Metallarning umumiy xossalari mavzusini o’qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish



Yüklə 52,24 Kb.
səhifə4/4
tarix30.12.2023
ölçüsü52,24 Kb.
#166454
1   2   3   4
Nomli reaksiyalar

Sinkveyn metodi. Sinkveyn - bu mavzuga doir tushunchalarni aniqlashtirish, esda saqlab qolish uchun shakllantiriladigan ko’nikmadir. Sankveyn so’zi fransuzcha so’zdan olingan bo’lib, “besh qatorli sher” degan ma’noni anglatadi. Sinkveynni o’quvchilarning o’zlari mavzu asosida yaratadilar.Materialni sintez qilish usuli sifatida ishlatiladi. O’quvchilar tushunchalarining yig’indisini baholash vositasi sifatida va ijodni taqdim etilishining vositasi sifatida juda foydali bo’ladi. Sinkveyn tuzish qoidalari:
Birinchi qator – bitta so’z bilan ifodalangan she’r mavzusi, odatda ot;
Ikkinchi qator- mavzuni qisqacha qilib aytganda, odatda sifatlar bilan tavsiflanadi;
Uchinchi qator- uchta mavzu odatda fe’llar bilan ushbu mavzu bo’yicha harakatning tavsifi;
To’rtinchi qatorda – muallifning ushbu mavzuga munosabatini ifoda etuvchi to’rtta so’zdan iborat bo’ladi;
Beshinchi qatorda – bitta so’z – mavzu mohiyatini takrorlaydigan hissiy- majoziy yoki falsafiy – umumlashtirilgan darajadagi birinchi so’zning sinonimi.
Sinkveynga quyidagi misollarni keltirish mumkin:

Fe Cu
Kumushrang- oq, plastik Qizil – pushti, egiluvchan
Magnitlanadi, eriydi, yonadi, Issiqlik o’tkazuvchan, oksidlanadi,
Temir buyumlari hayotimizda muhim Elektrotexnikada va qotishmada muhim
Metall Metall
Hg Mg
Suyuq, zaharli Oq-kumushsimon, yengil
Issiqlikni yaxshi o’tkazadi. Yonadi, ishqoriy tabiatli
Simobli termometr, barometrlar bor Hayotning barcha shakllarida muhim
Metall Metall
Hozirgi zamonda o’quvchini darsga jalb qilish va qiziqtirish birmuncha mushkul, chunki shiddat bilan rivojlanayotgan texnika ma’lumotlar davrida an’anaviy darslar, bir xillilik o’quvchini zeriktirib qo’yadi, shu sababdan ta’lim sifatini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Yuqoridagi metodlarni qo’llaganda o’quvchilar tanqidiy fikr yuritish, axborot manbalari va vaziyatni tahlil qilish, murakkab muammoli vaziyatlarni hal etish, o’rtoqlarini fikrini tahlil qilib, asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishish ko’nikmalarini egallaydi. Ta'lim jarayonini bugungi kundagi asosiy talablaridan biri erkin fikrlovchi mustaqil tafakkurga ega bo'lgan shaxsni shakllantirish bo'lib, yuqorida aytib o'tilgan metodlardan foydalanish uchqunlardan katta mash'alalar paydo bo'lishini ta'minlab beradi.
Xulosa o'rnida, buyuk bobokalonimiz tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sinoning ta’limotini esga olish o’rinlidir: “Bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin u og’zaki ifodalash, bilimlarni tushuntirish, turli ko’rinishdagi suhbatni tashkil etish, tajribalarni uyushtirish bo’ladimi; baribir ta’lim oluvchida haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarni amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo’lgan”. Kimyo fanini o'qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalanish fanning yanada qiziqarli o'tilishi, o'qituvchining mavzuni keng ko'lamda batafsil bayon etishida katta ahamiyatga ega. Bu esa o'quvchini bilim samaradorligini oshirib, sifat ko'rsatgichini yuqori reytingda bo'lishini ta'minlaydi va xotirasini mustahkamlaydi
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. N.G’. Rahmatullayev, H.T.Omonov, Sh.M.Mirkomilov “Kimyo o’qitish metodikasi” .Toshkent “ Iqtisod –Moliya” 2013.
2. I.R.Asqarov, K.G.G’opirov, N.X.To’xtaboyev “ Kimyo 9” .Toshkent “O’zbekiston” 2019.
3. G.P.Xomchenko, I.G.Xomchenko Kimyo “O’qituvchi nashriyot – matbaa ijodiy uyi” Toshkent – 2007.
4. SHavkat Mirziyoyev " Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi " " O'zbekiston " Toshkent - 2022.
Yüklə 52,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə