2. Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishni axborot bilan ta’minlash



Yüklə 435 Kb.
səhifə1/13
tarix28.11.2023
ölçüsü435 Kb.
#135156
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ogabek kurs ishi


Budjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish
Reja:


1. Boshqaruv hisobining tizimini rejalashtirish
2. Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishni axborot bilan ta’minlash
3. Ishlab chiqarish zararsizligining tahlili va qarorlarni qabul qilish
4. Mahsulotni ishlab chiqarish hajmi va uning sotish assortimentini rejalashtirish
6. Тransfert bahoni shakllantirish va sigmentar hisobot
1. Boshqaruv hisobining tizimini rejalashtirish

Хo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvati va ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi boshqaruv hisobi tizimini qo’llashni belgilaydi. Boshqaruv hisobining tizimi ma’lumotning hajmi, uning oldiga qo’yilgan maqsadlari, kriteriyalar va maqsadga erishish vositalari, elementlarning tarkibi va ularning o’zaro harakati bilan tavsiflanadi.


Boshqaruv hisobi tizimlarining turkumlanishi quyidagi 9.1-chizmada ko’rsatilgan.



chizma. Boshqaruv hisobi tizimining turkumlanishi


Faoliyat turlarini, subyektning tashkiliy tizimini, mahsulotni ma’lumot bilan qamrab olish kengligi bo’yicha tizimli va muammoli hisob jamlamidan va ularning asosli qismlarining maqsadli to’plami tizimidan tarkib topgan to’liq tizimlar farqlanadi.


Хarajatlarning tizimli hisobi - buxgalterlarning tarkibi bo’yicha qayd qilish usuli, identifikatsiya va guruhlashtirishi, hisobotda ko’rsatilishi bo’yicha reglamentatsiya bilan ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarning moliyaviy hisobidan tashkil topgan. Тizimli hisobning elementlari quyidagilardan tashkil topgan:

  1. ishlab chiqarish zaxiralarini sotib olish bo’yicha xarajatlarning o’lchovi va baholanishi;

  2. natural o’lchovlarda ta’minot, ishlab chiqarish, sotish jarayonlarini nazorat qilish;

  3. xarajatlarni sarflarning moddalari va eyelementlari bo’yicha, vujudga kelish joylari bo’yicha, mahsulot, ish va xizmatlarning turlari bo’yicha guruhlashtirish, bunga xarajatlarni tannarxga kiritish tartibi ham kiradi;

  4. o’z foydalanuvchilarini muddati, mazmuni va namoyish etish tezligi bo’yicha qondiruvchi ichki va tashqi hisobotlar.

Muammoli hisob ishlab chiqarishni iqtisodiy, texnologiya, konstruktorlik va tashkiliy tayyorgarligi haqida; mahsulotning narxlari va sotishsi haqida; ishlab chiqarish zaxiralarini boshqarish va ishlab chiqarish resurslarining sarflarini muqobillashtirish haqidagi ma’lumotni shakllantiradi.
Muammoli hisob masalalari dasturlash, me’yorlashtirish, rejalashtirish, prognozlash, tizimli iqtisodiy tahlil qilish, nazorat qilish va ishlab chiqarish hisobi va statistikaning haqiqiy ma’lumotlariga asosan tartibga solish uslublari yordamida yechiladi.
"Muammoli hisob" tushunchasining mazmuni bu hisobning ma’lumotlari subyektning bo’lajak iqtisodiy va ishlab chiqarish muammolarini yechishda ishlatilishini ko’rsatmoqda.
Muammoli hisob ma’lumotlari quyidagi hollarda ishlatiladi:

  • xarajat va daromadlarni rejalashtirish va bashorat qilishda, smetalarni me’yorlashtirish va tuzishda;

  • sarflar tahlilida va normativlardan chetga chiqishda va mahsulot ishlab chiqarishni daromadliligining tahlilida;

  • ishlab chiqarish va sotish jarayonida xarajatlar va olinadigan daromadlarning qiymati kriteriyasi bo’yicha tizimli bo’linmalar va subyektning faoliyatini baholashda;

  • ishlab chiqarish va sotish, kooperatsiyalash, import va eksport, mahsulot assortimenti va boshqa sohada yaqin va keyingi perspektivalarga ko’p variantli boshqaruv qarorlarni qabul qilishda;

  • xarajatlar va daromadlarning optimizatsiyasini ta’minlovchi zaxira va xarajatlarni boshqarish modulini tuzishda.

Moliyaviy va boshqaruv hisobi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik darajasi bo’yicha xorijiy mamlakatlarning amaliyotida ikki tizim qo’llaniladi: monistik va avtonom.
Monistik- buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri va teskari aloqalar asosida tizimli va muammoli hisobni qo’shuvchi integratsion tizimdir. Buxgalteriya hisobi schyotlarida ishlab chiqarish xarajatlarini, tayyor mahsulot va uning sotishsini aks ettirish yo’li bilan tuzilgan tizimli hisob subyektning faoliyati, uning moliyaviy holatini baholashga imkon beradi. Moliyaviy ma’lumotlarga ichki hisobot ma’lumotlarini qo’shib ma’muriyat ishlab chiqarishni turli bo’linmada tashkil etishning ratsionalligini baholashi mumkin. Тezkor ma’lumotlar va moddiy-javobgar shaxslarning hisobotidan, mavjud standartlardan ijobiy va salbiy bo’lgan chiqib ketishlar aniqlanadi. Shuning bilan xarajatlar va daromadlarni nazorat qiluvchi harakatdagi tizimni yaratish savollari tug’iladi.
Ishlab chiqarishning hajmi katta bo’lmagan subyektlar yoki o’z tarkibi bo’yicha bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi subyektlar hisobning integratsiyalashgan tizimini qo’llaydilar deb o’ylaymiz.
Avtonom tizim- tizimli va muammoli hisobning umumlashgan yaratilishi moliyaviy va boshqaruv hisoblari o’rtasidagi aloqa bir nomlanishdagi juftli nazorat schyotlari yordamida amalga oshiriladi.
Хarajatlarning tezkorligi bo’yicha tizimlar quyidagicha farqlanadi: haqiqiy xarajatlarni hisoblash tizimi va standart xarajatlarni hisoblash tizimi. Хarajatlarning tezkorligi- samaradorlikni oshirishga qaratilgan tizimni harakatchanligining kriteriyalaridan biri hisoblanadi.
Haqiqiy xarajatlarni hisoblash tizimi sotish qilingan mahsulot va foydani, tannarxni hisoblash, haqiqiy tannarxni aniqlash va aniq nomdagi tayyor mahsulot birligining sotishsidan olingan daromadni aniqlash uchun ma’lumotni shakllantirishdan iborat.
Standart xarajatlarni hisobga olish tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi: materiallar, asosiy fondlar, mehnatga bo’lgan xarajatlar, ustama sarflarini, sotib olish va ishlatishga ketgan xarajatlarga standartlarni ishlab chiqish; me’yoriy xarajatlar bo’yicha tannarx kalkulatsiyasini tuzish, me’yorlar va smetalardan chetga chiqishlarni belgilab haqiqiy xarajatlarni hisobga olishlarni mujassamlashtiradi.
Jahon amaliyotida bunday tizim "standart-kost" deb ataladi. U tannarxning shakllanishi jarayonini nazorat qilishning tezkorligiga va uning jarayonini kerak bo’lganda tartibga solishga qaratilgan.
Хarajatlarni tannarxga kiritishning to’liqligi- amaliyotda qo’llanilayotgan hisob tizimlarini turkumlashning belgilaridan biri hisoblanadi. Тo’liq xarajatlarning hisobi tizimi va qisman xarajatlarning hisobi tizimi mavjud boshqaruv hisobining har xil maqsadlariga javob beruvchi ikki tizimdir.
Тo’liq xarajatlar hisobi tizimi odatdagi ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarni va tannarx kalkulatsiyasining hisobi bilan ko’rsatilgan xarajatlarni guruhlashning asosiysi bu ularni to’g’ri va bilvositaga bo’linishidir.
Qisman xarajatlar tizimi deganda to’g’ri tavsifga ega va alohida turdagi mahsulotlarning tannarxiga qo’shiladigan xarajatlarning alohida elementlarini tanlashga bo’lgan yondashish tushuniladi. Bu tizimda xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog’liq va shuning uchun ular o’zgaruvchan deyiladi. Cheklangan xarajatlar kalkulatsiyasi faqat kalkulatsiya qilinayotgan mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish sarflarini o’z ichiga oladi. Bilvosita tavsifga ega xarajatlarning bir qismi butun mahsulotga aloqador bo’ladi. Bunday turdagi xarajatlar tushgan mablag’ning umumiy summasidan qoplanadi. Chet el amaliyotida hisobning bu varianti "direkt-kosting" deyiladi.



Yüklə 435 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə