Microsoft Word ihyo zakot ziyouz com doc



Yüklə 175,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix15.10.2018
ölçüsü175,38 Kb.
#74296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

13

darajada kichik sanaladi. Yana aytilishicha, yaxshilik uch ish bilangina mukammal 



bo‘ladi: kichik sanash, tezlashtirish va yashirin qilish. Minnat va ozor katta sanash 

emasdir. Agar u molini masjid yoki rabot qurishga sarflaganda edi, katta sanash imkoni 

bo‘lardi. Bunda minnat va ozor mumkin bo‘lmaydi. Balki ujb va katta sanash hamma 

ibodatlarda joriydir. Buning davosi ilm va amaldir. Ilm shuki, u o‘ndan bir yoki qirqdan 

bir, ko‘pdan oz ekanini bilmoqdir. U nafsi uchun sarfiyotining eng tuban darajasiga ham 

qanoat qilayapti. Bundan u uyalishi kerak edi. Agar eng oliy darajaga chiqib molining 

hammasini yoki aksarini sarf qilsa ham qanday qilib buni katta sanaydi? O’ylab ko‘rsin, 

mol unga qaydan kelayapti? Va qaerga sarflayapti? Mol Alloh azza va jallanikidir. Minnat 

qilish Uning o‘zinikidir. Zero, U berayapti va sarf qilishga muvaffaq etyapti. Unda nima 

uchun Alloh taoloning haqqida aynan Alloh subhanahuning haqqi bo‘lmish narsani og‘ir 

sanayapti? Agar uning maqomi oxiratga qarashni taqozo etar ekan, u sarfiyotini savob 

uchun qilar ekan, unda nega bir necha barobar bo‘lib qaytishini kutayotgan narsasini 

ko‘p sanaydi? 

Amal shuki, berayotganda qolgan molini Alloh azza va jalladan olib qolib, baxillik 

qilayottaniga xijolat tortgan kishining berishidek ato etmog‘idir. Uning ko‘rinishi 

omonatni qaytarish so‘ralganda, ba’zisini berib, ba’zisini berolmayotgan kishidek siniq va 

hayoli bo‘lsin. Chunki molning hammasi Alloh azza va jallanikidir. Barchasini sarf etish 

Alloh subhanahuning nazdida mahbubdir. Lekin buni bandasiga buyurmadiki, baxilligi 

sababli mashaqqat bo‘lmasin, deb. Alloh azza va jalla bu to‘g‘rida shunday deydi: 

«Agar (Alloh) sizlardan (mol-dunyolaringizni) so‘rab, sizlarni qiynaydigan 

bo‘lsa, sizlar baxillik qilursizlar» (Muhammad surasi, 37-oyat). 

Yettinchi vazifa -  molidan sifatlisini, o‘ziga sevimlisini, kattasini va yaxshisini 

bermog‘i. Chunki Alloh taolo yaxshidir, faqat yaxshi narsani qabul qiladi. Agar chiqarib 

berilgan narsa shubhadan topilgan bo‘lsa, mutlaqo uning mulki bo‘lmagani tufayli o‘rniga 

tushmaydi. Hadisda Abon Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladilar: «Gunoh qilmay 

qo‘lga kiritgan molidan infoq qilgan bandaga yaxshilik bo‘lsin! » (Bazzor rivoyati.) 

Agar chiqarilgan narsa molning yaxshisi bo‘lmasa, bu odobsizlikdan sanaladi. Zero u 

yaxshi narsani o‘ziga yo quliga yoki ahliga ushlab qolgan. Bu bilan u Alloh azza va 

jalladan boshqani oldinga qo‘ygan. Agar buni mehmoniga qilganda va uning oldiga eng 

yomon taomini qo‘yganida bu ishidan o‘zining g‘azabi qaynab ketardi. Bu agar Alloh azza 

va jallaga nisbatan shunday qilganda bo‘ladi. Agar o‘ziga va oxiratdagi savobiga 

qaraganda o‘zidan boshqani muqaddam qilsa, bu kishi oqil emasdir. Uning uchun 

molidan faqat ikki narsa qoladi: sadaqa qilib boqiy bo‘lgani yoki yeb, ya’ni hozirdagi 

istagini qondirib, foniy bo‘lgani. Nazarni faqat hozirga qaratib, saqlab qo‘yishni unutish 

aqldan emasdir. Darhaqiqat, Alloh taolo aytgandir: 

«Ey mo‘minlar, kasb qilib topgan narsalaringizning halol-pokizalaridan va 

Biz sizlar uchun yerdan chiqargan narsalardan infoq-ehson qilingiz! Ehson 

qilish uchun ulardan o‘zingiz faqat ko‘z yumib turib oladigan past-nopoklarini 

tanlamangiz!»  (Baqara surasi, 267-oyat.) Ya’ni, faqat karih ko‘rish va hayo bilan 

olingiz. «Ko‘z yumib turib»dan murod shudir. Buni Rabbingizdan afzal ko‘rmangiz. 

Xabarda kelishicha: «Bir dirham ming dirhamdan o‘tib ketdi» (Nasaiy, Ibn  Hibbon va 

Hokim rivoyat etib, sahih, deyishgan). Bu hol kishining eng halol va sifatli molini chiqarib 

berishi bilan bo‘ladi. Bu badalga rozilik va xursandlikdan sodir bo‘ladi. Molining karih 

ko‘rganidan yuz ming dirhamli chiqarishi mumkin. Bu hol u  Alloh azza va jallani o‘zi 

yaxshi ko‘rgan biror narsaga muqaddam qilmasligiga dalolat etadi. Shuning uchun ham 

Alloh taolo o‘zlari yomon ko‘rgan narsalarini Alloh uchun atagan qavmni mazammat qilib 

aytadi: 


«Ular o‘zlari yomon ko‘radigan narsalarni Allohniki, deyishib, yana tillari 


Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

14

o‘zlari uchun chiroyli mukofot - jannat bo‘lishi haqida yolg‘on so‘zlarni 



so‘zlaydi. Yo‘q!!!» (Nahl surasi, 62-oyat.) Ba’zi qorilar vaqf to‘xtashini «Yo‘q!»dan 

keyin, ularning yolg‘onchiligini aytish uchun qo‘yishgan. Oyat davomida «Shubha yo‘qki, 

ular do‘zax egalaridir», deyiladi. Ya’ni, do‘zax yomon ko‘radigan narsalari Allohniki, 

deganlar uchun beriladi. 



Sakkizinchi vazifa - sadaqasi uchun sadaqa u bilan poklanadigan odamni izlashidir. 

Bunda umumiy sakkiz sinf bo‘lishi bilan kifoyalanilmaydi. Chunki ularning umumiylari 

ichida sifati xoslari bor. Mana shu sifatlarning xoslariga rioya etilishi kerak. Bu sifatlar 

oltitadir: 



Birinchi sifat - taqvodor, dunyodan yuz o‘girgan, oxirat tijoratiga o‘zini bagishlagan 

kishilarni istamog‘i. Payg‘ambar (s.a.v.) aytganlar: «Faqat taqvodorning taomini yegin. 

Va taomingni faqat taqvodor yesin» (boshkacharoq lafz bilan rivoyat qilingan). Chunki 

taqvodor u bilan taqvosiga madad oladi, unga yordam berganing uchun toatiga sherik 

bo‘lasan. Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: «Taomlaringizni taqvodorlarga yediringlar. 

Yaxshiligingizni mo‘minlarga ilininglar» (Ibn Muborak rivoyat qilgan, Ibn Tohir majxuli 

bor g‘arib hadis, degan). Boshqa lafzda: «Taoming bilan Alloh taolo yo‘lida yaxshi 

ko‘rgan kishingni ziyofat et», deya kelgan (Ibn Muborak mursal holda rivoyat etgan). 

Ulamolardan biri taomlarga so‘fiylarning kambag‘alini boshqalardan afzal bilardilar. U 

kishiga: «Yaxshiligingizni hamma faqirlarga om qilganingizda ma’qul bo‘lardi», 

deyishganida, shunday javob qilgandilar: «Yo‘q! Bular g‘amlari Alloh subhanahu bo‘lgan 

qavmdirlar. Agar ularga yo‘qchilik kelsa, fikr-hayollari sochilib ketadi. Ulardan birining 

himmatini Alloh azza va jalla tomonga qaytarishim menga g‘am-tashvishi dunyo bo‘lgan 

ming kishiga bermog‘imdan mahbubroqdir». Bu gap Junaydga gapirib berilganida, u 

kishi ma’qullab: «Bu kishi Alloh taolo valiylaridan bir valiydir», dedilar. Yana aytdilar: 

«Anchadan beri bundan yaxshiroq so‘z eshitmagandim». So‘ng hikoya qilinishicha, bu 

odamning holati yomonlashdi va do‘konini tashlashga qasd qildi. Shunda unga Junayd 

mol jo‘natdilar va: «Buni o‘zingta dastmoya qilgin va do‘konni tashlamagin. Chunki 

tijorat seningdek kishilarga zarar qilmaydi», dedilar. Bu odam kambag‘allar xarid qilgan 

narsalarga pul olmasdilar. 



Ikkinchi sifat xususan ahli ilmdan bo‘lmog‘i. Chunki bu ularga ilm olishlarida madad 

bo‘ladi. Agar bu to‘g‘rida niyat to‘g‘ri bo‘lsa, ilm ibodatlarning eng sharaflisidir. Ibn 

Muborak ataganlarini faqat ilm ahliga xoslardilar. U kishiga: «Nega buni om qilmaysiz?» 

deyilsa: «Men payg‘ambarlik maqomidan keyin ulamolik maqomidan o‘zgasini 

bilmayman», deya javob qildilar. Agar ulardan birining qalbi dunyo tashvishlari bilan 

mashg‘ul bo‘lib qolsa, ilmga vaqti bo‘lmaydi va ta’lim olishga qaramaydi. Shu bois ularni 

ilmga bog‘liq etib qo‘yish afzaldir. 

Uchinchi sifat taqvosida va tavhidni bilishida sodiq bo‘lmogi. Tavhidi shuki, agar u 

atoni olsa. Alloh azza va jallaga hamd aytadi, Unga shukr qiladi va ne’matni Undan deb 

bilib, vositaga qaramaydi. U bandalarning Alloh subhanahuga eng shokirrog‘idir. U 

ne’matning barchasini Allohdan, deb biladi. Luqmon o‘g‘liga vasiyatida shunday deydi: 

«O’zing va Alloh o‘rtasida in’om etuvchini paydo qilib olma. Undan boshqaning senga 

bergan ne’matini qarz sanagin. Kim Alloh subhanahudan boshqaga tashakkur etsa, 

go‘yoki in’om etuvchini bilmabdi, vosita esa Alloh azza va jallaning bo‘ysundirishi bilan 

tobe’ qilingan va bo‘ysundirilganiga ishonmabdi. Zero, Alloh taolo unga fe’l (bajarish) 

boislarini musallat qildi, uning sabablarini oson etdi va u bo‘ysungan holda berdi. Alloh 

taolo uning qalbiga dini va dunyosining salohi buni qilishda ekanligini tashlagandan 

keyin uni tark etishga qodir bo‘lmaydi. Bois qanchalik kuchaysa, u iroda qat’iyligi va 

qudratdan foydalanishni vojib etadi. Taraddudi yo‘q kuchli boisga qarshilik qilishda 

bandaning kuchi yetmaydi. Va Alloh taolo boislarni xalq qiluvchi va qo‘zg‘atuvchi, zaiflik 



Yüklə 175,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə