May 21 st 2022 215 mavzu: rаqаmli iqtisodiyotni rivojlаntirish omillаri rahimov Bahromjon Qaxramon o'g'li



Yüklə 243,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix15.05.2023
ölçüsü243,95 Kb.
#110470
  1   2   3   4   5   6


International Conference on Developments in Education 
Hosted from Toronto, Canada 
https

econferencezone.org 
 
May 21
st
 2022 
215 
MAVZU: RАQАMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLАNTIRISH OMILLАRI 
Rahimov Bahromjon Qaxramon o'g'li 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi 
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
"Elektron hukumat" tizimini boshqarish mutaxassisligi magistranti 
Аnnotatsiya
. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida 
Oʼzbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib boʼlmaydi. 
Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotni joriy etishga allaqachon kirishilgan. Hozirgi vaqtda jadallik 
bilan kechayotgan raqamlashuv jarayoni “yangi iqtisodiyot”ni vujudga keltirdi, kun sayin chuqur tomir otib 
borayotgan bu bozor segmenti ishlab chiqaruvchilarga biznesda samarali marketing kompaniyalarini tashkil 
etish, minimal xarajat qilib, maksimal foyda olish, tovar va xizmatlarni muvaffaqiyatli sotishning optimal 
usullarini taqdim etadi, isteʼmolchi, xaridor va mijozlarga sifatli xizmat, qulaylik yaratiladi va shu bilan bir 
qatorda iqtisodiyotning keng qamrovli rivojlanishiga olib keladi. Shulardan kelib chiqqan holda maqolada 
raqamli iqtisodiyotni shakllantirishning mamlakatni rivojlantirishdagi roli va ahamiyati, bu yoʼnalishda 
bugungi kunda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilingan. 
Kalit soʼzlar
: sunʼiy intellekt, elektron tijorat, onlayn toʼlov, infratuzilma, kiberxavfsizlik, 
avtomatlashtirilgan reestrlar, blokcheyn texnologiyalar, “Raqamli idora”, raqamli oʼqitish markazi, rivojlanish 
tendentsiyalari. 
Hozirgi kunda jaxon mamlakatlari aholisi iqtisodiyot tarmoqlarining oʼzgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi, 
barcha sohalarga sunʼiy intellektning joriy etilishi bilan bogʼliq muhim davrni boshdan kechirmoqdalar. 2022 
yilga kelib dunyo YaIMning qariyb chorak qismi raqamli sektorga toʼgʼri kelishi prognoz qilinayotgan bir 
sharoitda yangi iqtisodiyotni rivojlantirish zarurati yanada kuchayadi. Bu vaqtingiz tigʼiz paytida Internet 
orqali tushlikka buyurtma berish, mobil ilova orqali taksi chaqirish, uzoqdagi yaqiningizga pul joʼnatishdan 
koʼra kengroq imkoniyatlar boʼlib, transchegaraviy biznes hamkorlik, elektron tijoriy maydon, masofaviy ofis 
kabilarni ham qamrab oladi. 
Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes, elektron tijorat bilan bogʼlangan, 
raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyat boʼlib, bunda iqtisodiy 
xizmat va tovarlar uchun hisob-kitoblar elektron pul orqali amalga oshiriladi. Raqamli iqtisodiyot 
kontseptsiyasi atomdan bitga, yaʼni kimyoviy eng kichik zarradan elektron birlikka oʼtishga asoslanadi. 
“Raqamli iqtisodiyot alohida faoliyat turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat obʼektlari, xizmatlarda axborot 
texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Аgar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs 
hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, maʼlumotlar boʼladi”. 
[6] 
Raqamli iqtisodiyot yirik sanoat obʼektlari ish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni oʼstirish, faoliyat 
shaffofligini taʼminlash, mahsulot tannarxini kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib 
borgan tahlillar natijalariga koʼra, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oshiradi, 
shuning barobarida, xufyona iqtisodiyotga barham beradi. [14] Davlatning oʼz fuqarolari uchun elektron 
xizmatlarni koʼrsatishi va elektron mahsulotlarni taklif etishi — bu raqamli iqtisodiyotning asosiy qismi boʼlib 
hisoblanadi. Mamlakatimizda ushbu sohani keng rivojlantirish korrupsiya illatiga barham beradi. 
Raqamli maʼlumotlar qimmatbaho iqtisodiy resurs hisoblansa-da, ular raqamli tafakkurga aylanganidagina 
foyda keltiradi. Raqamli iqtisodiyotning kirib kelishi bilan raqamli platformalarni yaratish va tez surʼatlarda 
oʼsib borayotgan raqamli maʼlumotlarni monetizatsiya qilish muammolari vujudga kelmoqda. Bunda yangi 
qiymat yarata olish yoʼllarini, mazkur jarayonlardagi toʼsiqlarni bartaraf etish vositalarini aniqlash muhimdir. 
Bu qiymatni yaratish va tarqatish salohiyatini, qiymatni yangilash, boshqarish hamda qiymatni qoʼlga kiritish 
shakllarini tushunish imkonini beradi. 
Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot 
xizmati bergan maʼlumotlarga koʼra, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yoʼnalishida ham bir 



Yüklə 243,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə