Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
3
Hajrning g'amida may ichar edim. Agar vasl jomi qo'lga kirgudek bo'lsa, jondan 
kechishga ham tayyor edim. Usiz tiriklikni o'lim deb anglardim, hajridan doim jonim yuz 
turli ofat chekar edi. 
Uni hayotimning maqsadi, deb bilardim, undan boshqa ko'nglimga kelmas edi.
Undan ayriliqda yurgan chog'larimda boshqa hamma narsalar yodimdan ko'tarilardi. 
Chunki sen o'zing voqifsan, men ham chin so'zni aytayin: hajridan ko'nglimga 
shunchalik ko'p jabru zulm yetardiki, hatto faqat uning vaslini istash uchungina seni yod 
etar edim... 
Alloh-Alloh! O'zimning bunday bandaligimni eslasam, sharmisorlik o'ldiradi. Jahlda 
shunchalik yuziqarolikka yo'l qo'ydimki, bular ko'zimga olamni qaro qilib ko'rsatmoqda. 
Ey hech narsaga ehtiyoji yo'q Alloh! Umrimda biron bir rak'at namozni o'tinchsiz 
qilmadim. Hargiz keraklik tosh bo’lmasa, tuproqqa bosh qo'ymadim. O'zimni karam 
sohibi ko'rmagunimcha gadoga biron bir chaqa tutqazmadim. Donolik bilan emas, balki 
qo'limda yuz donalik tasbeh ushlamagunimcha nomingni tilga olmadim. Biror ishni o'z 
foydamni ko'zlamay qilmadim; o'zimni munofiqlikdan holi deb bilmadim. Shu sababli 
men kabi inson, insongina emas, devu shayton ham bo'lmasin! O'zimning bu yanglig' 
fe'l-atvorimdan juda aziyatdaman, bular uchun har doim ko'nglum tushkunlikka tushadi, 
dilim mudom g'ash. Bu xil hijolatliklardan men uchun hayot yo'q, chunki har dam uyat 
o'ldirib tashlayapti. 
Bu illatlarki, aytib o'tdim, o'zim ularning hech bir ilojini qila olmayapman. Shunchalik 
musibatga duchor bo'lganmanki, agar Sendan qazo yetsa, keyin nima bo'lishini 
bilmayman. Garchi bu dardlar men uchun davosiz bo'lsa-da, lekin ularning darmoni 
senga osondir. Dardimga darmon inoyat qilgin, komil tavbaga erishmoq yo'lini ko'rsat. 
Adolat va ehsoningga meni sazovor qil va zolim nafsdan meni xalos et! Jonimda 
shavqing shu'lasini mayjud qil, undan o'zga hamma narsani ko'nglimdan chiqarib tashla! 
Garchi ruh badan ichra tutqun bo'lsa ham uni mushohada etiladigan kun qo'yib yubor. 
Toki bu qush safarga moyil bo'lib, asl gulshan tomon parvoz qila olsin. Chunki qush 
uchmoq
sari intilgani, tuproq esa tuproqqa qo'shilgani ma'qul. 
Qilgan ishlarim so'roq qilib, xitob etgan chog'ingda Sen bergan savollarga javob topa 
olmay qolsam, meni hazin ahvolga qo'ymay, tezda o'shani qoshimga yetgurgilki, uni sen 
gunohkorlarning himoyachisi deb atagansan. 
III 
Bu dostonga baxtiyorlar payg'ambari vasfi bilan sarlavha go 'ymoq va gunohkorlar 
homiysi madhi bilan ziynat bermoq 
U nabilar sarvari va payg'ambarlar sultoni bo'lib, uning tufayli ulug' va mayda 
narsalar yaratilgandir. U Odam Atodan ham ilgari mayjud bo'lib, ham nabi, ham sirlar 
ogohi edi. 
U olti kunda yaratilgan olamdan burun ham nur holida bor edi. Bu shunday nurki, u 
yuz izzat va sharaf egasidir. U — ma'shuq, Yaratuvchi — ishqivoz edi. Alloh Bulbasharni 
yaratguniga qadar, bu nur uzoq yillar Haq nazaridan bahramand edi. Bulbashar vujudi 
yaratilganda, uning yuzi shu yulduz nuridan kamol topdi. Bu nur havoga o'tganida, 
uning manglayi porloqligidan Quyosh hijolat chekardi. 
Shish payg'ambar vujudi shakllanganida, bu quyosh uning manglayida balqidi. So'ng 
bu nur uning suyukli mahbubasiga va undan farzandiga o'tdi. U bu sharafli nurni jufti 
haloliga yetgizgach, shunday gavharga u o'z vujudini sadaf qildi. 
Ana shu qabilda bu nurni bir-birlariga o'tkazar edilar. Nihoyat bu nur Abdullohga yetib 
keldi. U ham shu yo'sinda nurni uzatganida, xonadoni shu nur bilan yoridi. Nihoyat shu 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə