Mavzusidagi ma’ruzasi tabiiy fanlarni o’qitishda interfaol metodlarning o’rni


-chizma. Davra stolining tuzilmasi



Yüklə 60,94 Kb.
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü60,94 Kb.
#159993
1   2   3   4   5
tabiiy fan interfaol sadoqatga

3-chizma. Davra stolining tuzilmasi
Yozma davra suhbatida (3-chizma) ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir tahlim oluvchiga konvert qog’ozi beriladi. Har bir tahlim oluvchi konvert ustiga mahlum bir mavzu bo’yicha o’z savolini beradi va “Javob varaqasi”ning biriga o’z javobini yozib, konvert ichiga solib qo’yadi. SHundan so’ng konvertni soat yo’nalishi bo’yicha yonidagi tahlim oluvchiga uzatadi. Konvertni olgan tahlim oluvchi o’z javobini “Javoblar varaqasi”ning biriga yozib, konvert ichiga solib qo’yadi va yonidagi tahlim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo’ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yig’ib olinib, tahlil qilinadi. Quyida “Davra suhbati” metodining tuzilmasi keltirilgan (4-chizma).
Davra suhbati” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

  1. Mashg’ulot mavzusi ehlon qilinadi.

  2. Tahlim beruvchi ta’lim oluvchilarni mashg’ulotni o’tkazish tartibi bilan tanishtiradi.

  3. Har bir ta’lim oluvchiga bittadan konvert va javoblar yozish uchun guruhda necha tahlim oluvchi bo’lsa, shunchadan “Javoblar varaqalari”ni tarqatilib, har bir javobni yozish uchun ajratilgan vaqt belgilab qo’yiladi. Ta’lim oluvchi konvertga va “Javoblar varaqalari”ga o’z ismi-sharifini yozadi.

  4. Ta’lim oluvchi konvert ustiga mavzu bo’yicha o’z savolini yozadi va “Javoblar varaqasi”ga o’z javobini yozib, konvert ichiga solib qo’yadi.

  5. Konvertga savol yozgan tahlim oluvchi konvertni soat yo’nalishi bo’yicha yonidagi tahlim oluvchiga uzatadi.

  6. Konvertni olgan tahlim oluvchi konvert ustidagi savolga “Javoblar varaqalari”dan biriga javob yozadi va konvert ichiga solib qo’yadi hamda yonidagi tahlim oluvchiga uzatadi.

  7. Konvert davra stoli bo’ylab aylanib, yana savol yozgan tahlim oluvchining o’ziga qaytib keladi. Savol yozgan tahlim oluvchi konvertdagi “Javoblar varaqalari”ni baholaydi.

  8. Barcha konvertlar yig’ib olinadi va tahlil qilinadi.

Ushbu metod orqali tahlim oluvchilar berilgan mavzu bo’yicha o’zlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oladilar. Bundan tashqari ushbu metod orqali tahlim oluvchilarni muayyan mavzu bo’yicha baholash imkoniyati yaratiladi. Bunda tahlim oluvchilar o’zlari bergan savollariga guruhdagi boshqa tahlim oluvchilar bergan javoblarini baholashlari va tahlim beruvchi ham tahlim oluvchilarni obhektiv baholashi mumkin.
Davra suhbati” metodining afzalliklari:

Davra suhbati” metodining kamchiliklari:

  • ko’p vaqt talab etiladi;

  • tahlim beruvchining o’zi ham rivojlangan fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishi talab etiladi;

  • tahlim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo’lgan mavzu tanlash talab etiladi




Yüklə 60,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə