Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
6
VI 
Hikoyat 
Mustafodan keyin Abu Bakir Siddiq xalifalik taxtiga o'tirganida, dindan qaytgan bir 
guruh kishilar din yo'lida adovat qilib, janjal boshladilar. Ular islom sutunlarini qulatish 
uchun zakotni bekor qilishni talab qildilar. Xalifa g'azab bilan shunday xitob qildi: 
"Payg'ambar qonunida biror ip miqdoricha narsani ham o'zgartirish mumkin emas. Kimki 
bunga qarshi bosh ko'tarsa, ularga javob qilich va o'q bo'ladi!" 
Shariat ishiga shunchalik qat'iyligi uchun ham uning nomi to bu zamongacha yetib 
kelgandir. Bunday qat'iylikni kim qila oladi? Faqat g'orda payg'ambarga do'stlashgan 
Abu Bakr! 
 
VII 
Mo'minlar amiri Umari Foriq (Alloh uning ruhidan rozi bo’lsin) vasfida 
Payg'ambar hamdamlaridan biri buyuk Foruq edi. U haqni xatodan farq qila olgan va 
adolati bilan g'arbu sharqni ravshan etolgan kishidir. Bu jahonda bundan o'zgasi, bunga 
teng keladigani yo'q edi. Shariat ishida u payg'ambarlar shohining izdoshi bo'lib, u 
adolat va din asosini kuchaytirdi. Uning sahovati dasturxonidan jahon ahli nasiba olib, 
to'yar, o'zi esa, o'zini to'ydirish uchun qorniga g'isht qo'yib bog'lar edi. 
Yer yuzining insoniyat yashaydigan qismi uning adolati me'morchiligi oldida past 
bo'lib, jahonni bir g'isht sifatida qiyoslash mumkin edi. 
U toza zahar ichib nafsini o'ldirgan va din nazoratida o'g'lini o'ldirgan odildir. 
Uning dinidan mehrobu minbar va adolatidan mamlakat va olka rivoju ravnaq topdi. 
Qilichining damidan shariat bo'stoni yashnab, kofirlarning mamlakat va ibodatgohlari 
vayron bo'ldi. Uning qahri Kisrolar boshidan tojini oldi va haybati Qaysarlarga xiroj 
yukini soldi. Uning davrida Ajam mamlakati egallanib, uning shaharlarida arab bayroqlari 
hilpiradi. 
Uning yordamchilari shohlar mamlakatlarini oldilar, dinparvarlari esa kufr uyini 
buzdilar. 
VIII 
Uning kishilari Madoyin shahrini egallab olib, mol-mulk va xazinalarini tortib oldilar. 
Bir necha yuz yillar davomida sultonlar qiynalib yiqqan xazinalarni yuklab yo’lga 
tushdilar. Bu katta xazinalar tomoshasiga aql ham lol edi. Hazrati Umar keltirilgan bu 
mol-dunyo va xazinalarga ko'z qirini ham tashlamay, davlat xazinasiga topshirishni 
buyurdi: bular g'azotga chiquvchilar uchun yetganicha bo'lib beriladi. 
Bunday qonunni yo'lga qo'ygan Umardan boshqa kimning qo'lidan bu ish kelardi! 
IX 
Mo'minlar amiri Usmon Zunnurayn (Alloh uning ruhidan rozi bo'lgay) shonida 
U hayo koni va ko'zlar nuri edi. U ikki ko'z kabi Zunnurayn deb ataldi. U sidq koni va 
muruvvat xazinasi, muloyimlik dengizi-yu olijanoblik koni edi. Ham Madina ahliga 
shayxu imom, asl shayxining munosib o'rinbosari bo'ldi. Alloh uni Qur'onni yig'uvchi 
qildi, xalq Usmon binni Affon deb atadi. Kalomullohni Jabrail olam ahli gunohkorlari 
homiysiga olib kelganidan beri, u bekiklik zindonida saqlanardi. Har bir arab bir necha 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
7
oyatlarni yig'ib yurardi. Qur’onni jamlash va tartibga solishga u sababchi bo'ldi. Har bir 
sura o'rnini belgilab, bir ajoyib devonni tartib berdi. 
Bu sharaf unga kifoyadirki: hozirgacha u ummatlaming eng sharaflisi hisoblanadi. Afv 
etuvchi Alloh kulbasiga ikki nur solgan yana birorta kishi bormidi?! 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə