Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 23,49 Kb.
səhifə1/3
tarix14.08.2023
ölçüsü23,49 Kb.
#120576
  1   2   3
autizim


Kirish. Har qanday davlat siyosatining insonparvar tamoyillarga asoslanishi, jamiyatda aholining nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning erkin, farovon yashash uchun nihoyatda zarur hisoblanmish barcha sohadagi qo‘llab-quvvatlanishlari bilan belgilanadi. Shu bois mamlakatimizda mazkur shaxslar sog‘lig‘ini himoyalash, ta’lim-tarbiya berish va ijtimoiylashuvlariga qaratilgan keng qamrovli maqsadli chora- tadbirlarni amalga oshirish masalalariga ular hayotini farovonlashtirib borilishining asosiy omili sifatida qarab kelinmoqda. Alohida yordamga muhtoj bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy hayotda munosib tarzda o‘z o‘rnini topishi, shuningdek, ushbu jarayonda bevosita ishtirok etishi uchun ta’limni to‘laqonli o‘zlashtirishi hamda uning zamirida muayyan kasb-hunarni egallay olishi lozim. O‘z imkoniyatlariga mos va qulay ta’limiy muhitda bilim va ijtimoiy ko‘nikmalar, kasb-hunarni egallagan har qanday nogironligi bo‘lgan shaxs hayotga tez va qulay moslashadi, unda munosib tarzda o‘z o‘rnini topadi.
Mavzuning dolzarbligi. Shiddatli tarzda o‘zgarib borayotgan jamiyatimizda ta’lim oldiga pirovard maqsad sifatida, sog‘lom tengdoshlari bilan bir qatorda, alohida yordamga muhtoj o‘quvchilarni zamonaviy bilimlar, hayotga to‘siqlarsiz uyg‘unlashib ketishining omili sanalgan ijtimoiy malakalar bilan qurollantirish, mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga erishish belgilanmoqda. Shu maqsadda maxsus ta’lim tizimining sifatini ko‘tarish, takomillashtirish masalalariga, huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik zaminini yaratishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda mazkur sohada erishilayotgan ijobiy o‘zgarishlar psixologlar, pedagoglar hamda turli soha vakillarining yangi yo‘nalishlardagi hamkorlik faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Autizm sindromiga chalingan bolalar jamiyat institutsional tuzilmasida muqim o‘rnashib ulgurganligi bois qisman rasmiylashgan ijtimoiy institut sanaladi. Alohida ehtiyojlilik ijtimoiy institut sifatida jamiyatda ijtimoiy-psixologik, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy-psixologik moslashuv, tibbiy ekspertiza va hokazo kabi butun bir ijtimoiy tizimga mushtarak faoliyatini, ya’ni ijtimoiy sheriklikni talab etadi.

Yüklə 23,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə