Oltmisheva Hamidaxon Yigitaliyevnaning “Odam va uning salomatligi fanidan” 8- sinflar uchun “Uyqu va uning ahamiyati ”



Yüklə 68 Kb.
tarix25.06.2022
ölçüsü68 Kb.
#90083
Uyqu-va-uning-ahamiyati-dars-ishlanma


Chirchiq shahar XTB tasarrufidagi


11- umumiy o’rta ta’lim maktabi
biologiya fani o’qituvchisi
Oltmisheva Hamidaxon Yigitaliyevnaning
“Odam va uning salomatligi fanidan”
8- sinflar uchun
Uyqu va uning ahamiyati ”
mavzusidagi bir soatlik
DARS ISHLANMASI

2017-2018 o’quv yili


Sana_____________ Sinf______________
Mavzu: Uyqu va uning ahamiyati.
Maqsad:
Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga uyquning turlari va uning insonlar hayotida tutgan o’rni, ahamiyati ,uyqu kasalliklari haqida umumiy ilmiy ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirtish, ekologik, gigiyenik va iqtisodiy tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni o’z-o’zini boshqarish darslik ustida mustaqil ishlash, mavzu yuzasidan olgan bilimlarini hayotda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish.
Kompetensiya: uyqu va uning turlarini o’ranish va hayotda qo’llay olish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi, mustaxkamlovchi.
Dars jihozi: Mavzuga oid video roliklar, elektron darsliklar, proertor, kompyuter va nerv sistemasi ga oid rasmli plakatlar.
Darsda foydalaniladigan usullar: aqliy hujum, klaster,suhbat.

1

Tashkiliy qism

3daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

12 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

8 daqiqa

5

Baholash

5 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa


Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism : O’quvchilar bilan salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, o’quvchilar kayfiyatini darsga moslashtirish.
II. O’tilgan mavzuni mustaxkamlash: O’quvchilarga o’tilgan mavzu yuzasidan tayyorlangan tarqatma materiallar beriladi. O’tilgan mavzuni mustaxkamlashda “Saralab ol” usulidan foydalaniladi .

  1. “Nutq bizni odam qildi ”- yuqoridagi fikr qaysi olimga tegishli?

  1. I.M.Sechenov B) I.P.Pavlov C) I.I. Mechnikov D)Montane

2.Hissiyot necha xil bo’ladi?
A) 2 xil B) 3 xil C) 4 xil D) 5 xil
III. Yangi mavzu bayoni: Uyqu bosh miya katta yarim sharlar po’stloq qismidagi nerv markazlarining tormozlanishi natijasida yuzaga keladigan tabiiy fiziologik holat.Bosh miyadagi nerv hujayralarining qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari almashlaab faoliyat ko’rsatadi .Uyqu vaqtida bosh miya nerv hujayrali tormozlanish holatida bo’ladi .Bunda nerv hujayralari dam oladi va energiya to’laydi. Shuning uchun ham erta tongda insonning barcha tana azolari faol holatda bo’ladi. Uyquni quyidagi turlari mavjud:

  1. Tabiiy fiziologik uyqu – Har bir insonning tungi va kunduzgi odatiy uyqu holati .Tabiiy fiziologik uyqu vaqti yosh davrlariga ko’ra farq qiladi. Masalan: chaqaloqlar bir kecha kunduzda 22-23 soat , bir yoshli bolada 16-17 soat, 6-7 yoshli bolada 12-13 soat , 13-14 yoshda 9,5-10 soat , kattalarda 8soat ehtiyoj bo’ladi.

  2. Gipnotik uyqu- bir shaxsning ikkinchi shaxsga nisbatan turli harakatlari natijasida yuzaga keladigan uyqu. Nerv sistemasi bilan bog’liq kasalliklarni davolash maqsadida foydalaniladi.

  3. Narkotik uyqu- kimyoviy dori vositalari ta’sirida yuzaga keladigan uyqu.Uyquning bu turidan og’ir operatsiyalarda foydalaniladi.

Letargik uyqu- to’satdan yuzaga keladigan va qancha vaqt davom etishi no’malum bo’lgan chuqur uyqu holati.
Oyparastlik- ma’lum nerv markazlarini qo’zg’algan holatda bo’lishi natijasida uyqu vaqtida turli harakatlarni amalga oshirilishi.
Uyqusizlik- katta yoshli insonlsrda , ruhiy zo’riqishlar, qattiq qo’rqish va boshqa holatlarda yuzaga keladigan kasallik holatidir.
IV .Yangi mavzuni mustahkamlash:


1.Uyqu nima?
2.Uyquni qanday turlari mavjud?
3. Narkotik uyqu qanday ahamiyatga ega?
4.Uyquning inson hayotidagi ahamiyati qanday?
V.Xulosalah va o’quvchilar bilimini baholah:
O’quvchilarni baholahda rag’bat kartochkalaridan foydalaniladi.
VI .Uyga vazifa : Mavzuni o’rganish ,darslikda berilgan topshiriqlarni bajarish.O’tilgan mavzular yuzasidan test savollari tuzish.
Yüklə 68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə