchilik va
demokratichni mustahkamlash sifatida yondashilsa, keynschilar tomonidan, eng
avvalo, xo’jalikning asosiy tarmoqlarini qamrab oluvchi tarkibiy o’zgarishlar
sifatida tushuniladi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan
yangilashni amalga oshirish uchun faol invetitsiya siyosatini olib borish bugungi
kunning dolzarb masalalarini hal qilishning samarali omillaridan biridir.
Eskirgan asbob -
uskunalarni foydalanishdan
chiqarish
Ishlab chiqarilayotgan
mahsulot assortimentini
kengaytirish
Mahalliy resurslar
bazasida innovatsion
texnologiyalarni
ishlab chiqarishga
joriy etish
CHiqitsiz va
ekologik sof
texnologiyalarni
joriy etish
Ishlab chiqarishni
zamonaviy texnika va
texnologiyalar bilan
jihozlash
Ishlab chiqarish
xarajatlarini
pasaytirish va
resurslarni tejash
Dostları ilə paylaş: |