Microsoft Word 06 Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi


Mustaqillik  yillarida  O‘zbekiston  aholisining  o‘rtacha  umr  ko‘rishi  7,5-yilga  (66


səhifə24/459
tarix29.04.2022
ölçüsü
#86272
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   459
pIgLWZ7aZIopvEowNtDrBqd3MI4g8Hl4gsmASpcX

Mustaqillik  yillarida  O‘zbekiston  aholisining  o‘rtacha  umr  ko‘rishi  7,5-yilga  (66 
yoshdan 73,5 yoshga), xotin-qizlarning o‘rtacha umr ko‘rishi esa 75 yoshga uzayganini alohida 
ta’kidlashni istardim.
 
Bugungi kunda dunyoda kamdan-kam davlatlar bunday ko‘rsatkichlarga erishgan. 
Biz bunday yutuqlarga nimaning hisobidan erishdik? 
Biz  avvalo  shu  yo‘lda  o‘z  oldimizga  qo‘ygan  maqsadlarimiz  sari  intildik  va  muayyan 
natijalarni qo‘lga kiritdik. 
Bu borada eng asosiy omil nima bo‘ldi, degan savolga men, eng asosiy, hal qiluvchi omil – 
bu bizning mehnatkash, mard va olijanob xalqimiz, deb javob bergan bo‘lardim. O‘zbek xalqining 
naqadar  mehnatkashligi,  mehmondo‘stligi  va  bag‘rikengligi  barchaga,  uzoq-uzoq  o‘lkalarda  ham 
yaxshi ma’lum. 
Biz  mustaqillikka  erishganimizdan  keyin  sobiq  Ittifoq  tarkibida  bo‘lgan  ko‘pgina 
respublikalar boshqa davlatlar o‘n yillar, balki yuz yillar davomida erishgan yutuq va marralarga bir 
zumda erishmoqchi bo‘lishdi. Biz buning uddasidan chiqish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga 
solamiz, hammadan o‘zib ketamiz, degan balandparvoz gaplar aytildi, turli rejalar, hisobotlar tuzildi, 
ular  haqida  dunyoga  jar  solindi.  Keyin  ma’lum  bo‘ldiki,  shoshma-shosharlik  bilan  uzoqqa  borib 
bo‘lmas ekan. 
Bu  haqda  gapirishdan  maqsad  shuki,  biz  osonlik  bilan  erishib  bo‘lmaydigan  marralarga 
shosha-pisha yugurmadik, puxta o‘ylab, uzoqni ko‘zlab ish olib bordik, shuning uchun ham bizning 
taraqqiyot yo‘limiz dunyoda islohotlarning "o‘zbek modeli" deb tan olindi. 
Odatda  bir  iqtisodiy  tizimdan  boshqasiga  o‘tilar  ekan,  yillar  davomida  hal  etishga  to‘g‘ri 
keladigan  muammolar  paydo  bo‘ladi.  Bir  siyosiy  tuzumdan  boshqasiga  o‘tish  uchun  eng  muhimi 
odamlarning  ongini,  tafakkurini  o‘zgartirish  lozim.  Bu  ishni  amalga  oshirmasdan  turib  ma’muriy-
buyruqbozlik,  subyektiv,  volyuntaristik  siyosatga  asoslangan  rejali-taqsimot  tizimidan  bozor 
iqtisodiyotiga aslo o‘tib bo‘lmaydi. 


 
40 
 
Men sobiq mustabid tuzum davrida O‘zbekiston Davlat plan qo‘mitasida ishlaganman, keyin 
moliya vaziri bo‘lganman, shuning uchun rejali-taqsimot tizimini ich-ichidan biladigan insonman. 
Shuning uchun ham o‘sha zamonlarga qaytishni xohlab, o‘tmishni qo‘msash kayfiyati bilan 
yurgan  har  qanday  odam  bilan  bahslashishga  tayyorman.  Takror  aytaman,  men  bu  jarayonlarni 
ichidan bilaman, shuning uchun rejali-taqsimot tizimi nima sababdan o‘zini oqlamasligi menga juda 
yaxshi ayon. 
Masalaning ma’no-mohiyati shundaki, biz mustaqil taraqqiyot yo‘lida o‘zimiz uchun maqbul bo‘lgan 
modelni joriy etdik. Bu model 5 ta tamoyilga asoslanadi. 
Birinchisi – iqtisodiyotni mafkuradan to‘liq xoli qilish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash. Biz 
endi ilgarigidek mafkuraviy tizimda yashay olmas edik, ya’ni bironta davlatga qandaydir mafkuraviy 
yorliqlar bosilgani sababli u bilan iqtisodiy hamkorlik qilmaslik yo‘lidan borolmas edik. 
Iqtisodiyotni  hech  qanday  mafkura  bilan  bo‘g‘ish,  jilovlash  mumkin  emas.  Bizning 
xalqimizda, och odam musiqani qorni bilan tinglaydi, degan gap bor. Ya’ni, turmush darajasi past, 
oddiy ehtiyojlarini ham qondira olmaydigan odamni hech qanday mafkura bilan to‘ydirib bo‘lmaydi. 
Ikkinchi tamoyil – davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi. 
Uchinchi tamoyil – qonun oldida hammaning tengligi, ya’ni bu qonun ustuvorligi prinsipidir. 
To‘rtinchi tamoyil – bu kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Mamlakatimiz aholisining 60 foizini 
yoshlar tashkil qilishini inobatga oladigan bo‘lsak, kuchli ijtimoiy siyosatni ta’minlamaslikka bizning 
haqqimiz yo‘q. 
Va nihoyat, beshinchi tamoyil, biz islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil ravishda amalga oshirish 
yo‘lini tanladik. Bu nimani anglatadi? Bu shuni anglatadiki, o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadga, xuddi 
otchopardagi poygada bo‘lgani kabi, birdaniga emas, eng avvalo tegishli huquqiy poydevor yaratib, 
malakali  va  yetuk  kadrlarni  tayyorlab,  tinimsiz  intilib,  mashaqqatli  mehnat  orqaligina  erishish 
mumkin. Biz ayni shunday yo‘lni tanlaganmiz. 
Bizning  odamlarimiz,  yoshlarimizga  bir  qarang,  ularning  ko‘zlari  qanday  yonib,  porlab 
turibdi.  Ular  bugun  boshqalar  eplay  olmaydigan  vazifalarni  amalga  oshirishga  qodir.  Chunki  ular 
o‘zida mavjud bo‘lgan katta salohiyatni ro‘yobga chiqarish, namoyon qilish istagi bilan yashamoqda. 
Men buni  yoshlar tabiyasidagi eng muhim masala deb bilaman. Yoshlarga o‘z imkoniyati, 
qobiliyati,  kuch-quvvatini  ro‘yobga  chiqarish  uchun  imkon  berilgan  taqdirdagina  jamiyat  albatta 
o‘zining barcha maqsad-muddaolariga erishadi. 
Bu haqda gapirganda, xalqimiz o‘rtasida keng tarqalib, mashhur bo‘lib ketgan ikkita shiorni 
eslash o‘rinlidir. 
Birinchi  shior  –  “Yangi  uy  qurmasdan  turib,  eskisini  buzmang”  degan  muhim  hayotiy 
prinsipni  ifoda  etadi.  Ya’ni,  yangi  hayot,  yangi  jamiyat  qurishda  avvalgi  hayot  tajribasidan  ham 
foydali jihatlarni albatta olish kerak bo‘ladi. 
Ikkinchi  shior  esa  “Islohot  –  islohot  uchun  emas,  avvalo  inson  uchun,  uning  manfaatlari 
uchun” degan so‘zlarda mujassam topgan. 
Chindan  ham,  islohot  inson  manfaatlariga  xizmat  qilsagina,  odamlar  bu  islohotlarning 
barchasi nima uchun zarurligi, o‘zini oqlamagan eski mafkuraviy tizimdan erkin bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan demokratik tizimga o‘tishning mazmun-mohiyati nimadan iborat ekanini tushunib yetadi. 
Biz keng ko‘lamli islohotlar yo‘lida bugun nimalarga erishganimiz haqida yaqqol tasavvur beradigan 
ikkitagina raqamni keltiraman va o‘ylaymanki, shuning o‘zi sizlarga yetarli bo‘ladi. 
Jahon  miqyosida  2008-yildan  boshlab  bugungi  kunga  qadar  davom  etayotgan  moliyaviy-
iqtisodiy inqirozga qaramasdan, O‘zbekistonda keyingi 9-yilda dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida 
yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari kamida 8 foizni tashkil etib kelmoqda. 
Shuni ham ta’kidlamoqchimanki, davlatimizning qarzi yalpi ichki mahsulotimizga nisbatan 
11 foizdan oshmaydi, oltin-valyuta zaxiralarimiz yildan-yilga ko‘payib bormoqda. 
Bunday  misollarni  yana  ko‘plab  keltirish  mumkin.  Masalan,  bizda  byudjet  defitsiti  yo‘q, 
aksincha, uning profitsit bilan bajarilayotgani kuzatilmoqda va biz har yili ijtimoiy soha rivoji uchun 
yo‘naltirilayotgan  mablag‘lar  ulushini  jiddiy  ravishda  oshirib  boryapmiz.  Aniqroq  aytganda,  bu 
sohaga davlat byudjeti xarajatlarining qariyb 60 foizini, jumladan, ta’lim tizimiga – 34 foiz, sog‘liqni 


 
41 
 
saqlash  sohasiga  –  15  foiz  byudjet  mablag‘larini  yo‘naltiryapmiz.  Ana  shu  raqamlarning  o‘ziyoq 
bugungi O‘zbekistonning taraqqiyot sur’atlarini yaqqol ifoda etadi. 
Bugun biz Oziq-ovqat dasturi to‘g‘risida so‘z yurityapmiz, lekin milliy taraqqiyot haqida so‘z 
borganda, faqat shu dastur bilan cheklanib qolish mumkin emas. Chunki Oziq-ovqat dasturi butun 
mamlakat  iqtisodiyoti  doirasidan  tashqarida  rivojlana  olmaydi.  Shunday  ekan,  biz  ushbu  dasturni 
amalga  oshirish  jarayonida  yana  ko‘p-ko‘p  masalalarni  kompleks  hal  qilishimiz,  eng  avvalo,  bu 
borada kuchli iqtisodiy salohiyat yaratishimiz, undan ham muhimi, yuqorida aytganimdek, odamlar 
ongini, tafakkurini o‘zgartirishimiz shart. 
Hozirgi  vaqtda  biz  umumiy  qiymati  qariyb  5  milliard  dollar  bo‘lgan  oziq-ovqat,  birinchi 
navbatda,  meva-sabzavot  mahsulotlarini  eksport  qilmoqdamiz.  So‘nggi  uch  yilda  eksport 
qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 3 barobardan ziyod oshdi. 
Mamlakatimizning  mahsulot  yetkazib  beradigan  korxonalari  xalqaro  ko‘rgazma  va 
ixtisoslashtirilgan yarmarkalarda faol ishtirok etmoqda. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   459




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə