Microsoft Word ihyo zakot ziyouz com doc



Yüklə 175,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix15.10.2018
ölçüsü175,38 Kb.
#74296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

5

rivoyatlari).  Sheriklikka olingan qulning sadaqasi sheriklarga vojib bo‘ladi. Kofir qul 

uchun sadaqa lozimmas. Agar xotin sadaqasini o‘zi berishni xohlasa, joizdir. Er uning 

ruxsatisiz ham beraveradi. Agar ba’zilari nomidan ado etadigan moldan ortib qolsa, 

ayrimlaridan ado etaveradi. Oldinga qo‘yishga loyiqrog‘i nafaqasi ta’kidlangan kishidir. 

«Rasululloh (s.a.v.) bolaning nafaqasini xotinga, uning nafaqasini esa xodimning 

nafaqasiga muqaddam qilganlar» (AbuDovud, IbnHibbon, Hokim va Nasaiylar rivoyati). 

Bular boy kishi bilishi kerak bo‘lgan fiqhiy hukmlardir. Agar unga bulardan tashqarida 

bo‘lgan nodir voqealar uchrab qolsa, bunda voqea sodir bo‘lganda zikr qilganimiz 

miqdorni bilgandan so‘ng fatvo so‘rashga tayanishi lozim bo‘ladi. 

 

Ikkinchi fasl 

(Zakotni) ado qilish va uning botiniy hamda zohiriy shartlari 

 

Bilgilki, zakot ado qiluvchining besh ishga rioya etmog‘i vojib: 



Birinchisi - niyat. Beruvchi farz zakotni qalbi bilan niyat etmog‘idir. Unga mollarni 

tayin etmoq sunnatdir. Agar uning g‘oib (qo‘lida bo‘lmagan) moli mavjud bo‘lsa, «Bu 

g‘oib molimdan», deydi. Agar u mol salomat bo‘lsa joiz, illo, u nafldir. Chunki u buni 

ochiq aytmadi. Mutlaq aytganda ham shunday hukm bo‘lardi. 

Valiyning niyati majnun va sabiyning niyati o‘rniga o‘tadi. Sultonning niyati esa 

zakotdan to‘silgan molik (mol egasi) niyati o‘rnida bo‘ladi. Lekin bu dunyo hukmi 

zohiridadir, ya’ni undan talab qilishni to‘xtatish uchundir. Ammo oxirat hukmiga tegishli 

emas. Balki zakotni qaytadan bermaguncha uning zimmasidan soqit bo‘lmaydi. Agar 

zakotni ado qilishga vakil tayinlasa va vakil qilishda niyat etsa yoki vakilga niyat bilan 

topshirsa kifoya etadi. Chunki niyat bilan vakil qilish niyatdir. 



Ikkinchisi - yil to‘lishi bilan zakot berishga shoshish. Fitr zakotini (hayit) kunidan 

kechiktirmaydi. Uning vojib bo‘lish vaqti ramazon oyi oxirgi kunining quyoshi botishi 

bilanoq kiradi. Erta berish vaqti esa ramazon oyining hammasidir. Imkoni bo‘la turib kim 

molining zakotini kechiktirsa, gunohkor bo‘ladi. Haqli kishiga yo‘liqqani holda moliga 

talofat yetsa, zakot undan soqit bo‘ladi. Zakotni erta berish nisob komil bo‘lganidan va 

yil boshlanganidan keyin bo‘lishi sharti bilan joizdir. Ikki yillik zakotni erta berish ham 

mumkin. Qanchalik erta bersa ham yil to‘lmasidan oldin miskin o‘lsa, dindan qaytsa yoki 

erta berilgan zakotdan boshqa narsa sababli boy bo‘lib qolsa yo molikning moliga talofat 

yetsa yoxud o‘zi o‘lsa, berilgan narsa zakot hisoblanmaydi. Qaytarib olish esa mumkin 

emasdir. Illo, berishda qaytarib olishni shart qilsa mumkindir. Shuning uchun erta 

bergan kishi shularning oxirini va oqibat xayrligini nazorat qilsin. 

Uchinchisi - qiymat e’tibori baland badalni chiqarmaslik, balki dalilda kelgan narsani 

berishdir.  Tilladan kumush va kumushdan tilla berish joiz emas, garchi u qiymatda 

kumushdan ziyoda bo‘lsa ham. Shofe’iy (r.a.)ning maqsadini bilmagan ayrim kimsalar 

bu to‘g‘rida bepisand bo‘lishadi va maqsad ehtiyojni qondirish deb o‘ylashadi. Bu kishilar 

tahsildan qanday ham yiroqlar. Chunki ehtiyojni qondirish maqsadning hammasi emas

balki ayrimidir. Chunki shariat vojibotlari uch qismdir. 

Birinchi kism: xolis bandalik. Bunda nasiba va g‘arazlarga yo‘l yo‘qdir. Bunga hajda 

shaytonga tosh otish misol bo‘ladi. Zero, tosh unga yetib borishida jamra (tosh 

otiladigan joy)ning nasibasi yo‘qdir. Shariatning bundagi maqsadi-ma’nosi 

tushunilmaydigan fe’l bilan bandaning qulligi va ubudiyatini izhor qilishi uchun amal 

bilan imtihon etishdir. Chunki aql ma’nosi tushunarli narsaga (inson) tabiat(i) yordam 

beradi va unga chaqiradi. Shundan qullik va bandalik ixlosi zohir bo‘lmaydi. Zero, 

ubudiyat, harakat boshqa ma’noda emas, faqat ma’budning haqqida bo‘lishi bilan 

yuzaga keladi. Hajning ko‘pgina amallari mana shunaqadir. Shuning uchun Rasululloh 




Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

6

(s.a.v.): «Bandalik va qullik qilgan holda haqiqiy hajga ijobat qildim», dedilar. Bu bilan 



ubudiyatni izhor qilmoqqa tanbeh etdilar. Shundayki, bunda amrning o‘zi bilanoq 

bo‘ysunish va unga moyil etib, qiziqtiradigan aqlga yaqin bo‘lmay, qanday buyurilsa, 

shunday ushlash bilan bandalikni izhor etish bordir. Bu amrning o‘ziga bo‘ysunish va 

mahkam ushlash bilan bo‘ladi. Shuningdek, unda u sababli moyil bo‘linadigan va 

qiziqiladigan aqlning ishtiroki bo‘lmaydi. 

Ikkinchi kism: shariat vojibotlaridan bandalik qasd qilinmasdan, aql ishlatilgan nasiba 

kuzlaganlar bordir. Odamlarning qarzini uzishi va bosib olingan narsalarni qaytarishi 

bunga misol bo‘ladi. Bunda gunoh yo‘q, unda fe’li va niyatiga e’tibor etilmaydi. Qanday 

bo‘lmasin, haq olish yoki rozilik bilan almashtirish orqali Haqdorga yetib borsa vojib ado 

bo‘ladi, shariat xitobi soqit bo‘ladi. Bu ikki qismda murakkablik yo‘q. Odamlarning 

hammasi bularni idrok etadi. Uchinchi qism: bu ikki amr barobar qasd qilingan 

murakkab qismdir. U bandalar nasibasi va qulchilik bilan mukallafni imtihon qilishdir. 

Bunda tosh otishning qulchiligi va haqlarni qaytarish nasibasi jamlanadi. Bu qism o‘zi 

aqlga to‘g‘ri kelib, agar unga shariat vorid bo‘lsa, ikki ma’noning o‘rtasini jamlash kerak 

bo‘ladi. Va ma’nolarning nozigi - bandalik va qullikni ravshanligi sababli unutish mumkin 

emas. Chunki nozigi muhimdir. Zakot ham shu qabildadir. Shofe’iydan (r.a.) boshqalar 

bunga e’tibor qilishmagan. Faqirning nasibasi ehtiyojini qondirishda qasd qilingan. U 

aniq va fahmga tez keladi. Bandalik haqqi tafsilotlarga ergashishda shariat uchun qasd 

qilingandir. Mana shuning e’tibori bilan zakot Islom binolaridan ekanligida namoz va haj 

bilan barobar bo‘ldi. Molining jinslarini ajratishda va har molining navi, jinsi va sifatidan 

hissani chiqarishda, keyin bayoni quyida keladigan sakkiz toifaga taqsimlashda uni 

mukallafga qiyin ekanligiga shubha yo‘qdir. Bu to‘g‘rida beparvolik qilish faqirlik 

nasibasiga dog‘ tushirmasa-da, bandalikka zarar beradi. Va navlarni tayin etish bilan 

qasd qilinganini bildiradi. Bular fiqhdan bo‘lgan ixtilof kitoblarda zikr etganimiz ishlardir. 

Bulardan eng ravshani, albatta shariat har besh tuyaga bir qo‘yni vojib etganidir. Bunda 

tuyadan zakot pul yoki qiymatlashga emas, balki qo‘yga beriladi. Bu hol arablarda pul 

kamligi bilan izohlanmoqchi bo‘lsa, kamchilikni to‘ldirishda ikki qo‘y bilan birga yana 

yigirma dirhamni zikr etish bilan bekor bo‘ladi. Nima uchun kamchilikni to‘ldirishda 

qiymatdan nuqson miqdori zikr qilinmadi? Nima uchun yigirma dirham va ikki qo‘y qilib 

belgilandi? Vaholanki, kiyim-kechak va mato-mollarning hammasi uning ma’nosida 

bo‘lsa. Bu va bunga o‘xshash xususiyatlar zakot ham hajda bo‘lgani kabi bandalikdan 

xoli qoldirilmaganligiga dalolat qiladi. Lekin baribir ikki ma’noning o‘rtasi birlashtiriladi. 

Zaif zehnlar bundagi murakkabliklarni idrok etishga qosirlik qiladi. Bu esa noto‘g‘ri 

tushunchalarni qo‘zg‘aydi. 

To‘rtinchisi  -  sadaqani boshqa shaharga olib bormaslik. Chunki har bir shahar 

kambag‘allarining ko‘zi o‘sha shahar mollariga boqadi. Olib borishda esa gumon borligi 

uchun umidsizlik yuzaga keladi. Bir qavlda bunday qilsa, joiz deyilgan

 

(Imom Abu Hanifa 



aytganlar: «Zakotni shahardan shaharga olib yurish makruh. Magar boshqa shaharda 

ehtiyojmand qarindoshlari yoki hamshaharlaridan ko‘ra muhtojroq qavm bo‘lsagina joiz. 

Bu hollarda zakotni shahridan boshqa joyga olib borish joiz».). Lekin ixtilof shubhasidai 

chiqish afzaldir. Har bir molning zakotini o‘sha shaharda chiqarsin. So‘ng o‘sha shaharga 

kelib qolgan g‘ariblarga tarqatishning ham hechqisi yo‘qdir. 

Beshinchisi  -  molini shahrida mavjud sinflar adadicha taqsimlamoq. Chunki 

sinflarning hammasini qamrab olish vojib. Bunga Alloh taoloning: 

«Albatta sadaqalar faqir va miskinlargadir» (Tavba surasi, 60-oyat) so‘zi bunga 

dalolat qiladi. Bu o‘lim to‘shagidagi bemorning: «Molim ning uchdan biri faqir va 

miskinlargadir», degan so‘ziga o‘xshaydi. Bu ham mulk qilib berishda sheriklikni taqozo 

etadi (ya’ni, bu so‘zlarning arabcha shaklida sheriklik lomi mavjud). Ibodatlarda 




Yüklə 175,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə